SUVNI NATRIY KATIONLASH BILAN YUMSHATISH.
Suvni Nаtriy kationlash, suv tarkibidagi kationitlar-
ning Na kationit filtrlardagi Na - kationi bilan almashinish xolatiga aytiladi.
Na - kationitli filtrlar ikki pog’onali bo’lib, birinchi pog’onali filtrlarda filtrlovchi material sifatida kuchsiz kislotali (sulfougol, KU-1), ikkinchi pog’onali filtrlarda esa, kuchli kislotali filtrlovchi materiallar (KU-2, KU-8) ishlatiladi.
Na - kationitlarda kation almashish jarayonini quyidagicha yozish mumkin
2RINa + Ca2+ = R2ICa + 2Na+
2RINa + Mg2+ = R2IMg + 2Na+
yoki molekulyar ko’rinishda
2RINa + CaCl2 = R2ICa + 2NaCl
2RINa + MgCl2 = R2IMg + 2NaCl
2RINa + Ca(HCO3)2 = R2ICa + 2NaHCO3
2RINa + Mg(HCO3)2 = R2IMg + 2NaHCO3
Suvni Na -kationlash natijasida suvning umumiy qattiqligi litrda 10 mkg-ekv.gacha kamayadi. umumiy ishqorligi va tarkibidagi tuz miqdori esa biroz oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |