Surdopedagogika – (lotincha -“surdus” – kar, gung so‘zidan olingan) eshitish qobiliyati zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan.
Tiflopedagogika – (yunoncha “tiflos” - ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) ko‘rish qobiliyati zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan.
Oligofrenopedagogika – ( yunoncha “olgos” - kam, “fren” aql so‘zidan oligan) aqli zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan.
Logopediya – (yunoncha “logos” so‘z “pedio” tarbiya so‘zidan olingan) og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish va bartaraaf etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan.
Defektologiya pedagogik fandir. Klasser usuliga binoan defektologiya quyidagicha ifodalanadi: Defektologiya –lotincha “defekt”- kamchilik, nuqson, yunoncha “logos” ta’limot, fan deganidir. U ijtimoiy, pedagogik fan bo‘lib, nuqsoni, kamchiligi, ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni, shuningdek, ularning psixofizologik rivojlarish hususiyatlarini o‘rganadi.
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqqan holda difektologiya fani quyidagi vazifalarni belgilaydi:
Anomaliyaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va ularni bartaraf etish;
Anomal (ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan) bolalarning psixofiziolgik rivojlanishdagi qonuniyatlarini, hususiyatlarini o‘rganish va kerakli chora-tadbirlarni belgilash;
Anomal bolalarning hususiyatlaridan kelib chiqib, inklyuziv va deferensial ta’limni tashkil etish;
Anomal bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan maxsus sharoitlarda maxsus dastur va vositalar bilan shug‘ullanish;
Difektologiya fanining bugungi kundagi muammolari:
Anomal bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan aniq darslik va metodik tavsiya, o‘quv qo‘llanmalarning to‘liq etishmasligi;
Jismoniy nuqsonli bolalar uchun ta’lim-tarbiya omilidagi maxsus uskuna vositalarning etishmasligi;
Maxsus muassasalar o‘quvchi va tarbiyalanuvchilari uchun maxsus mehnat va hunarga yo‘naltiruvchi kollej, o‘quv ishlab chiqarish korhonalarining etishmasligi;
Maxsus ta’lim muassasalarida pedagogik hodimlarning etishmasligi; (oliy o‘quv yurtlari pedagogika ba’zasida defektologiyaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘limlarni tashkil etish, shuningdek pedagogika kollejlarida ham shunday bo‘limlarni tashkil etish zarur).
Amalda faoliyat ko‘rsatayotgan maxsus ta’lim muassasalarining pedagogik hodimlarini malakasini oshirish ishlariga e’tiborni kuchaytirish; (Hududiy hodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari qoshida).
Maxsus ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan nazariy va uslubiy qo‘llanma va tavsiyalarni hozirgi zamon pedagogik tehnologiyalari asosida tayyorlash va maxsus muassasalarni ta’minlash;
Maxsus ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |