8– Tajriba ishi.
Mavxum qaynash qatlamining gidrodinamikasi.
Ishdan maqsad: Mavxum qaynash qatlamining gidrodinamikasini o‘rganish.
Nazariy qism.
Suyuqlik oqimi istalgan tezliklarda, faqat pastdan yuqoriga xarakat qilgandagina, donador qatlam orqali suyuqlik xarakati qonuniyatlari ushbu jarayon uchun taalluqlidir. Suyuqlik oqimining yuqori chegarasi qatlam qo‘zg‘almas xolati bilan belgilanadi.
3.37-rasmda qattiq zarrachalar qatlamining pastdan yuqoriga ko‘tariluvchi oqim tezligiga bog‘liqlik 3 xolati tasvirlangan.
Gaz taksimlash to‘ri orqali pastdan yuqoriga qarab kichik tezlik bilan gaz yoki suyuqlik oqimi yuborilsa, donador qatlam quzgalmas xolatida qoladi (3.37a-rasm). Bunda oqim tezligi o‘zgarishi bilan qatlam (solishtirma yuza, govakdilik va xokazo) ning xarakteristikalari o‘zgarmaydi. Qatlam orqali utayotgan gaz (yoki suyuqlik) oddiy, filtrlanib xarakatlanadi.
Lekin, gaz (yoki suyuqlik) oqimining tezligi asta - sekin oshirib borilsa, tezlikning ma’lum bir kritik qiymatida qatlamlagi zarrachalar og‘irligi bilan oqimning gidrodinamik bosim kuchi tenglashadi. Bunda qatlamning quzralmas xolati buziladi va uning govakliligi, balandligi ko‘payib boradi. SHu vaktda qatlam zarrachalari siljib boshlaydi va qatlam okuvchanlikka ega bo‘lib boshlaydi. Agar gaz oqimi tezligi yanada oshirilsa, qatlam kengayadi, zarrachalar xarakati faollashadi, lekin gidrodinamik muvozanat xali xam buzilmaydi. Bu xol qatlamning mavxum qaynash jarayoniga
utganligini kursatadi, ya’ni bugun qatlam xudsi qaynayotgandek bo‘lib kurinadi (3.376-rasm). Qatlamning bunday xolatida qattiq zarrachalar intensiv, tartibsiz, turli yunalishlarda xarakat kiladi.
Qattiq zarrachalar qatlami orqali (suyuqlik) harakati.
a – qo‘zg‘almas qatlam ; b- mavhum qaynash qatlami ;
v – qattiq zararchalarning oqim bilan chiqib ketishi.
Agar gaz oqimining tezligi yanada oshirilsa, qatlam g‘ovakliligi va balandligi keskin ko‘payib boradi. Gaz tezligi ma’lum bir kritik qiymatga etganda mavxum qaynash qatlami buziladi. Bunda gidrodinamik bosim kuchlari qatlam zarrachalari og‘irlik kuchidan oshib ketadi va qattiq zarrachalar gaz oqimi bilan birga uchib chiqa boshlaydi (3.37v-rasm). Gaz oqimi bilan qattiq zarrachalarning yoppasiga uchib chika boshlash xodisasi pnevmotransport deb nomlanadi va sanoatda sochiluvchan materiallarni uzatish uchun ishlatiladi.
3.38-rasmda donador qatlam balandligi va gidravlik qarshiligining oqim soxta (kurilma ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbatan xisoblangan tezlik) tezligidan bog‘liqdik grafiklari keltirilgan.
Qatlam qo‘zgalmasligi buzilib, mavxum qaynash xolatiga o‘tish paytidagi tezlik mavxum qaynashning boshlanish tezligi yoki birinchi kritik tezlik deb nomlanadi va wmk xarfi bilan belgilanadi.
Agar, gaz oqimi tezligini wmk gacha oshirib borilsa donador qatlam gidravlik karshiligi ortib boradi (3.38b-rasm). Lekin, w0 qiymati oshishi bilan qatlamning balandligi umuman o‘zgarmaydi (3.38a-rasm AVS chizik).Oqimning gidrodinamik bosim kuchi qattiq zarrachalar qatlami og‘irlik kuchiga teng bo‘lganda mavxum qaynash jarayoni boshlanadi. Lekin, amalda V nukgadagi tegishli bosimlar farki bevosita mavxum qaynash boshlanishiga (S nuqta) oid ∆R dan, ya’ni qatlamni mavxum qaynash xolatida ushlab turish uchun zarur gidrodinamik bosim kuchidan ko‘prok bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |