File menyusi. File menyu fayllar bilan ishlash uchun mo’ljallangan. File menyusining tashqi ko’rinishi quyidagicha:
File/New. Ushbu amal bajarilganda joriy sxema yopiladi va yangi nomsiz oyna ochiladi. Undan yangi sxema tuzish uchunfoydalaniladi. Sukut bo’yicha yangi sxemaning nomi Default.ewb bo’ladi.
File/Open. Mavjud faylni ochadi. Faqat .ca,.sa3, .sd3, .sa4 va .ewb kengaytmali fayllarni ochish mumkin.
File/Save. Joriy faylni saqlaydi. Saqlanadigan faylning joyi va nomi ko’rsatiladi. Saqlanadigan faylga .ewb kengaytma avtomatik ravishda beriladi.
File/Save as. Joriy sxema yangi nom bilan saqlanadi. Dastlabki sxema (original) o’zgarishsiz qoladi. Ushbu buyruqdan sxemaning nusxasida eksperimentlar qilish uchun foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |