TAJRIBA QURILMASI. Tajriba qurilmasi 3-rasmda tasvirlangan. Qurilmani ulash quyidagi ketma-ketlikda bajarilishi mumkin:
-P diodni universal shtativga kiritish uchun shisha shtiftlarni yaxshilab joyiga yoʻnaltiring va keyin barcha shtift kontaktlari ularning rozetkalariga oʻrnatguncha ehtiyotlik bilan bosing.
-Tok manbaini taqsimlash shiti orqali tarmoqqa ulang.
Qizdirish kuchlanishi chiqishining(a) manfiy qutbini va tok manbaidagi 500 V chiqish (b)ni xavfsiz ulash kabellari bilan ulang va bundan tashqari ularni taqsimlash shitining “yer” razetkasiga ulang.
-Qizdirish kuchlanishi chiqishning manfiy qutbini universal shtativning F4 razetkasiga va musbat qutbini F3 rozetkasiga ulash uchun xavfsiz ulash kabellaridan foydalaning.
-IA anod tokini oʻlchash uchun anod ulash kabelini ampermetrning minus klemmasiga ulang va ampermetrning plyus klemmasini 500 V chiqishning musbat qutbiga ulang.
-UA anod kuchlanishini oʻlchash uchun voltmetrni 500 V chiqishga ulang.
-Mos keluvchi oʻlchash diapazonini tanlang (maslan, ampermetrda mA va voltmetrda 500 V).
-Tok manbaini va ampermetrni kuting. Diodning qizdirish simi birdaniga qizil boʻlib yonish kerak.
-Agar zarurat tugʻilsa diodni tekshirib koʻrish uchun oling va universal shtativ P diod oʻrtasidagi kontaktlar yaxshi ulanganligini tekshirib koʻring.
TAJRIBALARNI OʻTKAZISH Eslatma: Vakuumli diodga qizdirish kuchlanishi ulanganda yoki kuchlanishning qiymati oʻzgarganda qizdirgich yangi temperaturaga bir necha sekund ichida erishadi. Shuning uchun qizdirgich ulangandan tajribalarni boshlash mumkin.
-Aylanma potensiometr yordamida 5.0 V qizdirish kuchlanishini oʻrnating.
-UA anod kuchlanishini aylanma potensiometr (b) yordamida 0 V dan boshlab orttira borib bir qancha kuchlanishlar uchun anod toki IA ni yozib oling (oʻlchash misollariga qarang).
-Kuchlanishning 5.5 V va 6.0 V qiymatlari uchun ham tajribalarni takrorlang.
HISOBLASHLAR VA NATIJALAR 4 -rasmda qizdirish kuchlanishining uch har xil qiymati U1 , U2 va U3 lar uchun anod toki IAning anod kuchlanishi UA dan bogʻliqligi keltirilgan. Hajmiy zaryadlarning chegaralash sohasi va toʻyinish sohasi C aniq ajralib turibdi. Qizdirish kuchlanishining kattaroq boʻlishi toʻyinish tokining kattaroq boʻlishiga olib keladi. Bu esa toʻyinish tokining katoddan ajralib chiqayotgan elektronlar soniga togʻri proportsional boʻlish faktini tasdiqlaydi. Lengmyur-Chayld tenglamasini tekshirib koʻrish uchun anod toki (I A3/2) ning anod kuchlanishi (UA)ga bogʻliqligi 5-rasmda chizilgan. (1) tenglamaga asosan chiziqli boʻlishi kutilayotgan bogʻlanish grafikdan aniq koʻrinadi va bu qonunning toʻgʻriligini tasdiqlaydi.