Izohli lug‘at
Aksiya - korxona mulkiga aksionerlarning qo‘shgan hissasini tasdiqlovchi hujjat.
Amortizatsiya - asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni normativ xizmati muddati davomida qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazib borish jarayoni.
Aylanma mablag‘lar – korxona mablag‘larining bir ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilinuvchi qismi bo‘lib, o‘z ichiga xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya, ehtiyot qismlar kabilarni oladi.
Bank aktivlari – banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda foydalanuvchi turli moddiy va moliyaviy resurslar majmuyi. Ular, asosan, bank kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan qimmatli qog‘ozlari, investitsiyalari, valyuta boyliklari ko‘rinishida bo‘ladi.
Bank depozitlari – jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo‘yilgan bo‘sh pul mablag‘lari.
Do'stlaringiz bilan baham: |