Joyning xarakteri, yo‘llar va topografik haritaning masshtabiga qarab kuv.m koeffitsientining qiymatlari
Joy va yo‘llarning xarakteri
|
1:50 000
|
1:100 000
|
1:200 000
|
Tekislik
|
1.00
|
1.00
|
1.10
|
O‘rtacha kesishganlik (qirlik) joy
|
1.05
|
1.10
|
1.15
|
O‘ta kesishgan tog‘li) joy
|
1.15
|
1.20
|
1.25
|
To‘g‘ri yo‘l
|
1.00
|
1.00
|
1.10
|
Egri yo‘l
|
1.05
|
1.10
|
1.15
|
O‘ta egri-bugri yo‘l
|
1.15
|
1.20
|
1.25
|
Marshrut uzunligining ko‘payishi koeffitsienti – mashinaning haqiqiy o‘tgan yo‘lini marshrutning topografik harita bo‘yicha o‘lchangan uzunligiga nisbatidir va u joyning relefiga, harakat marshrutlarining egri yo to‘g‘riligiga hamda haritaning masshtabiga bog‘liqdir.
Manyovr qilish koeffitsienti – jang maydonida haqiqiy o‘tilgan yo‘lning jangovar vazifaning harita bo‘yicha o‘lchangan chuqurligiga nisbati va u jangovar harakatlarning turiga, dushman mudofaasining tayyorlanganligiga, muhandislik inshootlari va tabiiy g‘ovlarning (to‘siqlarning) mavjudligiga, joyning radioaktiv, kimyoviy moddalar bilan zaharlanganlik darajasiga va boshqa omillarga bog‘liq.
Vaziyat taqozosi bilan hujumga tayyorgarlik vaqtida raqamli TXning iloji bo‘lmagan bo‘lsa, u holda hujum davomida bo‘lak-bo‘lak qilib, bir necha urinishda KTX ishlari bilan birgalikda o‘tkaziladi. Bo‘linmalar ikkinchi eshelonga (rezervga) chiqarilganda texnik xizmat ko‘rsatish birdaniga to‘liq hajmda o‘tkazilishi mumkin.
Jang davomida va jamlanish rayonida mashinani shoshilinch to‘xtashiga olib kelmaydigan, lekin keyinchalik ekspluatatsiya qilish davomida jiddiy avariyalarga olib keladigan nosozliklar va shikastlanishlar aniqlanishi mumkin, shuning uchun ham nosozlik (shikastlanishni) xarakterini aniq bilish va o‘z vaqtida uni bartaraf etish muhimdir. Bu ishlarni ekipajlar (raschet, haydovchilar) vzvodlarning texnikalari boshchiligida va TXS mutaxassislari bajaradilar. qurol-aslaha va harbiy texnikaning holati va zarur yordam haqida vzvodlarning texniklari batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosariga bildiruv beradilar. Hujum davomida mashinalarning ba’zi uzel (tugun) va agregatlarining resursini tiklash bo‘yicha ishlar o‘tkazilishi mumkin.
Qurol-aslaha va texnikaga xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish maqsadida ekipajlar uchun (raschet, haydovchilar) yordamga batalonlarning TXS shaxsiy tarkibi jalb etiladi, hamda harbiy qismning ta’mirlash vzvodidan zarur kuch va vositalar ajratilishi mumkin. Bo‘linmalarning qurol-aslaha va harbiy texnikasining holati va yordamga ehtiyojini bilgach, batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi va harbiy qismning ta’mirlash vzvodidan ajratilgan vositalardan foydalanish tartibi va navbatini belgilaydi.
Harakatlanish mobaynida ataka qilish uchun ichkaridan chiqishda qurol-aslaha va harbiy texnikani tiklash, bo‘linmalarning YUKTlarining kuch va vositalari bilan amalga oshiriladi. Bo‘linmalarni atakaga o‘tish (jangga kirish) marrasiga (rubejiga) bir vaqtda chiqishini ta’minlash uchun ular kolonnalarning harakat marshrutlaridan nosoz tanklar va boshqa texnikani evakuatsiya qiladilar, engil tiqilgan mashinalarni chiqaradilar. Zarur hollarda YUKT ekipajlarga to‘xtab qolish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etishga yordam beradi, ularni ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |