O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
______ GURUH TALABASI
_______________________________________________
_____________________________________________________________
FANIDAN
Mustaqil ishi
Qabul qildi: ________________
2022 YIL.
Reja: - Adabiyotlar bilan ishlash
- Adabiyotlarni tahlil etish va ular bilan mustaqil
Barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham ilm-fan taraqqiyoti natijalari, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy qilinishi turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda. Ta’lim oluvchilar axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda yangi bilimlarni tezda o’zlashtirib olishlari uchun o’quv adabiyotlarining turli shakllaridan foydalanishlari talab etiladi. O’quv adabiyotlarining mazmuni ta’lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni takomillashtirish, yangi bilimlarni turli o’quv adabiyotlaridan izlab topish ko’nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi kerak.
O’quv adabiyotlari muayan ta’lim turi o’quv rejasida qayd etilgan fanlar bo’yicha tegishli o’quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o’zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan manba bo’lib, ikki shaklada tayyorlanadi: an’anaviy (bosma) o’quv adabiyotlari va elektron o’quv adabiyotlari.
An’anaviy (bosma) o’quv adabiyotlari – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog’oz sifati, muqova turi va boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olgan qog’ozda chop etiladigan manbadir.
Elektron o’quv adabiyotlari – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo’lgan manbadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi o’quv-tarbiyaviy jarayonida o’quv adabiyotlarining quyidagi turlari qo’llaniladi: darslik, o’quv qo’llanma, lug’at, izohli lug’at, ma’lumotlar to’plami, lektsiyalar kursi, lektsiyalar to’plami, metodik ko’rsatma, metodik qo’llanma, sharh, dayjest, elektron dasrlik, ma’lumotlar banki va boshqalar. Darslik-o’quv fani, uning biror yo’nalishi yoki tarkibiy qismining davlat standartlariga va o’quv dasturiga mos holda, yuqori ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan sistemali ravishda bayon etilgan o’quv maxsulotidir.
Elektron darslik - yangi axborot-kompyuter texnologiyalari asosida va yuqori ilmiy va metodologik darajada yaratilgan Davlat ta’lim standarti mutaxassisliklari va yo’nalishlarining mayyan o’quv fani (yoki bir necha fan)ga to’la mos kelgan asosiy o’quv elektron maxsuloti hisoblanadi.
O’quv qo’llanma - darslikni qisman yoki to’la o’rnini bosuvchi, yoki to’ldiruvchi va qo’llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan mahsulotdir.
Elektron o’quv qo’llanma - darslikni qisman yoki to’la o’rnini bosuvchi, yoki to’ldiruvchi va qo’llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan elektron maxsulot hisoblanadi.
O’quv jarayonida mustaqil ta’lim mashg’ulotlarini samarali tashkil qilishda turli axborot ta’lim resurslarni yaratishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. CHunki, mustaqil ta’lim asosan ta’lim oluvchining mustaqil o’rganishiga asoslangan o’quv faoliyati hisoblanadi. Hozirgi davrda mustaqil ta’lim uchun axborot ta’lim resurslari yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalarning o’rni beqiyosdir. Mustaqil ta’lim olishda zamonaviy axborot texnologiyalari ya’ni kompyuterning dasturiy vositalari asosida yaratilgan o’quv-uslubiy materiallar shu jumladan, elektron darsliklardan foydalanishdan asosiy maqsad zamonaviy axborot – ta’lim uslubini shakllantirish, zamonaviy axborot-pedagogik, axborot va kompyuter texnologiyalarini qo’llash orqali ta’lim jarayonining samaradorligi, sifati va unimdorligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy o’quv manbalari elektron o’quv darsliklarini keng qo’llash, ularning ma’lum ma’noda kutubxonalarini tashkil etish, ta’limning masofadan o’qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon elektron o’quv tizimiga kirishdan iborat.
Elektron darsliklarning o’ziga xos xususiyatlari va afzalliklari
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish kontseptsiyasida elektron darslikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Elektron darslik - kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan elektron o’quv adabiyoti hisoblanadi”. Demak, elektron darslik yaratishning asosiy maqsadi mustaqil ta’lim olishga qaratilar ekan.
Elektron o’quv adabiyotlarining amaliyotda qo’llanilishi e’tiborga olinganda elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kuzatilmoqda:
- o’rganilayotgan materialni an’anaviy o’quv adabiyotlariga nisbatan induktiv yondashish, eshitish va emotsional xotiralarga ta’sir qilish yo’llari bilan yetkazish orqali tushunishni yengillashtiradi;
- ta’lim oluvchilarning ehtiyojiga, tayyorgarlik darajasiga, intellektual imkoniyatlariga moslashtiriladi;
- o’quv predmetining mohiyatiga diqqatni jalb etgan holda ko’p sondagi ma’lumotlarni va topshiriqlarni qarab chiqish va ko’proq amaliy masalalar yechishga imkon yaratgan holda murakkab hisoblashlar va almashtirishlardan xalos etadi;
- o’rganishning barcha bosqichlarida o’zini-o’zi tekshirib ko’rish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |