Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash Toshkent 2021 Ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash. - Respublikamizda ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari yangi ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlanmoqda. Pedagoglarga qo’yilayotgan talablar asosida o’z faoliyatlariga yangiliklar kiritib bormoqdalar. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida fan, texnika va ilg’or tajribalardan foydalanish bilan bir qatorda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Bu jarayon o’qituvchilarning mas’uliyatini yanada oshirmoqda. Pedagogik texnologiya nima? Biz uni qanday va qayerda samarali qo’llay olamiz? Bu kabi savollarga javob berish uchun biz avvalo dars jarayoni, undagi o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini keng o’rganishimiz kerak? Dars – o’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi, samarali mehnati.
Do'stlaringiz bilan baham: |