Masofalarni o‘lchash
Masofalarni taxminiy aniqlashning bir necha oddiy usullari mavjud.
Masofalarni ko‘z bilan chamalash – bu eng tez, oddiy va eng keng tarqalgan hamda har bir harbiy xizmatchi uchun bajarsa bo‘ladigan usuldir. Biroq etarli darajada aniqlikka erishish chamalovchidan doimiy tarzda joy, yil fasli va kunning turli sharoitlarida mashqlar bajarishni talab qiladi.
O‘z chamasini mukammallashtirish uchun masofani chamalash va shu masofani qadamlab o‘lchab solishtirish mashqini (yoki karta va boshqa masofa o‘lchash usullari bilan) imkon qadar ko‘proq bajarish zarur.
Avvalo joyda uzunligi aniq bo‘lgan masofalarni o‘ziga ishonch bilan faraz qilishga o‘rganish lozim. Bu mashqni qisqa (10, 50, 100 m) masofalardan boshlash afzal. Bunday masofalarni chamalashni yaxshi o‘zlashtirib bo‘lgach, kattaroq masofalarga (200, 400, 800, 1000 m), undan keyin esa ko‘rinishi chegaralangan uzoqliklargacha o‘rganish zarur. Masofalarni chamalashni o‘z tasavvurida o‘rganib va mukammallashtirgandan keyin shunga o‘xshash boshqa masofalarni ham o‘lchasa bo‘ladi.
Masofalarni ko‘z bilan chamalashda o‘lchashning aniqligini pasaytiruvchi ba’zi bir ikkinchi darajali hodisalarni bilib qo‘yish juda muhimdir, ya’ni:
katta jismlar xuddi shunday uzoqlikda joylashgan kichikroq jismlarga nisbatan yaqinroq bo‘lib tuyuladi;
tiniq va ravshan ko‘rinuvchi (yorqin rangdagi, ochiq rangli, yaxshi yoritilgan va h.k.) jismlar xuddi shunday uzoqlikda joylashgan boshqa jismlarga nisbatan yaqinroq bo‘lib tuyuladi;
tuman, yomg‘ir yog‘ish mahali, g‘ira-shira, tong yorishayotgan, qosh qorayotgan paytlari hamda bulutli kunlar va havoni chang to‘zon qoplagan vaqtlarda jismlar yorug‘ quyoshli kunlardagiga nisbatan uzoqroq ko‘rinadi;
jismlar joylashgan muhitning rangi qanchalik yorqin bo‘lsa, o‘sha jismlar shunchalik yaqin joylashgan bo‘lib tuyuladi (misol uchun: qishda dalani qor qoplagan mahali oppoq qor ustidagi barcha to‘q rangli jismlar o‘zining haqiqiy joylashuv o‘rniga nisbatan yaqinroq joylashgan bo‘lib tuyuladi);
uzoqligi aniqlanayotgan jism bilan ko‘z orasidagi oraliq jismlarning soni qanchalik kam bo‘lsa, masofa shunchalik yaqin bo‘lib tuyuladi (misol uchun: tep-tekis joydagi yoki daryoning narigi qirg‘og‘idagi jismlar har doim o‘zining haqiqiy joylashuv o‘rniga nisbatan yaqinroq joylashgan bo‘lib tuyuladi);
relefning joyni kesib qo‘yuvchi botiqlari (jarlar, soyliklar) go‘yoki o‘rtadigi oraliqni qisqartiradi;
yotgan holda kuzatish paytida jismlarning uzoqligi turgan holda kuzatishga nisbatan yaqinroq tuyuladi;
pastdan turib tepaga (misol uchun: tog‘ etagidan tog‘ tepasiga) qaragan vaziyatda jismlar yaqinroq, tepadan turib pastga qaraganda esa uzoqroq bo‘lib tuyuladi;
Masofalarni ko‘z bilan chamalab o‘lchash aniqligini oshirish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
o‘lchangan masofani masofasi aniq oraliqlar bilan solishtirish;
ayni bir oraliq masofasini o‘lchash uchun bir necha odamni yakka tarzda jalb qilish (hisoblarning o‘rtachasi eng aniq o‘lchov bo‘ladi).
masofalarni noaniq tarzda baholash uchun 6-jadvalda keltirilgan taxminiy ma’lumotlardan foydalansa bo‘ladi. Har bir kishi bu jadvalni o‘z tajribasi bilan boyitishi mumkin.
CHamalashning aniqligi kuzatuvchi ko‘nikmasiga, kuzatuv sharoitiga va aniqlanayotgan masofaning kattaligiga bog‘liq. Tajribali chamalovchilar 1000 m.gacha bo‘lgan masofalarni aniqlashi uchun yo‘l qo‘yadigan xatoligi umumiy masofaning 10–15 % dan oshmaydi. Bundan katta masofalarni o‘lchashda xatolik uzoqlikka to‘g‘ri proporsional ravishda ortib boradi va alohida hollarda umumiy masofaning 50 % ga etadi.
6-jadval
Ob’ektlar va ularning tashqi belgilari
|
Ular ko‘rina boshlaydigan uzoqlik, m
|
Uncha katta bo‘lmagan yakka uy
|
5000
|
Tomdagi mo‘ri
|
3000
|
Erdagi samolyot, o‘z joyida turgan tank
|
1200
|
Daraxtlar tanasi, kam kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining ustunlari
|
1000
|
YUgurayotgan yoki yurayotgan odamning qo‘l va oyoqlari harakati
|
700
|
Minomyot, tankka qarshi zambarak, tikanli to‘siqlar simlari, derazalardagi panjaralar simlari
|
500
|
Qo‘l pulemyoti, avtomat, kishi egnidagi kiyim qismlari va rangi
|
250–300
|
Tomga yopiladigan cherepitsalar, daraxtlarning barglari
|
200
|
Odam yuzining qismlari va qo‘l panjasi
|
100
|
Do'stlaringiz bilan baham: |