Talab va ehtiyoj



Download 108 Kb.
bet1/3
Sana11.05.2022
Hajmi108 Kb.
#602164
  1   2   3
Bog'liq
OFUixUuH3TWMXfviXkut93eekp5eYpNSrCB67s2T


3-mavzu. MILLIY O‘QUV DASTURINING MAZMUN-MOHIYATI:
TALAB VA EHTIYOJ


Reja:



  1. Ta’lim sohasiga qo‘yilayotgan yangi talablar.

  2. Umumiy o‘rta ta’limning amaldagi DTS va yaratilayotgan Milliy o‘quv dasturining qiyosiy tahlili.

  3. Milliy o‘quv dasturi loyihasini takomillashtirishdagi amalga oshirilayotgan ishlar.

Prezidentimiz tomonidan umumiy o‘rta ta’limni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari barqaror taraqqiyotga olib bora oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlab berish maqsadida ilg‘or milliy va xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini inobatga olgan holda o‘quv dasturlari, o‘qitish metodikasi va ta’lim sifatini baholash tizimini takomillashtirish vazifalari belgilab berildi.


“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 159-bandida 2020-yil 1-iyunga qadar “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish”, bunda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan PISA (The Programme for International Student Assessment) umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish” belgilab qo‘yilgan.
Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibi shakllantirildi hamda Yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
Umumiy o‘rta ta’limning tarixida ilk bor joriy etilishi kutilayotgan Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi amaldagi davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturlarini tanqidiy tahlil qilish, keng jamoatchilikning darsliklarning mazmuniga nisbatan bildirgan fikr-mulohazalari, ta’limning keyingi bosqichi hamda zamonaviy mehnat bozorining real talablari asosida, xorijiy davlatlarning ta’lim sohasida erishgan natijalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilmoqda.
Mazkur dastur 6 ta komponentdan iborat bo‘ladi:
1) umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
2) umumta’lim fanlarining konsepsiyalari;
3) umumiy o‘rta ta’limning o‘quv rejasi;
4) umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari;
5) umumta’lim fanlarini o‘qitish metodologiyasi;
6) baholash tizimi.
Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va tajriba-sinovdan o‘tkazish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini ta’minlash maqsadida yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, UNICEF, USAID va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli ishlash tashkil etildi.
Amaldagi davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini rivojlangan xorijiy davlatlarning o‘quv-me’yoriy resurslari bilan qiyoslash orqali o‘rganib chiqilmoqda, ilg‘or tajribalardan kelib chiqqan holda Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda Singapur, Koreya Respublikasi, AQSH, Gongkong va Yaponiya kabi davlatlar tajribalaridan tashqari umume’tirof etilgan xalqaro baholash dasturlari talablari va metodologiyasi inobatga olinmoqda.
O‘zbekistonda 2021-yil 1-martga qadar malakali pedagog, ilmiy xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu taklif Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan. Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni loyihasi (PF–6108-son, 06.11.2020 y.)dan joy olgan tayanch umumta’lim muassasalari belgilanadi va 2021/2022 o‘quv yilida ularning ta’lim jarayoniga Dastur tajriba-sinov tariqasida joriy qilinadi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi va xalqaro ekspertlar tomonidan Milliy o‘quv dasturining loyihasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda va 2020-2021 o‘quv yilida hududiy xalq ta’limi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari hamda tegishli oliy ta’lim muassasalarida ekspertizadan o‘tkazilishi belgilangandi.
Ekspertiza xulosalariga ko‘ra ishchi guruh tomonidan Milliy o‘quv dasturining barcha komponentlari takomillashtiriladi va u asosida 2021-yilning birinchi choragidan boshlab to‘liq to‘plamda 1-, 2-sinflar uchun darsliklarning yangi avlodi yaratilishi belgilandi.
Milliy o‘quv dasturi 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-sinovdan o‘tkazilib, 2026-2027 o‘quv yiliga qadar to‘liq amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.

Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish