4-tajriba ishi
Trubalarning maxalliy qarshiliklarini aniqlash
Ishni bajarish tartibi
Ishni boshlashdan oldin Xavo bosh quvuridagi shu ishga tegishli bo‘lmagan ventillar, shuningdek 5,6 va 7 ventillarning ikkitasi yopib qo‘yiladi. Xavo bosh quvuridagi 2-zadvijka to‘liq ochib qo‘yiladi. qaysi quvurning qarshiligi aniqlanadigan bo‘lsa, uning ventilini ochiq qoldirish mumkin. SHundan keyin 1-ventilyator ishga tushiriladi. Dastlab tekis trubaning qarshiligini o‘lchagan ma’qul. Buning uchun 5-ventil ozroq ochiladi. Bunda xavoning 8-trubada tezligi 10 m/s atrofida bo‘lishi keraq Xavoning quvurlardagi tezligi sarf tenglamasidan topiladi. Buning uchun xajmiy sarf rotametr yordamida o‘lchanadi. quvurning gidravlik qarshiligi va uning ichidagi xavoning tezligi daftarga yoziladi. SHu quvurning o‘zida tajriba yana ikki, uch marta,ya’ni tezlik 15, 20 va 25 m/s atrofida bo‘lgan xol uchun takrorlanadi. Keyin qarshiligi o‘rganilgan 8-quvurning 5-ventili yopiladi va keyingi 9-quvurning 6-ventili ochiladi.Bu quvurning gidravlik qarshiligi xam xavoning yuqorida ko‘rsatilgan tezliklari uchun o‘lchanadi. SHu tartibda 10-o‘rama trubaning ham gidravlik qarshiligi aniqlanadi.
Har safar tekshirilayotgan quvurning ventili ochiq, qolgan quvurlarniki esa yopiq bo‘ladi.
Tajriba natijalarini ishlash va xisobot tuzish
Quvurlardan oqayotgan xavoning o‘rtacha tezligi q sarf tenglamasidan topiladi. Bu erda V- xajmiy sarf ; m3/s, S- oqimning ko‘ndalang kesim yuzi, m2.
Ishqalanish koeffitsienti tenglamadan, maxalliy qarshilik koeffitsientlari esa tenglamadan topiladi. englamadagi RM faqat maxalliy qarshilik uchun yo‘qotilgan bosim, o‘sha maxalliy qarshilik o‘rnatilgan quvurning umumiy RUM yo‘qotilgan bosimidan maxalliy qarshiligi bo‘lmagan quvurning R yo‘qotilgan bosimini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni RM RUM - R.
SHundan keyin o‘lchangan va hisoblangan kattaliklar hisobot jadvaliga yoziladi.
3.1- jadval
N
|
Kattaliklarning nomi
|
Belgisi
va birligi
|
Formulasi
|
Tajriba
|
1
|
2
|
3
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
1.
|
Havoning sarfi
|
V, m3/s
|
O‘lchanadi
|
|
|
|
2.
|
Havoning tezligi
|
, m/s
|
V/S
|
|
|
|
3.
|
Reynolds soni
|
Re
|
Re d /
|
|
|
|
4.
|
Mahalliy qarshiligi bo‘lmagan quvurda yo‘qotilgan bosim
|
h1,mm.suv.ust.
R,Pa
|
O‘lchanadi
R suvgh1
|
|
|
|
5.
|
Pachoqlangan quvurda yo‘qotilgan umumiy bosim
|
h2,mm.suv.ust. Rp.um, Pa
|
O‘lchanadi
Rp,um suvgh2
|
|
|
|
6.
|
O‘rama quvurda yo‘qotilgan umumiy bosim
|
h3,mm.suv.ust.
Ro‘r.um., Pa
|
O‘lchanadi
Ro‘rama um suvgh3
|
|
|
|
7.
|
Ishqalanish koeffitsienti
|
l
|
l 2d P/ 2
|
|
|
|
8.
|
Pachoqlanganquvurdagimahalliyqarshilikkoeffitsienti
|
p
|
p 2( Rp.um.- R)/ ( 2)
|
|
|
|
9.
|
O‘rama quvurdagi mahalliy qarshilik koeffitsienti
|
o‘rama
|
o‘.q 2( Ro‘r.- R)/ 2)
|
|
|
|
Tajriba natijalarini ishlaganda havoning zichligini 1,29kg/m3, qovushoqligini 0,017. 10-3 Pas.deb qabul qilish mumkin.
Quvurlarning ichki diametri d 21 mm, ishchi uzunligi (bosim namunalari olinadigan joylari orasidagi masofa) esa 2,28 m ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |