Taihokimlikmadaniyathududlarnoshirmuloqot aholisi tarixi maorif sport turizm



Download 15,46 Kb.
Sana08.06.2022
Hajmi15,46 Kb.
#645499
Bog'liq
iqtisotiyot-WPS Office


iqtisotiyot

TAIhokimlikmadaniyathududlarnoshirmuloqot

aholisi tarixi maorif sport turizm

ANDIJON viloyati

(umumiy ma`lumotlar)

Andijon viloyati Markaziy Osiyoda joylashgan O'zbekiston Respublikasining yirik agrar - sanoat regionidir. Iqlimi keskin mintaqaviy. Viloyat shimoliy sharq va janubdan Qirgiziston respublikasi, g'arbdan Farg'ona viloyati va shimoliy g'arbdan Namangan viloyati bilan chegaradosh. Viloyatning asosiy suv resurslari: "Kampirovot" suv ombori (maydoni 45 kv.km.), Qoradaryo daryosi, uzunligi 143km., Maylisoy- uzunligi 23,2km., Tentaksoy - uzunligi 25km, Shahrixonsoy - uzunligi 11,8 km., Andijonsoy - uzunligi 77,5 km., Aravonsoy - 14,1 km., Qoradaryo - 21,3 km va boshqalar. Viloyat dengiz sathidan 300 dan 1000 metrgacha balandlikda joylashgan. Territoriyasining umumiy maydoni - 4,3 ming kv.km. 


Hozirgi Andijon viloyati territoriyasi tarixda turli ma'muriy hududlar tarkibiga kirgan. XX asr boshlarida hozirgi Andijon viloyati territoriyasida 1920 yilda Andijon okrugiga aylantirilgan Andijon uezdi mavjud bo'lgan. 1941 yil shu okrug asosida Andijon viloyati tashkil qilindi. Bugun viloyat tarkibiga viloyat hokimligiga qarashli 3 ta shahar va tumanlar hokimligiga qarashli 8 ta shahar, 14 tuman, 5 ta shahar ko'rinishidagi aholi yashash joyi, 95 ta qishloq fuqarolar yig'ini va 536 ta aholi yashash joylari kiradi.
Viloyatning ma'muriy markazi - Andijon shahri. Andijon O'zbekistonning Toshkent va Samarqanddan keyin turuvchi uchinchi yirik shahri bo'lib, aholisi - 341,5 ming kishi. 

AHOLISI


Viloyat aholisi 01.01.2002 yilga kelib 2 mil. 251 ming 300 kishini yoki Respublika aholisining 9%ni tashkil qiladi. Ulardan 70% yoki 1 mln. 576,4 ming kishi qishloq va 30% yoki 674, 9 ming kishi shahar aholisidir. Bular 102 millat va elat vakillaridir.
Aholining o'rtacha yillik o'sishi - 34,8 ming kishi. 
Aholining zichligi 1 kv.km.ga 523 kishi. Andijon viloyati Respublikada aholi zichligi bo'yicha birinchi o'rinda turadi

Andijon viloyati aholisining tumanlar bo'yicha taqsimoti


№Shahar va tumanilar NomiMaydoni
kv. km.Aholisi 
ming kishiAholi zichligi 
Andijon viloyati 43032251, 35231. Andijon shahri62, 1341, 35500, 42. Asaka shahri11, 153, 64850, 73. Andijon tumani372, 3182, 1489, 14. Asaka tumani 272, 0175, 4644, 95. Baliqchi tumani. 388, 9138, 8409, 66. Buloqboshi tumani198, 0102, 4541, 97. Bo'z tumani200, 449, 5247, 08. Jalaquduq tumani 368, 7137, 6373, 39. Izboskan tumani282, 5174, 2616, 610. Ulug'nor tumani356, 742, 6119, 411. Marhamat tumani305, 4123, 7405, 112. Oltinko'l tumani222, 0121, 6547, 913. Paxtabod tumani260, 0134, 8518, 514. Xo'jabod tumani229, 080, 4351, 215. Shahrixon tumani334, 6204, 8621, 116. Qo'rg'ontepa tumani498, 6185, 5372, 0

top

ANDIJON VILOYATI TARIXIDAN

500 ming yillar avval - odamning paydo bo'lishi, ibtidoiy jamoa tuzumining shakllana boshlashi.


100-40 ming yillar avval - kremniyni qazib olish va qayta ishlash qurollari qo'lga kiritilgan. 
Eramizdan avvalgi 2 ming yilning o'rtalarida - chorvador dehqon qabilalari paydo bo'ldi. 
Eramizdan avvalgi 8-7 asrlar dehqonchilik, chorvachilik, bronza va qalay metallurgiyasi rivojlandi, keramikaga rasm chizish paydo bo'ldi. Arxeologik qazilmalar devorlar bilan o'rab olingan qal'alarda kichik shaharlar mavjud bo'lganligini ko'rsatadi. 
Eramizdan avvalgi 7 asr - bronza qurollarining temiri bilan almashuvi, ishlab chiqaruvchi kuchlar va sun'iy sug'orishga asoslangan dehkonchilikning o'sishi.
Eramizdan avvalgi 6 asr boshi - Markaziy Osiyoning qator. Janubiy viloyatlarining Ahmoniylar tomonidan bo'ysundirilishi Farg'ona va Andijon o'z mustaqilligini saqlab qoldi. 
Eramizdan avvalgi 4-1 asrlar Dovon davlatining paydo bo'lishi. Dehqonchilik va chorvadorlikning rivojlanishi. 
Eramizdan avvalgi 2 asr Buyuk ipak yo'lining Farg'ona vodiysi, shu jumladan, hozirgi Andijon viloyati territoriyasidan o'tishi. O'sha davr Xitoy qo'lyozmalarining darak berishicha, Andijon Farg'ona vodiysidagi 70 ta shahardan biridir.
Eramizdan avvalgi 104-99 yillar - xon qo'shinlarining Dovonga bosqini, vaqtinchalik istilo va mustaqillikning tiklanishi. 
Eramizdan avvalgi 220-419 yillar - Ershi shahri (hozirgi Marhamat tumani) poytaxtligida Dovon davlatining Marhamat madaniyatining rivojlanishi. Aholi sonining o'sishi, kulollik sa'atining keng tarqalishi. 
5 - asr - Eftalit davlati tarkibiga kirish. 
6 - asr - 50 yillari - O'rta Osiyoga ko'chmanchi turkiy qabilalarning bostirib kelishi, aholining turkiylashuvi. 
715-812 yillar - arab sarkardasi Qutayba Ibn Muslim yurishi, aholining islom dinini qabul qilishi. 776 yilda "Oq kiyimlilar"ning Muqanna boshchiligidagi arablarga qarshi qo'zg'oloni. Shaxsan Qutayba Ibn Muslimning ayblanishi va qatl etilishi. Jasad hozirgi Jalaquduq tumaniidagi qishloqqa ko'mildi. 
9 asr - Poytaxti Buxoro bo'lgan Somoniylar davlati tarkibiga kirish. Fan va san'at, boshqa mamlakatlar bilan savdo - sotiqning rivojlanishi. Andijon Farg'ona vodiysining yirik shaharlaridan biriga aylandi. 
10 asr - Qoraxoniylar davlatining yuzaga kelishi, shaharlar, iqtisodiyot va madaniyatning rivojlanishi.
12 asr - Chingizxonning o'g'li hukmdor bo'lgan Chig'atoy davlati tarkibiga kirishi. 
14 asr - asr boshida Mo'g'ul hukmdori Tuvaxon o'z davlati poytaxtini Andijonga ko'chirdi, shaharning qal'a devorlarini mustahkamladi. Madaniy taraqqiyotni hisobga olib shahar "Qubbatul Islom" deb atala boshladi. Farg'ona vodiysining yirik savdo markazi bo'lib qoldi. 
Mo'g'ullar davlatining parchalanib ketishi Andijonning Temuriylar davlati tarkibiga kirishiga olib keldi. Irrigatsiya, qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik rivojlana boshladi. Aynan shu vaqtda 9 sun'iy daryodan iborat "To'qqiz tarnov" - sug'orish tizimi yaratildi. 
1470-1494 yillarda Umarshayx Mirzo yana Farg'ona davlatining markaziga aylangan Andijon hukmdori bo'lib qoldi. Uning o'g'li Zahiriddin Muhammad Bobur 12 yoshga to'lganda Umarshayx halok bo'ldi va Bobur uning o'rnini egalladi. (1495 yil). 
Bobur 1504 yil Afg'onistonga yurish qildi, 1526 yili esa Hindistonda keyinchalik Buyuk Mo'g'ullar sulolasi deb atala boshlagan sulolaga asos soldi. 
15 asr - Shayboniylar davlati tarkibiga kirishi. 
17-19 asrlar - Qo'qon xonligining tashkil topishi.
1876 yil - Farg'ona Vodiysining Chor Rossiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilishi. Shu yilning 8 yanvarida Andijon rus armiyasi tomonidan bosib olindi. Po'latxon boshchiligidagi qo'zg'olonning ayovsiz bostirilishi ularning g'alabasini ta'minlagan edi. Bu qo'zg'olon Namanganning ruslar tomonidan bosib olinishidan boshlangan. Rus armiyasi uch saf tarkibida bostirib keldi. Birinchi safga Miller Zakomelьkiy, ikkinchi safga baron Ashinov, uchunchiga general Skobelev rahbarlik qildi.
Qo'zg'olonning bostirilishida 20 mingdan ziyod Andijonliklar o'ldirildi.
Qo'zg'olon rahbari Po'latxon qo'lga olinib, Marg'ilonda dorga osildi. Iso Avliyo, Botir to'ra, Abdurahmon oftobachi kabi qo'zg'olon tashkilotchilari Tomsk va Ekaterinburgga surgun qilindi.
1898 yil 17 mayda Madali Eshon ("Dukchi Eshon") boshchiligida milliy- ozodlik qo'zg'oloni boshlandi. Qo'zg'olon bostirilgandan so'ng 800 kishi qamoqqa olinib, 415 kishi sud qilindi va qo'zg'olon rahbarlari Andijonda qatl etildi.
1901 yil - Birinchi quduqdan neftь qazish boshlandi. 1904 yilga kelib 130 tonna neftь ishlab chiqarildi.
1907 yil - Ishlab chiqarish quvvati 54 tonna chigitni qayta ishlab, 8 tonna paxta yog'i tayyorlashga mo'ljallangan yog' zavodi ish boshladi.
1911 yil - Andijonda birinchi paxta tozalash zavodi qurildi. Keyinroq shunday zavodlar (1912y) Asakada, (1915y) Shahrixonda ham ish boshladi va 1924 yilga kelib ularda 25 ming tonna paxta ishlandi.
1912 yil - Birinchi bosmaxona tashkil topdi. 
1914 yil - Armiyaga chaqiriluvchilarning urushga qarshi chiqishlari. (Dehqonlar oilalarini boquvchisiz, och-nahor tashlab ketishga majbur edilar). 
1916 yil - Podshohnning 1916 yil 25 iyundagi "rus-german harbiy muammolari tufayli frontda va front ortida ishlashga erkaklarni jalb etish to'g'risida"gi farmoniga qarshi qo'zg'olon. 
1917 yil Sovet hokimiyatining o'rnatilishi.
1917-1923 yy. - Sovet hokimiyatining o'rnatilishiga qarshi qurolli chiqishlar. (Ergash qo'rboshi, Xolxo'ja, Muhiddin, Ko'rshermat, Madaminbek boshchiligida "bosmachilik" harakati deb nom olgan) va ularning Qizil Armiya tomonidan ayovsiz bostirilishi. 
1918 yil - Musiqali drama va komediya teatri tashkil topdi. Unda Abbos Bakirov, Muzaffar Muhammedov, Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Tamaraxonim, Soib Xo'jaev kabi buyuk san'atkorlar ijod qildilar.
1921-1922 yy. - Er-suv islohoti (yirik feodal xo'jaliklarning yerlari tortib olinib, dehqonlarga bo'linib berildi). 
1927 yil Andijon uezdi o'rnida Andijon okrugi tuzildi.
1927-1928 yy. - Er-suv islohotining ikkinchi bosqichi. Dehqon xo'jaliklarini yalpi kollektivlashtirish. Andijon okrugida 214 kolxoz tuzildi.
1931yil - Birinchi Pedagogik Institut tashkil topdi.
1934 yil - Viloyat o'lkashunoslik muzeyi o'z faolyatini boshladi.
1935-1938y. - Milliy xodimlar o'rtasidagi qatag'on yuzlab mahalliy ziyolilar vakillarining "xalq dushmani", boshqa davlatlar foydasiga xizmat qiluvchi xufyalar sifatida yo'q qilinishiga sabab bo'ldi.
1941-1945yy. - Ikkinchi jahon urushida ishtirok etish uchun Sovet Armiyasiga chaqiruv boshlandi. Urush yillarida 87 ming Andijonliklar frontga jo'nagan bo'lsa, shulardan 37 ming kishi halok bo'lib, uylariga qaytmadilar. 13 ming urush qatnashchisi SSSRning orden va medallari bilan mukofotlandilar. Ulardan 5 tasi Shuhrat ordeni kavaleri, 12 tasi Sovet Ittifoqi qahramoni edi.
Frontoldi, okkupatsiya qilingan hududlardagi ayrim sanoat korxonalari evakuatsiya qilindi. 
1941 yil - Hozirgi hudud doirasida Andijon viloyatining ma'muriyati tashkil topdi.
1955 yil - Andijon meditsina instituti ochildi.
1964 yil - Paxtachilik instituti ochildi.
1966 yil - Chet tillar pedagogika instituti ochildi.
1967yil - Bobur nomli viloyat kutubxonasi ochildi. Kutubxona bir milliondan ortiq kitob jamg'armasiga ega.
1968 yil - "Lola" qo'g'irchoq teatri tashkil topdi. 
1976 yil - Toshkent xalq xo'jaligi institutining filiali ochildi.
1981 yil - Andijonda aholiga maishiy xizmat ko'rsatuvchi mutaxassislar tayyorlovchi Toshkent tekstilь institutining filiali ochildi.
1991 yil - Sovet Ittifoqining parchalanishi va Mustaqil O'zbekiston Davlatining tashkil topishi.
1995 yil - Toshkent xalq xo'jaligi va tekstilь instituti filiallari ochildi.
1996 yil May - "O'zDEU avto" zavodida dastlabki o'zbek avtomobili ishlab chiqarildi. top

M A O R I F

Andijonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ta'limning yangi tizimi shakllanmoqda. Uch akademik litsey va 34 kollejning qurilishi ta'lim tarmog'idagi o'zgarishlar samarasidir. Maktabgacha tarbiya muassasalari tizimi ham muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Bugun 570 maktabgacha tarbiya o'choqlarida 49,1 ming bolalar tarbiyalanmoqda. Bugungi kunda viloyada 742 ta umumta'lim maktablari faoliyat ko'rsatib, ularda 544 ming o'quvchi ta'lim oladi. Viloyatdagi 5 oliy o'quv yurtida 13023 talaba oliy ma'lumot oladi. Ularda bir yarim ming o'qituvchi ishlaydi.

top


Andijon Davlat Universtiteti

1939 yil Farg'ona pedagogika instituti filiali sifatida ochilgan edi. 1953 yil Davlat pedagogika instituti maqomini oldi. 1992 yil mart oyidan Davlat universiteti bo'ldi. Bu erda 4988 talaba tahsil oladi. Universitetda 18 ixtisoslik bo'yicha mutaxassis tayyorlanadi: tasviriy sa'nat va muhandislik grafikasi, milliy mustaqillik g'oyasi, ma'naviyat va huquq asoslari, boshlang'ich ta'lim va tarbiyachilik, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, filologiya, tarix, pedagog- ekonomist, biologiya, fizika, ximiya, geografiya, matematika, matematika va informatika, ekologiya va tabiatdan foydalanish, yurisprudentsiya. Bugungi kunda viloyatda 742 umumta'lim maktablari faoliyat ko'rsatib, ularda 544 o'quvchi ta'lim oladi. Viloyatdagi 5 oliy o'quv yurtida 13023 talaba oliy ma'lumot oladi. Ularda bir yarim ming o'qituvchi ishlaydi.

top

Andijon qishloq xo'jaligi instituti

1964 yil Toshkent qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va irrigatsiyalash injenerlari institutning filliali sifatida tashkil topgan edi. 1992 yil mart oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Andijon qishloq xo'jaligi institutiga aylantirildi. Institutda 2100 talaba tahsil oladi. Shulardan 1200 kunduzi, 900 talaba sirtdan o'qiydi. 170 o'qituvchidan 8 fan doktori, 88 fan nomzodi. Institutda 10 ixtisoslik bo'yicha mutaxassislar tayyorlanadi: profesional ta'lim, iqtisod, buxgalteriya hisobi va audit, agroinjenerlik, melioratsiya va suv xo'jaligi, fermer xo'jaliklar tuzish va ularga texnik xizmat ko'rsatish, agronomiya, o'simliklarni himoya qilish, ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash texnikasi va birlamchi qayta ishlov, zootexnika. Institut qoshida 250 ga o'quv - ilmiy xo'jaligi bo'lib, talabalar bu erda amaliyot darslarni o'tadilar va tajriba o'tkazadilar.

top


Andijon tibbiyot instituti

1955 yil tashkil topgan. 30 millatga mansub 2402 talaba tahsil oladi. 465 o'qituvchilardan - 52 fan doktor, 177 fan nomzodi faoliyat ko'rsatadi. Institut 4 ixtisoslik bo'yicha mutaxassis tayyorlaydi: professional ta'lim, davolash ishi, pediatriya, yuqori malakali hamshiralar tayyorlash. Har yili 440 - 450 yosh mutaxassis vrachlar institutni tamomlaydilar. Institut AQShdagi Nьyu-York akademiyasi bilan, Imperial Angliya kolleji bilan, Oksford universiteti bilan, Amerika- Avstriya jamg'armasi bilan, Rossiya meditsina akademiyasi bilan, Sankt -Peterburg meditsina akademiyasi bilan, Vologograd, Novosibirsk meditsina universitetlari bilan, Kiev meditsina akademiyasi va boshqa turli mamlakatlardagi ilmiy markazlar bilan aloqa o'rnatgan. Institut ilmiy xodimlari tomonidan so'nggi 5 yilda 13 monografiya, 20 darslik, 208 o'quv-uslubiy qo'llanma, 21 tadqiqotchilik, 205 ratsionalizatorlik takliflari yaratildi. Bundan tashqari 16 doktorlik, 53 nomzodlik ishlari himoya qilindi. Institut olimlari tomonidan yaratilgan "Gemalin" preparati ular qo'lga kiritgan ulkan yutuqdir. Undan kamqonlik (annemiya)ga qarshi va immunostimulyator sifatida foydalanish mumkin.

top

Andijon muhandislik - iqtisodiyot instituti



Institut 1995 yil tashkil topgan. Institutda 3195 talaba tahsil oladi. Ularga 224 o'qituvchi, shulardan 14 fan doktori, professor, 70 fan nomzodi ta'lim beradi. Olti fakulьtetda 9 ta asosiy ixtisoslik bo'yicha mutaxassis tayorlanadi, bu - professional ta'lim, iqtisod, menejment, moliya, buxgalteriya hisobi va audit, texnologik mashina va jihozlash, transport vositalaridan foydalanish va ta'mirlash, tekstil sanoati mahsulotlarining texnogiyasi, informatika va axborot texnologiyasi.
Institutda iqtidorli talabalar va yosh olimlar klubi tuzilgan. Ushbu klubning 24 a'zosi "Umid" jamg'armasi grantlari bo'yicha AQSh, Frantsiya, Angliya, Germaniyaning nufuzli oliy o'kuv yurtlarida tahsil oldilar. 15 yosh olim esa "Ustoz" jamg'armasi bo'yicha AQSh, Kanada, Isroil, Italiya va Germaniya universtitetlarida o'qidilar.

top


Andijon Chet Tillar Instituti

1966 yil tashkil topgan. Ingliz, roman-german, slavyan fakulьtetlarida 1470 talaba tahsil oladi. Ularga 205 o'qituvchi ta'lim beradi - 7 fan doktori, 42 fan nomzodi. Institut 5 ixtisoslik bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi: Ingliz tili (o'zbek va rus guruhlari), nemis tili, frantsuz tili, rus tili, tarjimon referent. Institut Germaniya (Leyptsig, Bonn), Rossiya, Ukraina, AQSh, Frantsiya, Turkiya universitetlari, Moris Torez nomli horijiy tillar instituti bilan mustaxkam aloqa o'rnatgan. Institutning 24 talabasi AQSh, Germaniya, Turkiya oliy o'quv yurtlarida tahsil oldilar. 18 o'qituvchi va professorlar AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya, Frantsiya, Koreyada malaka oshirdilar. 

top

SPORT



Chim ustida xokkey bo'yicha "Andijanka" jamoasining bir necha bor SSSR chempioni bo'lganligi, Evropa kubogini qo'lga kiritganligi bu yerda sportga jiddiy e'tibor berilishini ko'rsatadi. Viloyatda 26 stadion, 62 sport maktabi, 62 tennis kortlari va 4,2 ming sport inshootlari faoliyat yurgizib, aholiga xizmat ko'rsatmoqda. Dunyo standartlari darajasidagi "Navro'z" o'yingohi, "Xalqlar do'stligi" o'yingohi, "Yambol" sport kompleksi Andijonning faxri sanaladi. "Andijon" tennis korti nafaqat O'zbekiston, balki markaziy Osiyoda ham sanoqlidir.
Andijon sport maktabida tarbiyalangan Svetlana O'lmasova Evropa chempioni bo'ldi. Feliks Pak boks bo'yicha Evropa chempioni, Mels An sambo bo'yicha Evropa chempioni, Muhammadqodir Abdullaev boks bo'yicha jahon va olimpiada chempioni, Ruslan Chagaev boks bo'yicha 2 marta jahon chempioni, O'tkir Haydarov boks bo'yicha jahon chempionatining oltin va kumush medali sovrindori bo'lganligi quvonchli holdir.

top


TURIZM


Andijon viloyati turli mintaqadagi odamlarni o'zining go'zal tabiati, mehmondo'stligi, boy milliy an'analari va tarixiy obidalari bilan maftun etadi. Ular ichida "Jom'e" (maschit, madrasa) arxitektura kompleksi, Bobur uy muzeyi, Jalaquduq tumanidagi Qutayba Ibn Muslim maqbarasi, "Ahmadbekhoji" arxitektura yodgorligi o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Farg'ona vodiysining aholisi "O'zbekiston Shvetsariyasi" deb nomlanangan bog'-shahar Xonobod haqida alohida so'z yuritish lozim. Bu erda Evropa va Osiyodagi noyob daraxtlarni, anvoyi gulzorlarni, Xonobod suv omborini ko'rib zavqlanasiz, hayratga tushasiz. 300 ga maydonni egallagan Bobur nomli milliy bog' Andijonliklarnigina emas, balki Farg'ona vodiysi aholisining ham dam olish maskaniga aylangan. Bu bog'da "Bobur va dunyo madaniyati" nomli muzey joylashgan bo'lib, unda Boburiylar sulolasi va O'rta Osiyo xalqlari tarixi va adabiyotiga oid noyob adbiyotlar bor. Andijon shahri markazida "Hunarmandlar rastasi" ochiq etnografik muzey joylashgan. U erda ajdodlarimizning ko'pasrlik an'alarini davom ettirayotgan sulolalar faoliyat ko'rsatishadi. Kuyganyorda Farg'ona vodiysida yagona sug'orish irrigatsiya va Katta Farg'ona kanali muzeyi bor. Andijonlik ustalar tomonidan yaratilgan Andijon Arki, Xotira va Qadrlash xiyoboni, Bobur nomli markaziy maydon turli mamlakatlardan kelgan sayyohlarning e'tiborini tortmoqda. Markaziy Osiyoda yagona "O'Z Deu Avto", "Anteks" kabi zamonaviy korxonalar ham sayyohlar nazaridan chetda qolmayapti. 2001 yil mobaynida viloyat 22,5 ming sayyohlarni qabul qilib, ularga 70,1mln. so'mlik xizmat ko'rsatildi. Viloyatda bir necha sayyohlik kompaniyalari faoliyat ko'rsatmoqdai. Ulardan eng kattasi "Andijon turist" HJ hisoblanadi.
Download 15,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish