Tafakkurning buzilishi



Download 24,8 Kb.
bet2/3
Sana10.03.2022
Hajmi24,8 Kb.
#488724
1   2   3
Bog'liq
5-SI

Belgilari


Aqliy zaiflik rivojlanayotganligi odatda bola 2-3 yoshga yetganda ma’lum bo‘lib qoladi. Chunki bolaning nutqi 1 yoshdan keyin chiqa boshlaydi. Ota-ona bolaning o‘z tengdoshlaridan orqada qolib borayotgani, quvnoq harakatlari yo‘qligi, tili kech chiqayotganiga e’tibor qaratadi. Masalan, bola 3 yoshga yetsa ham nutqi rivojlanmay qoladi, o‘yinchoqlarga qiziqmaydi, ruhiy faolligi o‘ta sust bo‘ladi. Bunday bolalarning aksariyati jismonan nimjon ham bo‘lishadi. Oligofreniyaning og‘ir turlarida bolaning boshi kichik bo‘lib, uni tik tuta olmaydi.
Bola 5-6 yoshga yetganda aqliy zaiflik belgilari yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning xatti-harakatlari 3-4 yashar bolaga o‘xshaydi, ba’zilari o‘ta qaysar, yig‘loqi va o‘jar bo‘lsa, ba’zilari o‘ta shalpaygan bo‘ladi, o‘tirgan joyidan qimirlamaydi, o‘yin-kulgili voqealarga e’tibor qilmaydi. Oligofreniyaning yengil turlarida bola gaplashadi ham, uydagi ishlarni ham bajaradi, ust-boshiga ham e’tibor qiladi, biroq aqliy faollikni talab qiluvchi ishlarda ularning kasal ekanligi bilinib qoladi. Bunday bola bog‘cha va maktabdagi oddiy topshiriqlarni bajara olmaydi, oddiy qo‘shib-ayirishlarda juda qiynaladi, o‘rtoqlaridan “garang” degan laqabni o‘zlashtirib oladi, uni tengdoshlari kalaka qilib yuradi va o‘zlariga xizmatkor qilib qo‘yishadi. Shuning uchun ham oligforeniya bilan kasallangan bola doimo o‘zidan yosh bolalar bilan o‘ynashni xush ko‘radi. Bola necha yashar bolalar bilan o‘ynashiga qarab, uning aqliy rivojlanishdan necha yil orqada qolayotganini bilish olish ham mumkin.

Tashxis qanday qo‘yiladi?


Afsuski, ko‘p xollarda ota-onalar bola maktab yoshiga yetganda doktorma-doktor chopib yurishadi. Ko‘p hollarda bolaning aqliy rivojlanishdan orqada qolayotganligi bog‘cha opa yoki boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan sezib qolinadi. Bunday paytlarda bog‘cha va maktabdagi psixologlar e’tiborli bo‘lishlari, bolani psixologik testlardan o‘tkazib turishlari lozim.

Davolasa bo‘ladimi?


Bola neyropsixolog yoki tibbiy psixolog ko‘rigidan o‘tkaziladi. O‘tkazilgan asab kasalliklarini aniqlash uchun nevropatolog ko‘rigi ham zarur bo‘ladi. Davolash muolajalari dori-darmonlar (glutamin kislotasi, lesitin, folat kislotasi, metionin, magniy va yod preparatlari), turli psixologik mashqlar va pedagogik usullar orqali olib boriladi. Bunday bolalar uchun turli sharoitlar yaratilgan maxsus maktablar mavjud. Ushbu maktablarda bolaning ruhiy va jismoniy salomatligini tiklash uchun maxsus pedagog va psixologlar faoliyat ko‘rsatishadi. Yaxshi natijaga erishish bir necha yillarni talab qiladi.

Download 24,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish