- Iste’molchilar molni sotib olishlari uchu avvalo bu mollarni ishlab chiqarish kyyerak. Mollarni ishlab chiqarish va ularni iste’molchilarga yetkazib berish esa ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlarining sotilishi o’zgarishiga, eng avvalo narxlarning o’zgarib turishiga qanday munosabatda bo’lishlari bilan bog’liqdir. Bu esa taklif qonuni asosida amalga oshadi.
Taklif - Taklif – ishlab chiqaruvchilarning bozorda sotish hohishi bo’lgan mollar va xizmatlar miqdoridir. Taklif – ishlab chiqaruvchilarning bozorda sotishga hohishi bo’lgan mollardan qancha va qanday turlarda ishlab chiqarilganligini ko’rsatadi. Mollar taklifiga texnika taraqqiyoti, ishlab chiqaruvchilarning monopol hukmronligi, mollar bahosida bo’ladigan o’zgarish kabilar ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun ham taklifni ko’tarilib (yoki pasayib) boruvchi o’q tarzida ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |