Shunday qilib, o’qitish - bu pedagog tomonidan talabalarning yangi-yangi tafakkur masalalarini ochishdagi faoliyatini tashkil qilinishidir. Bunda birinchi o’rinda «nimani o’rgatish» emas, balki «qanday o’rgatish» kerak degan savol turadi.
O’qitish jarayonini asosiy harakatga keltiruvchi kuch - bu talabalarda mavjud bo’lgan ijtimoiy tajriba va bilim bilan ularning oldiga qo’yilayotgan masala orasidagi ziddiyatdir.
Bu ziddiyatni anglash talabalarni xamkorlikka undaydi. Natijada ularda rivojlanish ro’y beradi. O’zi uchun yangi bo’lgan tajribalarni o’zlashtiradi. Shunday qilib, hamkorlikdagi faoliyat harakteri ziddiyatlarni yechish usullari talabalarning rivojlanishi va ularning olg’a intilishlarining asosiy sifati xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |