Ta’kidlash joizki, har bir ho’jalik ishlab chiqarish yo’nalishidagi ho’jalik ham tajriba ho’jaligi ham, tuproq va agrokimyoviy haritanomalarga EGA


Sabzavot ekinlarining tashqi muhit sharoitlariga talabi va ularni boshqarish usullari



Download 32,62 Kb.
bet6/9
Sana28.04.2022
Hajmi32,62 Kb.
#586408
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9 ta mavzu aralash

Sabzavot ekinlarining tashqi muhit sharoitlariga talabi va ularni boshqarish usullari.
Sabzavotlar – bu sersuv, etli va mazali (mevalari, ildizmevalari, karamboshi, piyozboshi, tuganaklari, poyalari, barglari, kurtaklari, ildizlari va sh.k.) inson iste’mol qiladigan o‘tsimon o‘simliklardir. Bularni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi o‘simlikshunoslikning bir tarmog‘i sabzavotchilik deyiladi, shuningdek, u o‘simliklarning biologiyasi va mahsulot yetishtirish texnologiyasini o‘rganuvchi ilmiy fandir. Bu tarmoqning ochiq dala sabzavotchiligi, himoyalangan yer sabzavotchiligi, polizchilik, urug‘chilik kabi yo‘nalishlari mavjud. Sabzavotchilikni o‘rganish natijasida o‘quvchilar asosiy sabzavot ekinlarining biologik xususiyatlari va navlarini o‘zlashtirib, ularni ochiq va himoyalangan yerlarda yetishtirishning zamonaviy texnologiyasini hamda himoyalovchi inshootlar turlari, tuzilishi, vazifasi, mahsulotlar sifatiga talablar, xaridorgirlik xususiyatlar berish sabzavotlarni tashish va vaqtincha saqlash texnologiyalarini egallashlari lozim. Sabzavotchilikning vazifalari, maqsadi, kelib chiqishi va xususiyatlari. Sabzavot ekinlari mamlakatimizning hamma joyida o‘stiriladi va haydaladigan jami maydonning yaqin 1% ni egallaydi. Biroq gektaridan olinadigan umumiy mahsulot miqdoriga ko‘ra sabzavotlar o‘simlikshunoslikda birinchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligining bir tarmog‘i sifatida sabzavotchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: aholi va qayta ishlash sanoatlarining sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talablarini to‘la qondirish, sabzavot turlarini kengaytirish aholini yil bo‘yi davomida sabzavot mahsulotlariga talabini bir me’yorda ta’minlash va mahsulotlar sifatini yaxshilash. Aholini sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish uchun ularni yetishtirishni keskin ko‘paytirish lozim. Bunga esa qo‘l mehnatini kamaytirgan holda mahsulot tannarhini pasaytirib, hosildorlikni oshirish hisobiga erishish mumkin. Buning uchun sabzavotchilikni yiriklashtirish va ixtisoslashtirish, uning texnikaviy manba’ini mustahkamalash, mexanizatsiyani ishlab chiqarishga joriy yetish, ekinlarni parvarishlashning jadallashgan texnologiyasini qo‘llash, parvarishda, yig‘imterimda, transportlarga ortish, tashish, saqlash va sotishla mahsulotni nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi yozning oxirgi va kuzda etiladi. Lekin aholini sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlanishdagi bunday mavsumiylikni yo‘qotish uchun himoyalangan er sabzavotchilik maydonlarini oshirish, shimoliy viloyatlarda va mintaqalarni ta’minlash uchun janubda sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish, ochiq yerda sabzavot yetishtirish mavsumini uzaytirish, mahsulotlarni yaxshi holatda va uzoq saqlanishini tashkil yetish kerak bo‘ladi. Yetishtirilayotgan sabzavotlar xilini va ularni kam tarqalgan turlarini ko‘paytirish lozim. Sabzavot mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun oliy navlarni maqbul texnologiya bo‘yicha tashkil qilish, shuningdek, ularni o‘z vaqtida tashib keltirish hamda yaxshi saqlash hisobiga erishiladi. Sabzavotchilik oldida turgan vazifalar uning o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarni belgilaydi: 96 1. Sabzavotlarni oddiy dala sharoiti-ochiq yyerda hamda su’niy mikroiqlim sharoitidagi yopiq yyerda yetishtiriladi. 2. Boshqa tarmoqlarda kam qo‘llanadigan agrotexnik usullardan (ko‘chat o‘stirish, qantarish, saqlash, chala o‘sgan, etilmagan mahsulotlarni to‘la yetiltirish) foydalaniladi. 3. Xilma-xil sabzavotlar va turlicha navlardan mahsulot yetishtirish va yig‘ibterishda ularning biologik va xo‘jalik xususiyatlariga mos texnologiyalar qo‘llanadi. 4. Mahsulotlar nobudgarchiligiga qarshi sabzavotchilikni yirik shaharlar, sanoat markazlari, konserva zavodlari atrofida tashkil qilish. 5. Mavsumda birinchi, ikkinchi, zichlovchi va oraliq ekinlar hisobiga yerdan samarali foydalanishga erishish. 6. Jadallashgan tarmoq bo‘lgani uchun o‘g‘itlar, sug‘orishlar, kimyoviy preparatlar, mahsus inshootlarga kerakli issiqlik manbalaridan va shu kabilardan keng foydalanish. O‘zining xususiyatlariga va vazifalariga ega bo‘lgan sabzavotchilik, qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, ayniqsa, o‘simlikshunoslik va chorvachilik birbiri bilan mustahkam bog‘langan. Ana shu bog‘liqlik asosida bu ikki tarmoq bir-birini rivojlantirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadilar. Sabzavotlarning biokimyoviy tarkibi va oziq-ovqatlik qiymati. Sabzavotlar o‘zining xushxo‘rligi, to‘yimliligi hamda shifobaxshligi bilan asosiy oziq-ovqat turlaridan biri hisoblanadi. Sabzavotlarning to‘yimliligi ular tarkibidagi uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va boshqa moddalarning ozko‘pligi bilan aniqlanadi. Sabzavotlar tarkibi asosan suvdan (65-96%) iborat bo‘lib, quruq moddalar bodring, pomidor va tarvuzda – 4-7%, ildizmevalada – 11-17%, faqat ko‘k no‘xatda – 20%, sarimsoq piyozda – 35% gacha bo‘ladi. Shuning uchun sabzavotlarning to‘yimlilik qiymati katta emas: bir kilogramm eng ko‘p iste’mol qilinadigan sabzavotlar 150-400 kkal yoki 600-1700 kJ quvvatga ega. Sabzavotlar oziq-ovqat sifatida organizmning energiyaga talablarini qondira olmaydi (insonning kundalik talabi 8-17 ming kJ yoki 2-4 ming kkal). Biroq ular qo‘shimcha karbon suvlari, oqsillar va moylar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shunga qaramasdan kishilarning hayotida sabzavotlarning ahamiyati juda kattadir. Ularning tarkibida ko‘plab miqdorda biologik aktiv moddalar: vitaminlar (darmondorilar), mineral tuzlar, fermentlar, organik kislotalar, efir moylar hamda xushbuy moddalar mavjud. Inson hayotida vitaminlarning roli katta, ular fiziologik zarur moddalar hisoblanadi. Uning nomi lotincha “vita” – bo‘lib, hayot degan ma’noni bildiradi. Kishining o‘rtacha faoliyati uchun 20 ga yaqin turli vitaminlar zarur hisoblanadi. Ular orasida ayniqsa, B1 (tiamin), B2 (riboflavin), C (askorbin kislota), A (retinol), shuningdek, E (tokoferol) vitaminlari eng zarurlaridir. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida tarkibida vitaminlari ko‘pligi bo‘yicha sabzavotlar birinchi o‘rinni egallaydi va ularning asosiy manbai hisoblanadi.


Download 32,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish