Tajriba ishi №7 Mavzu: Cho‘zilishga bo‘lgan chidamlilikni aniqlash. Kon jinslarining cho‘zuvchi kuchlarga ularni buzadigan darajadagi qarshiligi cho‘zilishga yoki uzilishga nisbatan chidamlilik chegarasi deyiladi.
Cho‘zilishdagi chidamlilik chegarasi σcho’ tog‘ jinslarining chidamlilik nazariyasiga kiruvchi asosiy xarakteristikalaridan biri σcho’ ni aniqlashning aksariyat usullari namunada chiziqli kuchlanganlik holatini hosil qilishga asoslangan. Ko‘pchilik tqdqiqotchilarning fikricha uzilishga nisbatan sinash materialning ichki tuzilishidagi turli defektlarga va uning turli jinsliligiga nisbatan juda seziluvchandir. Bunday sinovlar natijalariga namunalarning petrografik xususiyatlaridan tashqari ularning shakli katta ta’sir qiladi. Bunga eng ratsional shakl bu sakkiz burchakli trapetsiya yoki kesik konuslardir. Kesik konuslarning kuchlanishini konsentratsiyalanishini bartaraf qilish maqsadida xomutni ikki tomonidan tutadigan cho‘qqilari bo‘lishi lozim. Shunday bo‘lganda ham tutish joylarida kuchlanishning ancha miqdorda konsentratsiyalashuvi kuzatiladi va bular natijasida cho‘zilishga nisbatan qarshilikning qiymatlari kam bo‘lib ma’lumotlarning katta tarqoqligi yuzaga keladi. Namunalar ko‘p hollarda xomut tutgan joyidan buziladi. Bundan tashqari kon jinslaridan shunday namunalarni tayyorlash katta qiyinchiliklarni tug‘diradi.
Kon jinslarining σcho’ ni sinalayotgan namunalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzish orqali aniqlash bo‘yicha taklif qilingan usullardan eng qulayi diametral siqish usulidir. Bu usulning mohiyati silindrik shakldagi namunalarni ularga diametral qarama-qarshi tomondan qo‘yilib hosil qilinadigan kuchlar orqali bo‘lishdan iboratdir.Kon jinslarining σcho’ ni diametral siqish usuli bilan aniqlash diametri va balandligi 40 - 45 mm bo‘lgan silindrik shakldagi namunalarda amalga oshiriladi. Bitta kon jinsining 4 - 5 ta namunasi sinovga tayyorlanadi. Namunalar chetlariga ishlov berish aniqligiga qat’iy talablar qo‘yiladi. Shtangensirkul yordamida balandlik va diametr o‘lchanadi. Sinovni o‘tkazish tartibi xuddi σcho’ ni aniqlashda o‘tkaziladigan sinovlardagidek, faqat bunda namuna yonbosh yuzasi bilan press plitalari orasiga markaziy nuqtaga qo‘yiladi. Bo‘linish yuz berguncha 5 – 10 kg/sm2*s tezlikda yuk beriladi. Buzuvchi kuch – P qiymati pressning kuch o‘lchagichi orqali yozib boriladi, jinsning tuzilishi aniqlanadi, buzilish shakli chiziladi yoki suratga olinadi. Bu jarayon alohida har bir namuna uchun qaytariladi. Kon jinsining bir o‘qli cho‘zilishga nisbatan chidamliligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
σcho’= yoki σcho’= 0,604*105 kg/sm2 σcho’= 0,604*105 N/m2 (Paskal),
P – namunani buzuvchi kuch, kg; d – diametri bo‘yicha namuna bo‘linish tekisligining eni, sm; h - bo‘linish tekisligining balandligi yoki uzunligi(silindr balandligi), sm.
1-rasm.Cho‘zilishda tog‘ jinslarining chidamliligini diametral siqish usuli orqali aniqlash: 1-kon jinsi namunasi; 2-press plitalar.