Tankchi batloni xujumga tayyorgarlikda va xujumga o‘tish marrasiga xarakatlanishda texnik ta’minotini tashkillashtirish sxemasi (variant).
BYUKO harakatlanish mobaynida hujum qilishga tayyorgarlik chog‘ida barcha batalonlarda tuziladi, dushman bilan bevosita to‘qnash kelgan holatdan hujumga o‘tishni tayyorlashda esa – faqat ikkinchi eshelondagi bo‘linmalarda tuziladi. YUKO tankchi (motoo‘qchi) batalonlar atakaga o‘tish marrasiga (rubejiga) chiqayotganda, xuddi marshdagidek o‘z kuch va vositalari hisobidan tashkil etiladi. Birinchi eshelondagi batalonlarning YUKO lari tarkibiga, ular batalonlar atakaga o‘tish marrasiga (rubejiga) chiqayotganda vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi, jang boshlanishi bilan esa TEG yoki Ta’mirG tarkibida harakatlanishi uchun qismlarning ta’mirlash bo‘linmalarining kuch va vositalari qo‘shib berilishi mumkin.
TKP lari mustaqil yo‘nalishlarda harakatlanuvchi barcha batalon va vzvodlarda tuziladi. Ularni tuzish uchun batalon (qism) komandirining qaroriga binoan zarur harakat vositalari, hamda muhandislik, aloqa va kimyoviy himoya bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi va vositalari ajratiladi. TKPning ishiga batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari boshchilik qiladi. SHu bilan birga TKP da birinchi eshelon vzvodlarining texniklari, TXS dan yoki qo‘shib berilgan ta’mirlash vositalaridan 1-2 ta ta’mirlovchi, sapyor, kimyo-doza o‘lchovchi (razvedkachi), aloqachi bo‘lishi mumkin.
TKP tarkibiga sanitarlar kiritilishi mumkin. Batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining qarori bilan ajratilgan BTR yoki boshqa aloqa vositalari bilan jihozlangan zirhli mashina TKP ning harakat vositasi bo‘ladi.
TEG (Ta’mirG) lar birinchi eshelonda qismlarning asosiy zarbasi yo‘nalishida, avangardda (etakchi va aylanib o‘tuvchi otryadlar), hamda mustaqil yo‘nalishlarda harakatlanishga mo‘ljallangan bo‘linmalarda tuziladi. TEG (Ta’mirG)lar tarkibiga batalonlarning texnik ta’minot kuch va vositalari kiradi, lekin zarur hollarda qismlarning ta’mirlash bo‘linmalaridan ta’mirlash vositalari ajratilishi mumkin. TEGlarga shataklar kiritiladi, umuman olganda TEG tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: TXS, ehtiyot qismlar va materiallar ortilgan avtomobil, platformasida o‘lchami katta ehtiyot qismlar joylashtirilgan tank shatagi.
Batalon TEGining (Ta’mirGning) ishini ta’minlash uchun zirhlitank mulki zahiralari hujumni tayyorlash davrida yaratiladi. Uzel (tugun) va detallar zahirasining ro‘yxati (nomenklaturasini) va sonini belgilashda komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari jang davomida batalon TEGini (Ta’mirGni) bir joyda ishlashining ehtimoliy muddatlaridan kelib chiqishi kerak.
Hujum davomida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish, oddiy nosozliklarni va murakkab bo‘lmagan shikastlanishlarni bartaraf etish uchun batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmadagi har bir mashinaning zahira asbob-uskunalarini(EAU) to‘ldirishni tashkil etadi.
Texnik ta’minot kuch va vositalarini tayyorlashda harakatlanuvchi ustaxonalar, MTP, shataklar va boshqa texnikani jihozlar, moslamalar, asboblar va texnologik uskunalar bilan to‘ldirish, hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ko‘zda tutiladi. Harakatlanuvchi ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish vositalari, shataklar, ehtiyot qismlar va materiallar, radiatsion va kimyoviy razvedka, dezaktivatsiyalash va degazatsiyalash vositalari bilan butlanadilar. Ta’mirlash bo‘linmalari oziq-ovqat, o‘q-dorilar va qism va bo‘linmalardan ajralgan holda ishlash uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallar bilan ta’minlanadilar.
9.4.Bo‘linma komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining
Do'stlaringiz bilan baham: |