Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish


Ingliz-o‘zbek tillarida nutq rivojlanishi filo-, ontogenezi hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarning rivojlanishi bo‘yicha o‘xshash va farqli xususiyatlari



Download 0,66 Mb.
bet19/69
Sana26.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#582181
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
boshlangich sinflarda ingliz tili oqitish (1)

Ingliz-o‘zbek tillarida nutq rivojlanishi filo-, ontogenezi hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarning rivojlanishi bo‘yicha o‘xshash va farqli xususiyatlari


Qiyoslash mezoni

Ona tili

Ingliz tili

Nutq rivojlanish filogenezi

tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv kompetensiyalarining
egallanishi izchilligi

tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv kompetensiyalarining
egallanishi izchilligi

Fonetika, leksika,
orfografiya, grammatika

Fonetika, leksika, grammatika,
orfografiya

Nutq rivojlanish ontogenezi

Stimul-reaksiya hodisalari,
egosentrik nutq, kreativ nutqiy ijodkorlik

Nutq namunalari asosida
taqlid qilish, takrorlash mashqlarini bajarish

Leksik ko‘nikma



So‘z tasodifiy va deyarli ong ishtirokisiz o‘rganiladi

Leksik minimum metodik tayyorlanadi va maxsus
maqsadlarda taqdim etiladi

Grammatik ko‘nikma

ot + sifat, yoki ot + fe’ldan
iborat qisqa telegrafik xususiyatga ega

Muloqot modellari va nutq
namunalari asosida grammatik ko‘nikma shakllantiriladi

Uch yoshdan o‘tgan bolada faqat yaqin kishilar bilan emas, balki begonalar, tengqurlar bilan ham muloqot ko‘lami kengayib, tom ma’nodagi nutq faoliyati vujudga keladi. Bolada kattalarning nutqiga, xatti-harakatiga qiziqish kuchayadi, o‘ziga daxlsiz fikr va mulohazalarni tinglash mayli paydo bo‘ladi, shuningdek, uning o‘z atrof-muhitida, kattalar davrasida olgan ma’lumotlar va axborotlar bo‘yicha boshqalar bilan muloqotga kirishish istagi paydo bo‘ladi18.


Ingliz tili o‘rganishda tashqi motivatsiya muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham kichik maktab yoshi ushbu planda katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Chunki kichik maktab yoshidagi o‘quvchida o‘yin-motivatsiyasi kuchli bo‘ladi va undan foydalanish har qanday til birligini o‘rgatishda kommunikativ amaliy ahamiyatga ega.



18 Ғозиев Э. Умумий психология: Психология мутахассислиги учун дарслик. – Т.: Университет, 2006. 82-б.
Nutq rivojlanish filo-ontogenezi sohasidagi tadqiqotlarda eng ko‘p iqtibos keltirilayotgan hodisalardan biri J.Piaje tomonidan «egosentrik nutq» nomi bilan fanga kiritilgan atama bilan izohlanadi. Piajening ta’kidlashicha, 3-4 yoshli bola nutqida muloqot qilishga kuchli ehtiyoj sababli kommunikativ xususiyatlar paydo bo‘lib, ma’lum mashg‘ulot jarayonida (o‘yin yoki bo‘yash) o‘zi bilan o‘zi gaplashadigan, ya’ni adresant bo‘lmasa-da, ovoz chiqarib fikrlaydigan bo‘lib qoladi. Mazkur yoshdagi bola nutqining 40% egosentrik bo‘lib, u kichik maktab yoshiga qadar asta-sekin kamayib boradi19.
Mediatsiya nazariyasidan ma’lumki, bolaning bilimlarni o‘rganishida kattalarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Nazariya muallifi (Feurshteyn)ning fikricha, bolaning o‘rganishini uning hayotidagi muhim shaxslar, ya’ni mediatorlar tashkil etishadi. Bu shaxslar, ya’ni dastlab ota-onalar, keyinchalik tarbiyachi va o‘qituvchilar bola uchun eng maqbul stimullarni tanlaydilar va uyushtiradilar, stimullarni bolaning o‘rganishini ta’minlashga muvofiqlashtirib shakllantiradilar va taqdim etadilar. Shuningdek, ular bolaga taqdim etilgan stimullarga mos javob reaksiyalarini tanlashni o‘rgatadilar, qanday reaksiya to‘g‘ri va qaysi biri noto‘g‘ri ekanligini tushuntiradilar20.
Kattalar bolalarning fikr ifodalashdagi o‘zlariga xos kreativligi va nutqiy ijodkorligini doim rag‘batlantirib turishadi. Masalan, «Piyoda ketamiz» degan stimuliga «piya qachon keladi» deya javob reaksiyasini qaytargan bolaning nutqini ona o‘zgacha mehribonlik bilan tuzatishga harakat qiladi: Piya bu mashina emas, piyoda ketish o‘z oyoqlarimiz bilan yurishimiz kerakligini anglatadi.

