Тактиканинг фан сифатида вазифалари


hujumga tayyorgarlikdagi ishi



Download 15,2 Mb.
bet133/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

hujumga tayyorgarlikdagi ishi
Texnik ta’minotning barcha tadbirlarini muvaffaqiyatli bajarilishi, va oxir oqibatda butun hujumning muvaffaqiyati qo‘yilgan vazifalarning aniq va ravshanligiga bog‘liqdir. Bu esa, qabul qilgan qarori aniq vaziyatga muvofiq, mo‘ljallangan ketma-ketlikda va belgilangan muddatlarda bajarilishi mumkin bo‘lishi uchun, komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarini o‘z ishining tartibi va mazmunini juda puxta o‘ylashga majbur qiladi.

Batalon jangovar vazifa olgunicha batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari hujumga tayyorgarlik davri uchun farmoyishda:

- shaxsiy tarkibni tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni;

- qurol-aslaha va harbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish tartibi va hajmi, mashinalarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni yakunlash muddatlarini;

- bo‘linmalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda yordam berish uchun ajratiladigan vositalarni;

- batalon kuchlari bilan tiklanmaydigan mashinalarni topshirish vaqti va joylarini;

- batalonniing EAU, ZTMMni to‘ldirish va o‘q-dori zahiralarini yaratish tartibi va muddatlarini ko‘rsatadi.

Bu farmoyish uchun zarur dastlabki ma’lumotlarga: batalon komandirining texnik ta’minot bo‘yicha ko‘rsatmalari, harbiy qism komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining farmoyishi, shaxsiy tarkibning tayyorgarlik darajasi va batalon qurol-aslaha va harbiy texnikasining texnik holati, batalon hujumga tayyorgarlik ko‘rishi uchun vaqt va sharoitning mavjudligi kiradi. Farmoyish aniq ravshan ifodalanishi zarur, uni bo‘linma komandirlarining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlariga (texniklar, moddiy ta’minot guruhi komandiriga, TXS va ES komandirlariga) bevosita bo‘linmalarning o‘zida berish maqsadga muvofiq.

Jangovar vazifani va harbiy qismning texnik ta’minoti bo‘yicha farmoyishni (buyruqni) olganidan keyin batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari o‘z ishchi haritasiga taktik, texnik va ichkaridagi vaziyatni tushiradi, so‘ngra vazifani aniqlashtiradi va vaqt taqsimoti o‘tkazadi.

Shunday vaziyat vujudga kelishi mumkinki, batalon jangovar vazifani olgan vaqtgacha texnik ta’minot bo‘yicha ba’zi tadbirlar tugallanmagan bo‘lishi mumkin. Bu holda batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari shaxsiy tarkibni, qurol-aslaha va harbiy texnikani hujumga tayyorlash bo‘yicha barcha ishlarni yakunlash tartibi va muddatlari to‘g‘risida aniq ko‘rsatmalar berishi kerak.

Texnik ta’minotni boshqarish bo‘yicha o‘z ishini komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari shunday tashkil etishi kerakki, toki vzvodlarning texniklarini bo‘linmalarni hujumga tayyorlash bo‘yicha ishlarga amaliy boshchilikdan ajratishlar iloji boricha kamaysin. Ushbu maqsadda farmoyishlar aniq ravshan ifodalanishi zarur, uni har bir bo‘linmaning texnigiga bevosita bo‘linmaning o‘zida berish maqsadga muvofiq. Farmoyishlar moddiy ta’minot guruhi (MTG) komandiriga va batalonning texnik ta’minoti seksiyasi (TTS) komandiriga ham shunday tartibda beriladi.

Texnik ta’minot bo‘yicha vaziyatni baholash va qaror qabul qilishda komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari unga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarning to‘liqligi va xolisligiga tayanadi.

Vaziyatni baholash davomida batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari shtab boshlig‘i bilan texnik ta’minot aloqasini tashkil etish bo‘yicha savollarni kelishib olishi, atakaga o‘tish marrasiga chiqishda batalonning kolonnasida YUKTning o‘rnini, TEG va TKPning atakadan oldin joylashgan o‘rnini va boshqa savollarni aniqlashi kerak.

Batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari komandirga batalonning qurol-aslaha va harbiy texnika bilan butlanganligi va ularning texnik holati haqida texnik ta’minot bo‘linmalarining qurol-aslaha va harbiy texnikani tiklash bo‘yicha imkoniyatlari, ularni ehtiyot qismlar va asboblar bilan ta’minlanganligi haqida bildiruv berishga doimo tayyor bo‘lishi va bo‘lajak hujum davomida batalonning texnik ta’minotini tashkil etish bo‘yicha o‘z qarorini tasdiqlash uchun taqdim etishi kerak.

Komandirga bildiruv berilgach, u tomonidan tasdiqlangan qaror buyruq maqomiga ega bo‘ladi va barcha mansabdor shaxslar tomonidan so‘zsiz bajarilishi lozimdir. Vaziyatni o‘zgarishi davomida texnik ta’minotning alohida savollarini aniqlashtirish talab etilishi mumkin. Bu savollarni komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari batalon komandiri o‘tkazadigan rekognossirovka vaqtida aniqlashtiradi.

Batalon komandiri (yoki uning o‘zi) o‘tkazadigan rekognossirovka davomida TEGning (Ta’mirG) va TKPning joylashgan o‘rni, jang davomida ularning harakatlanish yo‘nalishlari aniqlashtiriladi, o‘tish qiyin uchastkalar, mina maydonlaridagi va tankka qarshi to‘siqlardagi yo‘laklar va x.k o‘rganiladi.

Qarorini aniqlashtirib bo‘lgach batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari hujumda texnik ta’minotni tashkil etish bo‘yicha og‘zaki farmoyish beradi. Texnik ta’minot bo‘yicha tadbirlarni barcha bo‘linmalarning komandirlari bilishi juda ham muhim. Ularning ish haritalariga batalon va harbiy qismning TKP, TEGlarining (Ta’mirG) joylashgan o‘rni, evakuatsiya yo‘llari, harbiy qismning SHMYPning joylashgan o‘rni va x.k tushirilgan bo‘lishi kerak.

Texnik ta’minot bo‘yicha farmoyishni berib bo‘lgach batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari batalonning bo‘linmalarida hujumga tayyorgarlik bo‘yicha barcha ishlarni bajarilishini shaxsan nazorat qiladi. Belgilangan muddatda batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari batalon komandiri va harbiy qism komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosariga hujumga tayyorgarlikda texnik ta’minot bo‘yicha mo‘ljallangan tadbirlarni bajarilganligi va shaxsiy tarkibni, qurol-aslaha va harbiy texnikani, shtatli va qo‘shib berilgan texnik ta’minot kuch va vositalarini jangovar vazifani bajarishga tayyorligi to‘g‘risida bildiruv beradi.


Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish