Kazus
Талаба томонидан мустақил ва ижодий иш сифатида тақдим
этилган
казуснинг ечими ва мантиқий саволнинг жавоби қуйидаги таркибий
қисмлардан иборат бўлиши керак: кириш, асосий қисм ва хулоса.
Намуна учун мантиқий савол:
“Агар “оммавий маданият” таҳдиди фақат четдан – Ғарбдан кириб
келади, десак, қаттиқ адашамиз. Бу бало, афсуски, ўзимиздан, ўз орамиздан
ҳам чиқиши мумкин. Мен бу гапларни осмондан олиб айтаётганим йўқ.
Юртимизда нашр этилаётган айрим газета-журналлар, китобларни,
суратга
олинаётган баъзи клип ва киноларни, эфирга берилаётган қўшиқ ва рақсларни
кузатиб, соғлом фикрлайдиган ҳар қандай одам шундай хулосага келиши
табиий...”.
Президент Ш.Мирзиёев томонидан айтилган юқоридаги фикрни
изоҳлаб беринг.
Юқорида берилган мантиқий савол жавобини кириш, асосий қисм ва хулоса
қисмларида қайси жиҳатларини ёритасиз. Мантиқий жавобнинг ҳар бир
таркибий қисмига изоҳ бериб боринг.
Javob
Mamlakatimiz o’z taraqqiyot yo’lida dadil qadam tashlab, jahon
hamjamiyatida o’z o’rniga ega bo’lib bormoqda. Ammo
shuni ham tan olish
kerakki, bugungi globallashuv jarayonida ‘‘ommaviy madaniyat’’ tushunchasi ham
hayotimizda paydo bo’ldi va uning yosh avlod ongini zaharlashdagi darajasi misli
ko’rilmagan darajadadir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev esa ‘‘ommaviy
madaniyat’’ faqat g’arb dunyosidan kirib kelmayotganini, uni o’zimizning
oramizdan ham chiqishi mumkinligiga to’xtalib o’tgan. Prezident bu fikr to’satdan
paydo bo’lmaganini ta’kidlab, yurtimizda nashr etilayotgan ayrim gazeta va
jurnallar, kitoblar, suratga olinayotgan ba’zi klip va kinolar, efirga
berilayotgan
qo’shiq va raqslarning saviyasi haqida keskin tanqidiy fikrlarni aytib o’tgan va
sog’lom fikrlaydigan har qanday inson ularni ko’rib ‘‘ommaviy madaniyat’’ning
o’z oramizdan ham chiqib kelishi mumkinligini tushuna olishini ta’kidlab o’tgan.
Shuningdek, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev bu boradagi eng kuchli va eng
ta’sirchan qurol sifatida ma’naviyatni shunday e’tirof etadi:”Ma’naviyatli inson
irodali, dunyoqarashi keng, tafakkuri boy bo’ladi va madaniyatli bo’ladi va aynan
yuksak ma’naviyat ‘‘ommaviy madaniyat’’ga, buzg’unchi va vayronkor g’oyalarga
qarshi kuchli himoyadir’’
1
1
http//:journalist.uz
Endi yuqoridagi mantiqiy savolga javob berganda qanday shaklda javob
yozilishiga to’xtaladigan bo’lsak,kirish qismida berilgan
mantiqiy savolning asosiy
mohiyati,ya’ni muhokama etiladigan mavzu,muammoning muhim jihatlari va asl
mohiyati aniqlab olinishi kerak.Kirish qismida o’rtaga qo’yilgan savolning mazkur
masaladagi davlat siyosati bilan bog’liq jihatlariga(agar ular bor bo’lsa) qisqacha
to’xtalib o’tish o’rinli bo’ladi,zero,bu bilan savolning dolzarblik darajasi
belgilanadi.Bunda ‘‘hammamizga ma’lumki’’ deb
boshlanadigan umumiy
gaplardan,tavsif-u ta’riflardan,yuzaki havoyi talqinlarni ishlatishdan saqlanish
lozim.Shuningdek,gapni savol mohiyatidan uzoq tushunchalar haqida gapirishdan
boshlash,ko’plab ta’riflar berishning hojati yo’q.Bundan tashqari,oddiy va hamma
biladigan gaplar bilan javob hajmini ko’paytirishga urinish,huquqiy,ilmiy yoxud
amaliy ahamiyatga ega bo’lmagan yuzaki mulohazalarga
joy ajratish ham
maqsadga muvofiq emas.
Javobning asosiy qismida mantiqiy savolda bayon etilayotgan, hal qilinishi
talab qilinayotgan barcha muammoli vaziyatlarni aniqlashtirish hamda qonunchilik
normalari va maxsus adabiyotlar tahlili asosida mazkur muammo yechimiga
tegishli manbalar, kerakli asosiy adabiyotlarni belgilash orqali o’z shaxsiy,
mustaqil, asoslangan javobni ifoda qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda
mavjud muammolar yuzasidan o’z
fikrini bildirish, yangi g’oya va takliflarni ilgari
surish o’rinli bo’ladi. Shuningdek, xorijiy va milliy olimlar, amaliyotchilar
qarashlariga murojaat qilish imtihon bahosining yuqori bo’lishiga o’z ta’sirini
ko’rsatadi. Bunda joylashtiriladigan ma’lumotlar asosli, hujjatli bo’lishini e’tiborga
olish kerak.
Shuningdek, “birinchidan…’’, “ikkinchidan…’’, “boshqa tomondan
qaraganda…’’ kabi so’z va iboralarni o’z o’rnida qo’llash javobning mustaqil
yozilganiga ishonchni oshiradi va ushbu so’zlarni qo’llash yaxshiroq samara beadi.
Xulosa qismida esa muammoli vaziyat yuzasidan kelib chiqqan natijalarni
lo’nda
va aniq bayon qilish, fikrlarni umumiy xulosalash kerak. Mavzuga doir
bo’lmagan malumotlarni qo’llamaslik kerak. Shunindek, xulosa qismi matnni
mantiqiy yakunlashi zarur.
Xulosa qiladigan bo’lsak, berilgan kazus yoki mantiqiy savol uchun yozilgan
javob ishining kirish qismida muhokama qilayotgan mavzuning muhim jihatlari
aniqlanishi kerak. Asosiy qismda esa kazus yoki mantiqiy
savolda hal qilinishi
talab etilayotgan muammoli holatlar aniqlanishi va kerakli qonunlar va
adabiyotlarga asoslangan holda shaxsiy, mustaqil javob ifodalanishi kerak. Xulosa
qismida esa muammoli vaziyat yuzasidan kelib chiqqan natijalar aniq va tushunarli
qilib ifodalangan, fikrlar umumiylashtirilgan, xulosa qilingan bo’lishi kerak