2-savol. Инсоннинг ташаббускорлиги унинг нисбатан мукаммаллиги ва
фаоллигининг кўрсаткичи ҳисобланди.Ташаббускорлик – ҳуқуқшунос учун
муҳим кўникмалардан биридир.
Ҳуқуқшунослар томонидан ушбу кўникмани қўлланилишига мисоллар
келтиринг. Ташаббускорликни ривожлантиришнинг қандай усул ва методлари
мавжуд?
Tashabbuskor insonni biz biror ishga boshlovchi, da’vat etuvchi inson deb
tushunamiz. Tashabbuskor odam boshqalardan ajralib turadi, uning sheriklari uning
gapiga qarab ish tutadi. Nima qilish kerakligini boshqalarga aytadi. Shunga
yarasha uning darajasi ham odamlar orasida boshqacha bo’ladi. Huddi shuningdek,
huquqshunosning professional faoliyatida ham tashabbuskorlik muhim o’rin tutadi.
Huquqshunos muntazam ravishda faqat huquq bilan shug'ullanishi maqsadga
muvofiq emas. Eng ko'p talab etiladigan masala bu, albatta, norma ijodkorligi
hisoblanadi. Huquqshunos o'zining tashabbuskorligi, yaratuvchanligini ishga
solishi va jamiyat hayotiga o'zining ma'lum ma'nodagi hissasini qo'shishi
maqsadga muvofiqdir. Aks holda, huquqshunos yetuk mutaxassis boʻlishi gumon
ostida qoladi. Shuning uchun ham huquqshunos o'zining bunday hislatlarini
rivojlantirishi, ulardan unumli foydalangan holda muvaffaqiyatli karyerasini
yaratishi lozim.
Shuni ham unutmaslik lozimki, har qanday tashabbus o'ziga xos qiyinchilik va
mas'uliyatni keltirib chiqaradi, aniqrog'i, o'zi bilan birga yetaklab keladi. Misol
uchun, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish mushkul va ko'p mehnat
talab etadigan jarayondir. Tashabbus ko'rsatilgan paytdan toki zimmaga olingan
maqsadga erishilmaguniga qadar huquqshunos barcha chora-tadbirlarni amalga
oshirishi zarur. Agar huquqshunos bu jarayonni oxirigacha amalga oshirmasa,
koʻrsatgan tashabbusi uni “jazolanishga” olib kelishi mumkin.
2
Tashabbuskorlikni shaxsiy rivojlanish orqali shakllantirish mumkin. Bunda bizga
reja tuzish yordam beradi. Vaqtimizni rejalashtirish samaradorlikni oshiradi. Misol
uchun, men o’z hayotimda vaqtimni ikki marta rejalashtirganman. Ulardan
foydalanib men o’z oldimga qo’ygan maqsadimga erishganman. Shuning uchun
2
Mualliflar jamoasi. Shaxsiy rivojlanish. Darslik. -T.: TDYU, 2019.-40-b.
men bemalol aytishim mumkinki, SMART, SMARTER usullari bunda ham
yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1)Usmonov S.’’Yuristning nutq ma’daniyati’’ - T.: TDYU,2005,346 b;
2) http//:journalist.uz sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |