Mis qarshilik termometrlarining sezgir elementi 0,1 mm diametrli, karkasga bir necha
qavat о’ralgan, izolasiya qilingan mis simdan tashkil topgan. Sim qavatlari о’zaro va karkas loki
bilan mahkamlanadi. Simning ikkala uchiga 1 — 1,5 mm diametrli mis quloqchalar kavsharlanadi.
Sezgir elementni himoya qobig‘iga, undan keyin tashqi himoya g‘ilofiga joylashtiriladi, uning
ishchi qismidagi tashqi diametri 10, 14 yoki 21 mm ga teng, umumiy uzunligi 2000 mm gacha.
Atmosfera bosimida haroratni о’lchash uchun mо’ljallangan termometrlar maxsus
perforasiyalangan tashqi himoya g‘ilofiga ega.
Mis termometrlar -50 dan + 180 °C haroratni о’lchash uchun ikki xil darajalash bilan
chiqariladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |