Batalon komandiri o‘zining mudofaaga qarorida texnik ta’minot masalalari bo‘yicha quyidagilarni ko‘rsatadi:
- bo‘linmalarning qurol-aslaha va harbiy texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish vaqti, joyi, hajmi va navbati, buning uchun jalb etiladigan kuch va vositalar;
- shikastlangan qurol-aslaha va harbiy texnikani mudofaa jangi va unga tayyorgarlik davomida evakuatsiya qilish va ta’mirlash tartibi;
- o‘q-dorilar va boshqa moddiy vositalar zahiralarining belgilangan miqdori va yaratish muddatlari, ularni sarflash me’yorlari va keltirish tartibi;
- texnik ta’minot bo‘linmalarining yoyilish joylari va ular bilan aloqa qilish tartibi;
- texnik ta’minot va harbiy qism ichkarisi bo‘linmalarining joylashgan rayonlari, SHMYP tashkil etish joylari, keltirish va evakuatsiya qilish yo‘llari.
Agar batalon mudofaaga dushman bilan yaqinlashuv (to‘qnashuv) yo‘q hollarda o‘tadigan bo‘lsa, batalon komandiri qaror qabul qilib bo‘lganidan so‘ng, uni o‘z o‘rinbosarlariga va bo‘linma komandirlariga etkazadi, rekognossirovka o‘tkazish davomida o‘z qarorini joyda aniqlashtiradi, jangovar bo‘yruq beradi, o‘t ochish tizimini, o‘zaro hamkorlikni, jangning har tomonlama ta’minotini, boshqaruvni tashkillashtiradi. So‘ngra u batalonni ko‘rsatilgan rayonga chiqaradi va uni muhandislik jihatdan jihozlaydi.
Texnik ta’minot tadbirlarini bajarish bo‘linmalarni ko‘rsatilgan rayonga chiqishi va o‘z vaqtida mudofaani egallashiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini mudofaani egallashdan oldin bir varakayiga o‘tkazish uchun vaqt etishmagan hollarda, ular mudofaa jangi davomida ketma-ket tarzda bo‘laklash usuli bilan bir necha qismga bo‘lingan holda o‘tkaziladi.
Mudofaaga dushman bilan bevosita yaqinlashuv (to‘qnashuv) holatida o‘tishda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatilgan (qulay) marrada o‘rnashib, o‘t ochish pozitsiyalarini tayyorlab, mudofaa rayonini (tayanch punktini) muhandislik jihatdan jihozlab bo‘lgach, qorong‘i tushishi bilan (agar dushman jangovar harakatlarni olib bormayotgan bo‘lsa texnik xizmat ko‘rsatishni vaqtliroq boshlash mumkin) o‘tkaziladi.
Birinchi navbatda jangovar mashinalar o‘q-dorilar va yonilg‘i bilan to‘ldiriladi; qurol-aslahani, nishonga olish va kuzatish asboblarini sozligi va qo‘llashga tayyorligi, qurol-aslaha va harbiy texnikani ehtiyot qismlar, asboblar, va boshqa tabelli vositalar bilan butlanganligi tekshiriladi va ularni to‘ldirish tashkillashtiriladi; shundan so‘ng rostlash ishlari bajariladi, agregat va butlovchi qismlarni qotirilishi tekshiriladi, mayda nosozliklar bartaraf etiladi va h.k.
Ekipajlarga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazish va mashinalarning nosozliklarini bartaraf etishda yordam berish uchun batalonning va harbiy qismning texnik xizmat ko‘rsatish kuch va vositalari harakatlanuvchi ta’mirlash ustaxonalari bilan birga ajratiladi.
Har qanday sharoitda ham qurol-aslaha va harbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish, bo‘linmalarni dushmanning qo‘qqisdan qilgan hujumini qaytarishga shay turishini ta’minlovchi chora-tadbirlarga rioya qilgan holda o‘tkazilishi kerak.
Qurol-aslaha va texnikaga xizmat ko‘rsatish ishlari shunday o‘tkaziladiki, mashinalarni jangovarlik qobiliyatini tiklash bilan bog‘liq ishlar birinchi navbatda bajariladi.
Qurol-aslaha va texnikaning jangovar shayligini pasaytiruvchi barcha texnik xizmat ko‘rsatish ishlari (harakatlanishdan oldin o‘tkaziladigan NK davomiyligidan ko‘ra ko‘proq vaqt talab etadigan operatsiyalar), zarur hollarda jangovar mashinalarning uchdan ikki qismi dushmanni qaytarish bo‘yicha vazifani bajara olishi uchun, vzvod-vzvod bo‘lib (guruh-guruh) o‘tkaziladi.
Bo‘linmalarning texniklari bo‘linma mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatishga, ekipajlarga yordamga ajratilgan batalonning (harbiy qismning) harakatlanuvchi xizmat ko‘rsatish vositalarining ishiga umumiy rahbarlik qiladilar, ekipajlarga texnik maslahatlar berish, murakkab rostlash va sozlash ishlarini bajarishda shaxsan qatnashib yordam ko‘rsatadilar. Belgilangan vaqtda bo‘linma komandiriga va batalon komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosariga mashinalarning holati va bajarilgan ishlar haqida bildiruv beradi.
10.1.Bo‘linma komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining
Do'stlaringiz bilan baham: |