E dit/Show Clipboard. Almashtirish buferini aks ettirish.
Circuit menyusi. Circuit menyusi zanjirlar ustida amallar bajarish imkoniyatini beradi.
Circuit/Rotate. Tanlangan komponentlarni soat strelkasi bo’yicha 90 gradusga buradi. Komponentga mansub bo’lgan matn burilmaydi. Ampermetr va voltmetrlarning faqat terminallari buriladi.
Circuit/Flip Vertical. Tanlangan komponentlarni vertikal bo’yicha 180 gradusga buradi.
Circuit/Flip Horizontal. Tanlangan komponentlarni gorizontal bo’yicha 180 gradusga buradi.
Circuit/Component Properties. Tanlangan komponentning xossalarini o’zgartirish. Komponent ustida sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosilganda ham xossalarning dialog oynasi chiqadi. Dialog oynasi tanlangan elementga mos bo’ladi va unda quyidagi bo’limlar bo’lishi mumkin:
Label,
Value,
Models,
Schematic Options,
Fault,
Node,
Display,
Analysis Setup.
Do'stlaringiz bilan baham: |