Ushbu nazariyadan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, kattalarning bolalar bilan hamkorlikdagi muloqoti o‘ziga xos yangi munosabatlar o‘rnatishning eng muhim sharti hisoblanadi. Mediasiya jarayonida bolada nutq rivojlanishini ta’minlovchi muhim omillardan yana biri jonli nutq vaziyatlaridagi kattalar va bolalar o‘rtasidagi interaksiyada foydalaniladigan maxsus soddalashtirilgan tildir. Mutaxassislar bolalar va kattalar o‘rtasidagi interaksiyani tadqiq etib, onalar
19 Дружинина В.Н. Психология: Учебник для гуманитарных вузов. 2-е изд. – СПб.: Питер, 2009. – С.110-111. 20 Williams M., Burden R. L. Psychology for language Teachers. A social constructivist approach. – L.: Cambridge University Press, 2010. – P. 67
farzandlari bilan interaksiyada maxsus soddalashtirilgan tildan foydalanishlarini aniqlashgan.
Ushbu til gaplarning sodda tuzilganligi, so‘zning aniq talaffuz etilishi, gapdagi o‘zak tushunchani ifodalovchi so‘zlarga urg‘u berib va ayrim hollarda ularni takrorlab aytilishi, tabassum, jilmayish, miyig‘ida kulish, lab qisish va cho‘chchaytirish, til chiqarish, qosh uchirish va suzish, yelka qisish, boshni sarak- sarak qilish, ko‘rsatkich barmoqni lablar ustiga qo‘yish kabi daktilogik (barmoq nutqi) va boshqa turli psixologik holatlarni, ayniqsa, hissiy kechinmalarni aks ettiruvchi kommunikativ, interaktiv, perseptiv xususiyatlarga boyligi bilan farqlanadi.
Ona tilida nutq rivojlanishini ta’minlovchi yana bir omil bu bola nutqidagi xatolarga nisbatan sabrli bo‘linishidir. Go‘daklik davridagi babalash va g‘ug‘ulash bilan boshlangan nutq asta sekin ot + ot (dada kitob) yoki ot + fe’ldan (dada xuppa
= dada meni ko‘taring) iborat telegrafik xususiyat kasb eta boshlaydi. Ingliz tili o‘rganish jarayonida ham kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar nutqi dastlab ot + sifat, yoki ot + fe’ldan iborat qisqa telegrafik xususiyatga ega bo‘ladi. Masalan: This is daddy book (This is my daddy’s book.) This is a not your (This is not your book). I am jacket (I brought a jacket today). I am parade (I saw a parade in Disneyland).
Ingliz tilidagi nutqning telegrafik xususiyati ona tilidagi nutqning telegrafik xususiyatidan farqli bo‘lib, u ko‘proq yaxlitligicha xotirada saqlab qolingan nutq namunalaridan iborat verbal ifodaga o‘xshab ketadi. Ya’ni o‘quvchilar xotirada saqlangan nutq namunalariga (e.g. Ready? Really! Never mind. Welcome!) tayanishadi va ulardan tashqi qo‘zg‘atuvchi stimullarga nisbatan reaksiya sifatida foydalanishadi.
Ingliz tili o‘qitishning lingvistik asoslari psixolingvistik va sotsiolingvistik aspektlarni ham o‘z ichiga oladi. Birinchisini o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchiga til, nutq va nutqiy faoliyatni o‘qitishning mohiyatini, ikkinchisi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun ta’lim mazmunini aniqlashtirishning o‘ziga xos
xususiyatlarini anglab olishiga yordam beradi.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish