Naf oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urta tovonini olish haqidagi talab bilan ish beruvchiga yoki sug‘urtalovchiga
murojaat etish;
qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalovchi va (yoki)
annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchidan sug‘urta tovonini olish;
ish
beruvchidan
, sug‘urtalovchidan ish beruvchining fuqarolik
javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish shartnomasining shartlari to‘g‘risida hamda
annuitetlar shartnomasi
bo‘yicha sug‘urtalovchidan annuitetlar shartnomasi shartlari haqida bepul axborot olish;
xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarayotganda vafot etganligi
haqida ish beruvchiga
xabar qilish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani tekshirishda belgilangan
tartibda ishtirok etish,
zarur bo‘lgan hollarda kasaba uyushmasi vakillarini yoki xodimlarning
boshqa vakillik
organi vakillarini yoxud o‘zining ishonchli shaxsini jalb
etgan holda ishtirok etish;