Bazada o‘rnashish uchun tayinlangan guruhning tayyorgarlik xususiyati:
- razvedkachilarni oldindan kam harakat qiladigan sharoitda uzoq muddatga yashashiga tayyorlash;
- yurish-turish, xulq-atvor qoidalariga, o‘z faoliyatini tapminlashga o‘rgatish;
-ruhiy jihatlarini hisobga olib guruh tarkibini puxta saralab olish;
-razvedkachilarga kuzatuvchanlikni o‘ziga xosligini, maxfiy uchrashuv aloqasini tashkillashtirish va tayniklar tayyorlashda o‘rgatish;
-pana joydan chiqish va kirish konspiratsiyasi qoidasiga rioya qilishni o‘rgatish.
Guruh komandiriga bazada o‘rnashish va razvedka olib borishga vazifa qo‘yilishida qo‘shimcha ko‘rsatiladi:
-baza hududidagi dushman qo‘shini qaysi turiga mansubligi, dushman tomonidan qanday kontrrazvedka tadbirlarini o‘tkazilishini kutish mumkin;
-bazaning o‘ziga xosligi, o‘rnashuv vaqti va hududi;
-taynikda saqlanadigan moddiy-texnik vositalarning zaxirasi;
-bazada o‘rnashuv davrida aloqa o‘rnatish tartibi;
-vazifani bajarishga chiqish va boshlanish signali;
-guruh(otryad)ning zaxira baza hududi;
-o‘zimizning qo‘shinlar bilan uchrashganda o‘zaro tanitish paroli.
Bazada o‘rnashishda guruh(otryad) komandiri jangovar buyrug‘ida ko‘rsatadi:
-guruh(otryad)ning tarkibi;
-bazada o‘rnashuv vaqti va hududi;
- pana joylarda o‘rnashuv tartibi va qo‘riqlovi;
-zaxira baza hududi va ishlash vaqti;
- aloqani tashkillashtirish, o‘zaro tanitish signali va parol.
Razedka o‘tkazishga (maxsus tadbirlarni o‘tkazishga) jangovar buyruqni, vazifani bajarish davrida harakatlanish tartibini guruh(otryad) komandiri bazadan chiqishidan oldin beradi.
Guruh (otryad)ni baza hududiga aviatsiya transportida, jangovar va boshqa texnikada konspiratsiya qoidalariga rioya etib (mashinalarning raqami, harbiy kiyim-kechak chegara qo‘shinlari yoki birinchi eshelonni egallagan qo‘shin turinikiga mansub bo‘lishi kerak) etkaziladi. Bevosita guruh (otryad) kechasi piyoda tartibda baza joyida chiqadi. Tezkor ofitser guruh komandiri bilan birgalikda baza rayonida o‘rnashish davrida shaxsiy tarkibning harakat qilish tartibini belgilab oladilar.
Pana joyni butunligini, kerakli miqdorda qurol-aslaha va zaxira vositalari tekshirgandan keyin va guruh(otryad) komandiri harakt qilish tartibini anglab etganidan so‘ng Tezkor ofitser va komandir bir nusxada dalolatnoma tuzadilar va u guruh(otryad)ning tezkor jildiga tikiladi. Tezkor ofitser sekret (maxfiy)larni echib ketadi va batalon komandiriga guruh(otryad) bazada o‘rnashganliklari, jangovar vazifani bajarishga tayyorligi to‘g‘risida bildiruv beradi. Bazada o‘rnashgan guruh (otryad) bilan aloqani tashkillashtirish va olib borish agentura usulida (taynik, shartli belgi orqali) amalga oshiriladi.
Farmoyishlarni Markazdan qabul qilishda yashirin joyda yoyilgan navbatchi qabulda turgan qisqa to‘lqinli radiostansiyalardan foydalaniladi. Bazadan aloqaga chiqish qatpiyan man etiladi. Jangovar harakatlar mobaynida, pana joydan chiqishdan keyin aloqa belgilangan tartibda olib boriladi. Bazada joylashgan shaxsiy tarkib niqoblash va konspiratsiya talablariga qatpiyan rioya etishlari kerak. Zaruriy holatlarda guruh (otryad) komandiri ruxsati bilan razvedkachilar ko‘rinishi qiyin sharoitda pana joydan chiqadilar (kuzatuvchilarni almashtirish uchun va maxfiy uchrashuv joyiga). Razvedkachilarning chiqib ketishi va qaytib kelishlari konspiratsiya qoidalariga rioya etgan holda, har doim har xil yo‘nalishlardan iz va yo‘lak qoldirmasdan amalga oshiriladi.
Guruh (otryad) bazadan chiqishidan oldin atrofni yashirin tarzda qo‘riqlov va niqoblash talablariga rioya etib razvedka qiladi va vazifani bajarishga kirishadi.
Dushmanning yakka askari yoki uncha katta bo‘lmagan guruhi bazani tasodifan topilganda, razvedkachilar ularni shovqinsiz yakson etadilar. Keyin guruh (otryad) shaxsiy tarkibi bazani minalashtirib tezlik bilan tark etib oldindan belgilangan rayonga (10-15 km uzoqlikdagi zaxira bazasida) harakat qiladilar. Bu erda kelganlaridan so‘ng vaziyat to‘g‘risida Markazga maplum qiladilar va keyingi harakatlarga vazifa oladilar. Quch jihatdan ustun bo‘lgan dushman tomonidan baza topilganda, guruh (otryad) barcha o‘t ochish vositalaridan o‘t ochib ularga talofat etkazadi va yo‘llarini minalashtirib zaxira bazasiga chekinadilar.
Dushman tomonidan qidiruv o‘tkazib baza o‘rab olingani aniqlaganda, guruh (otryad) o‘z joyiga qolib demaskirovka alomatlarini yuqotish choralarini ko‘radilar, kuzatuvchilar pana joyda yashirinadilar, kirish yo‘li va havo almashtirish yo‘laki berkitiladi va niqoblanadi hamda qidiruvchi itlarga qarshi maxsus moddalar bilan ishlov beradilar. Agar qidiruv-tozalash dovomida dushman tomonidan baza topilsa, guruh(otryad) o‘t ochib dushmanni yakson etadi va vaziyatga qarab chekinishni boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |