Circuit/Zoom. Sxema o’lchamlarini orttirish Zoom IN va kamaytirish Zoom Out.
C ircuit/Schematic Options. Zanjirning umumiy ko’rinishini sozlaydi. O’zgartirishlar faqat joriy zanjirga taalluqli bo’ladi.
Schematic Options dialog oynasida quyidagi bo’limlar mavjud:
Grid;
Show/Hide;
Fonts;
Wiring;
Printing.
Grid. To’rning ko’rinishini va to’rdan foydalanishni boshqaradi.
Show/Hide. Zanjir to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’rsatish/berkitish. Dialog oynada belgilangan ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Fonts. Komponentlar metkalari va qiymatlarini ko’rsatish uchun foydalaniladigan shriftlarning nomi va o’lchamlarini o’zgartirish.
Wiring. Sxema komponentlarini o’zaro bog’lash usulini tanlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |