Taklif - Bizga ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar o’z mollarini yuqoriroq bahoda, ya’ni qimmatroq sotishga harakat qiladilar. Shuning uchun ham sotuvchilar o’z mollariga imkon chegarasidagi eng quyi bahoni belgilaydilar. Bundan past baho esa bu mollar ishlab chiqarishni samarasiz qilib qo’yadi. Umuman, taklif qilinayotgan mollarning bozor bahosi bilan ularning miqdori o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud bo’lib, bahoning o’sishi bilan taklif hajmi ortadi va bahoning pasayishi bilan taklif hajmi kamayadi. Baho bilan taklif o’rtasidagi bunday bog’liqlikni taklif qonuni deyiladi. Taklif qilinayotgan mollarning bozor bahosi bilan bu mollar miqdori o’rtasidagi munosabat taklif egri chizig’i deyiladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |