Jamoa tadbirkorligi jamoa mulkiga asoslanadi va uning a‘zolari faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi.
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona korparatsiya tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘ladi.
Shaxsiy tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a‘zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo‘ladi. Bu odatda kichik savdo shahobchalari xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo‘jaliklari, hamda huquqshunos va hakamlarning malakaviy kasbi doirasida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.
Faoliyat turining mazmuniga bog‘liqlikda tadbirkorlikning quyidagi turlari farqlanadi:
- Ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik. Tadbirkorlikning mazkur shaklida tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, axborot berish va ma‘naviy qimmatliklar yaratish amalga oshiriladi.
- Tijorat sohasidagi tadbirkorlik tovar va xizmatlarni sotish bo‘yicha bitimlarni amalga oshirishga qaratiladi;
- Moliyaviy tadbirkorlikda sotish-xarid qilish vositasi pul, valyuta, qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi;
- Vositachilik tadbirkorligi tomonlarning o‘zaro bitimlaridan manfaatdorligini bog‘lovchi faoliyatda namoyon bo‘ladi.
Faoliyat turining mazmuniga bog‘liqlikda tadbirkorlikning quyidagi turlari farqlanadi:
- Ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik. Tadbirkorlikning mazkur shaklida tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, axborot berish va ma‘naviy qimmatliklar yaratish amalga oshiriladi.
- Tijorat sohasidagi tadbirkorlik tovar va xizmatlarni sotish bo‘yicha bitimlarni amalga oshirishga qaratiladi;
- Moliyaviy tadbirkorlikda sotish-xarid qilish vositasi pul, valyuta, qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi; - Vositachilik tadbirkorligi tomonlarning o‘zaro bitimlaridan manfaatdorligini bog‘lovchi faoliyatda namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda korxonalarni hissadorlik shaklda tashkil qilish jahon xo‘jaligi va avvalo yirik ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. AQSh, Yaponiya va G‘arbiy Evropadagi barcha yetakchi mamlakatlarda hissadorlik jamiyatlari sanoat, savdo, sug‘urta ishi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida korxonalarning yetakchi tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib qoldi. Aktsiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarning muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi.
Aktsiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining hissasini qo’shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish, korxonani boshqarish va tugatilganda mulkiga sheriklik huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog’ozdir.
Ta’sischilik foydasi. Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta‘sischilik foydasi kabi daromad turining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ta‘sischilik foydasi sotilgan aktsiyalar summasi va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘ miqdori o‘rtasidagi farqdan iborat. Dividend. Hissadorlik korxonasida ta‘sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend ham shakllanadi
Kapital lotinchadan mablag‘, boylik degan ma‘noni anglatadi. Uning iqtisodiy ne‘mat yaratish omili sifatida namoyon bo‘ladigan moddiylashgan qismi jismoniy ma‘noda kapital deb ataladi. Umumiy ma‘nodagi kapital qanday shaklda amal qilmasin bu uning daromad keltirish xususiyatidir. Shu ma‘noda tadbirkor ixtiyoridagi barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari birgalikda tadbirkorlik kapitali qisqacha kapital deb ataladi. Tadbirkorlik kapitali takror ishlab chiqarish jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi. Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday mablag‘ o‘z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul kapitalning iqtisodiy faoliyat omillariga sarflanishi, ularning ishlab chiqarishda foydalanilishi yaratilgan tovarlarning sotilishi va mablag‘larning dastlabki shakliga qaytishi kabi bosqichlarni o‘z ichiga olgan harakati uning doiraviy aylanishini tashkil qiladi.
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi.
Kapital o‘zining aylanish xususiyatiga qarab asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |