Bozor muvafaqqiyatsizliklari – bozor mexanizmining iqtisodiy resuslarni samarali taqsimlab bera olmaydigan iqtisodiy vaziyatdir.
Iqtisodiy nazariyada bozor munosabatlarining uchta subyekti alohida ko‘rsatiladi – Uy xo‘jaliklari, firmalar va davlat.
Uy xo‘jaliklari – moliyaviy masalalarni birgalikda xal qiluvchi, bir tom ostida yashaydigan shaxslardan iborat xo‘jalik birligidir. Uy xo‘jaliklari iste’molchilar sektoriga tegishlidir.
Firma – ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan, asosiy ishlab chiqarish muammolarini shaxsan o‘zi xal qiladigan iqtisodiy subyektdir. Firma ishlab chiqaruvchi sektoriga tegishlidir.
Davlat – keng ma’noda xo‘jalik subyekti va bozorni nazorat qilish xuquqiga ega yuridik va siyosiy xokimiyat organlari yig‘indisidir. Davlat o‘z faoliyatida jamiyatdagi farovonlik, samaradorlikni oshirishga xarakat qiladi.
2. Bozordagi talab. Talab qonuni
Bozor - xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabatlar tizimini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyoti xolatiningasosiy tushunchalar bo‘lgan talab va taklif orqali aniqlanadi.
Bozordagi talab – bozordagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan insonlarning ehtiyojinibilvosita ko‘rinishidir. Ehtiyoj biror bir narsaga erishish istagini ko‘zda tutadi.
Talab – bu nafaqat istak, balki bozordagi narx bo‘yicha uni olish imkoniyatini bildiradi. Talab – tovar yoki xizmatga bo‘lgan to‘lov qobiliyatli ehtiyojdir.
Talab individual va bozor talabiga bo‘linadi.
Individual talab alohida shaxsning talabi, ularning jami, bozor talabini keltirib chiqaradi.
Bozor talabini amaliy tahlil qilish, bashoratlar uchun turli usullardan foydalaniladi. Aksariyat hollarda quyidagilardan foydalaniladi.
Xaridorlardan olinadigan so‘rov yoki intervyu. So‘rov – xaridorlarning xoxish–istaklarini, ularning moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash imkonini beradi. Biroq so‘rov jarayonidagi obyektiv qiyinchiliklar tufayli aniq ma’lumotlar olish darajasi past.
Ekspert tahlili – mutaxassislar, ekspertlar tomonidan manfaatdor kompaniyalar buyurtmasiga asosan tovarga bo‘lgan talabni, uning dinamikasini aniqlash uchun amalga oshiriladigan tahlil. Bu usul qimmat usul hisoblanadi, lekin xatolar qilish saqlanib qolinadi.
Bozor eksperimenti (tadqiqoti) – yangi parametrlar, yangi narxlar o‘rnatilganda, iste’molchilarni solishtirma taxlil qilinganda tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri test qilishni ko‘zda tutadi.
Statistik usul - real statistik ma’lumotlarni o‘rganish asosida ma’lum davr uchun aniq bir tovarga bo‘lgan talab va narxni o‘zaro bog‘liqligi, talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar tadqiq qilinadi.
Talabning hajmini aniqlash uchun, talab hajmi va talab narxi kabi ko‘rsatgichlardanfoydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |