Taʼkidlanganidek, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalariga oid milliy qonunchilik takomillashtirildi. Xususan, 2019-yilning oʻzida mazkur yoʻnalishlardagi faoliyatni tartibga solish maqsadida 15 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Bundan tashqari, XMT va Xalqaro migratsiya tashkilotining 6 ta Konvensiya hamda protokollari ratifikatsiya qilindi. Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Shu bilan birga, xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni yangi tahrirda ishlab chiqildi.
Yana bir jihat, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida profilaktik va tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida 2019-yilda odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar 22 foizga kamaygan. Majburiy mehnatga yoʻl quygan 259 nafar hamda ish haqlarini oʻz vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxsga qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan.
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish, ularni reabilitatsiya qilish hamda xorijda fuqarolarimiz manfaatini himoya qilish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, 2019-yilda 220 nafar odam savdosi jabrdiydalariga Respublika reabilitatsiya markazida tibbiy, psixologik va huquqiy yordam koʻrsatilib, ularning 113 nafari ishga joylashtirilgan. 3 ming 938 nafar fuqaro chet elda ish bilan taʼminlanib, ish haqini vaqtida ololmagan mehnat migrantlarining 530 ming AQSH dollariga yaqin ish haqlari undirib berilgan.
Bundan tashqari, XMT bilan hamkorlikda 2019-yilda paxta yigʻim-terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish yuzasidan uchinchi tomon monitoringi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan milliy monitoring oʻtkazildi. Uning natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda paxtachilikda tizimli ravishda bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga barham berilgan.
Majlisda bu borada amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda hal etilishi lozim boʻlgan ayrim muammolar ham mavjudligiga urgʻu berildi. Xususan, bugungi kunda ayrim mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralar hamda ularning quyi tuzilmalari rahbarlari tomonidan xodimlarni oʻz funksional vazifalariga kirmaydigan mehnat turlariga majburiy jalb qilish holatlari uchramoqda.
Tadbirda quyi boʻgʻinda ishlar samaradorligi sustligi, birgina oʻylanmagan harakat oqibatida odamlarga zarar yetayotgani, bu esa davlat imijiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgani taʼkidlandi.
2019-yilda odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar 2018-yilga nisbatan kamaygan boʻlsa-da, bu yoʻnalishda sodir etilgan umumiy jinoyatlar orasida chaqaloq savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar yuqoriligicha qolayotgani ham muhokama markazida boʻldi. Xususan, 2018-yilda sodir etilgan odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarning 38 foizini chaqaloq savdosi tashkil etgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich 43 foizga yetgan.
Shu bilan birga, odam savdosi bilan bogʻliq murojaatlar hal etilishining qonuniyligi hamda ushbu turdagi jinoyatlarning aniqlanishi va sudlarda koʻrilishi, jazo muqarrarligi tamoyili taʼminlanishi mexanizmi samarali yoʻlga qoʻyilmagani toʻgʻrisida soʻz yuritildi. 2019-yilda odam savdosi jinoyati bilan bogʻliq kelib tushgan 710 ta murojaatdan bor yoʻgʻi 94 tasi, yaʼni 13 foizi boʻyicha jinoyat ishi ochilgan.
Bundan tashqari, majlisda ushbu Yoʻl xaritasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Jumladan, “Migratsiya toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish, “Nodavlat notijorat tashkilotlar toʻgʻrisida”gi kodeksi loyihasini xalqaro ekspertlar, fuqarolik jamiyati vakillarini jalb qilgan holda yana-da takomillashtirish, Xalqaro mehnat tashkilotining 17, 183, 187-son Konvensiyalarini ratifikatsiya qilish masalasini koʻrib chiqish rejalashtirilgan va mazkur yoʻna
So‘nggi uch yil mobaynida O‘zbekistonda chaqaloq savdosi bo‘yicha 185 holat aniqlandi. Ushbu jinoyatlarning asosiy sabablari onalarning ijtimoiy-moddiy jihatdan himoyasizligi va nikohsiz bolalar tug‘ilishini yashirish istagi ekanligi ma’lum qilindi.

Foto: «Gazeta.uz»
IIV Tergov departamenti mas’ul xodimi Nargiza Hojiboyeva ma’lumotiga ko‘ra, chaqaloq savdosiga quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda:
bolaning onasi ijtimoiy himoyalanmagani va moddiy ehtiyojlari ta’minlanmaganligi;
turmushga chiqmagan ayollar homilador ekani hamda chaqaloqni oilasidan yashirishga urinishi;
farzand ko‘rmagan oilalar tomonidan chaqaloq asrab olishga ehtiyoj mavjudligi;
chaqaloq savdosining oldini olishga qaratilgan mukammal huquqiy asosning yo‘qligi.
Nargiza Hojiboyeva 3 yil mobaynida chaqaloq savdosi bilan bog‘liq 185 ta holat aniqlanganligini ham aytdi.
Umuman olganda, 2012 yildan 2020 yilgacha odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar soni olti baravar kamaydi, ammo shu bilan birga, chaqaloqlar va bolalar savdosi ulushi o‘sishda davom etmoqda.
O‘zbekistonda odam savdosi jinoyatlari soni oxirgi besh yilda 6 barobarga kamaygan. Ammo ushbu turdagi jinoyatlar ichida chaqaloq va bolalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar salmog‘i har yili surunkali ravishda ortib boryapti. Bu haqda 4-dekabr kuni o‘tkazilgan Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida so‘z yuritildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning aytishicha, oxirgi uch yilda chaqaloq savdosidan jami 114 nafar bola jabrlangan. Ularning asosiy qismi, ya’ni 89 foizi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi.

“Ma’lumki, bugungi kunda odam savdosi jinoyatlari oqibatida dunyoning barcha hududlarida ko‘plab insonlar jabr chekmoqda va bu jamiyatning ijtimoiy barqarorligiga jiddiy xavf tug‘diryapti. Achinarlisi, yer yuzida odam savdosi qurboni bo‘layotgan shaxslarning 30 foizini bolalar tashkil etmoqda. Bu kabi holatlar, afsuski, respublikamizda ham mavjud.
Mamlakatimizda 2018-yilda odam savdosi jinoyatlari ichida chaqaloq savdosining ulushi 38 foizni, 2019-yilda esa 44 foizni tashkil qilgan. 2017–2020-yillardagi holatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘z chaqalog‘ini sotgan ayollarning 31 foizi og‘ir ijtimoiy ahvolda ekanligi sababli, 17 foizi homilani yashirish, 52 foizi esa moddiy manfaat topish maqsadida ushbu jinoyatlarni sodir etgan. Chaqaloq sotib oluvchi shaxslar bilan suhbat o‘tkazilganda ular bu ishga farzandi bo‘lmagani, oilasini saqlab qolish chorasi sifatida qo‘l urgani, bola o‘z aqlini tanib olmasdan, kichikligida asrab olishim kerak va o‘z bolam sifatida katta qilishimga bu yaxshi bo‘ladi, degan vajni keltirishyapti”, — dedi Norboyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |