Taekwondo va sport faoliyati fakulteti



Download 73,49 Kb.
bet6/9
Sana13.07.2022
Hajmi73,49 Kb.
#788437
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
jasur.tkd.kurs-ishi

Tortishib qolish.

Tortishish ko’pincha holatlarda mushaklarga me’yoridan ortiq kuchlanish berilishi ta’siridan yuzaga keladi. Odatda, bu holat kechasi yuzaga keladi. Tortishishning yuz berish tana tuzilishga kuchli darajada bog’liq hisoblanadi. tortishish holati yuzaga kelganda barmoqlarning ichki qismini tizza tomon cho’zish, oyoqlarni to’g’irlash kabi chora – tadbirlar amalga oshiriladi.
B) Bo’g’imlarning jarohatlanishi.
Bo’g’imlarning yallig’lanishi harakatlarning me’yoridan ortiq darajada amalga oshirilishida yuzaga keladi, bunda bo’g’imlarning o’z joyidan chiqib ketishi va ichki to’qimalarning jarohatlanishi, ayniqsa, pay bog’lamlari, paylar va to’g’ay to’qimalarning zararlanishiga olib keladi. Taekvondoda ko’pincha oyoqlarning bo’g’imlari yallig’lanishi qayd qilinadi. Sparingda tulo chagi hujum harakatlarini bajarish davomida oyoqlarning ustki qismini osonlik bilan jarohatlab olish mumkin. Shu bilan birgalikda, oyoqlarning jarohatlanish ehtimolligi oyoqlarning joylashish holatiga, harakatchanlik darajasiga va boshqa ko’plab omillarga bog’liq hisoblanadi.


II BOB. TEXNIK HARAKATNI SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH.
2.1. Toliqish. Me’yoridan ortiq mashq qilish va ortiqcha toliqish.
Tananing sportcha ish qobiliyatini va musobaqalardan so'ng, ya'ni qayta tiklash va me'yoriy faoliyat ko'rsatish, yuklamalarni umumiy tartibiga nisbatan sport mashqlarini to'g'ri tashkil etishning ajralmas qismidir.
Jismoniy yuklama, toliqish asosida yotgan tananing ma'lum faol va tarkibiy-tuzilish o'zgarishlari bilan kechadi.
Toliqish - bu qonuniy fiziologik xulosa bo'lib, bajarilgan ishning oqibati - charchash sezgisining rivoj topishi. moddalar almashinuvini boshqarishni, asosiy fiziologik tizimlaming faoliyatini, yuklamalarga javobni, quvvat zaxiralarini kamayishi, umumiy va maxsus ish qobiliyatini vaqtinchalik yomonlashuvi bilan ifodalanadi.
Yuklama moslashuvini rivoj topishini rag'batlantiradi, ish qobifiyalni, уа'ш uni yuqoriroq darajaga ko'tarilishiga ko'maklashadi. Shuning bilan birga, toliqishning sezgisini vujudga kelishi muhofaza ahamiyatiga ega, chunki bu paytda tanani o'ta darajada zo'riqishi, haddan tashqari mashq amallariga berilganligini oldini olish maqsadida, tanani ma'lum darajada zo'riqqaniigi haqida ogohlantiradi. Mohtyat jiliatidan toliqishsiz chiniqishning o'zi ham yo'q.
Muhimi shuki, toliqqanlik darajasi bajarilgan ishga mos tushishi va standartdan oshib ketmasligi lozim. Ish tugagach, toliqish hodisasi asta-sekinlik bilan qaytadi, asl holatga qaytish jarayoni amalga oshadi.
Qayta tiklanish - asl holatga qaytish - bu tananing ish qohtliyati va faoliyatini, ish boshlangunicha bo'lgan darajaga yoki unga yaqinroq holatga qaytishidir.
Toliqish chuqurligi, uning davomiyligi va namoyon bo'lishi, xuddi qayta tiklanish tezligidek, quyidagi asosiy guruh omillari bilan bog'liq bo'ladi:
1) bajarilgan ish (uning ifodasi, yo'nalishi, hajrai, jadalligi, davomiyligi uning ta'siri, kelib chiqadigan zo'riqish va boshqalar);
2) mashq qiluvchining holati (yoshi, jinsi, kayfiyati, xohishi, sihat-salomatligi, chiniqqanlik darajasi, shaxsiy jihatlari va boshqalar);
3) tashqi muhit sharoitlari va yuklamagacha bo'lgan davr tartibining jihatlari.
Murabbiyning toliqish holatini va qayta tiklanish jarayonlarini boshqarish mahorati, mashq o'tkazishning madaniyatini va samaradorligini belgilaydi. Charchashning yig'ilib qolishi (mos kelmagan qayta tiklanish), o’ta darajada toliqish va haddan tashqari mashq qilish, ish qobiliyatini pasayishmi, sport yutuqlarini o'sishini barham topishini belgilaydi.
Qayta tiklanishni ikki xili taqozo qilinadi:

  • erta;

  • kechki.

Ish jarayonida qayta tiklanishni erta tiklanish (bevosita yuklamadan so'ng kislorod qarzim to'lash) va quvvat zaxiralarini anabolizm tomonga ortiqcha siljishining tugallanishi asosiy faoliyatlar va ish qobiiiyatni qayta tiklash va oshirishni kechki qayta tiklanish deyiladi.
Charchash, toliqish, horish — organizmga haddan tashqari zoʻr kelishi natijasida mehnat qobiliyatining pasayishi bilan kechadigan fiziologik holat. Aqliy Ch. intellektual mehnat mahsuldorligining kamayishi, eʼtiborning buzilishi, fikrlashning susayishi va boshqalar bilan belgilanadi. Jismoniy charchash muskullar kuchi va bir tekisda harakatlanishi kabi funksiyalarning buzilishi bilan kechadi.
Oʻta va surunkali charchash farq qilinadi. Oʻta charchash zoʻr berib jismoniy mehnat qilish natijasida roʻy beradi. Surunkali charchash turli funksional sistemalar va butun organizmdagi oʻzgarishlarning oylar va yillar davomida toʻliq tiklanmasligi bilan bogʻliq.
Charchashning tezligi mehnatning xususiyati bilan belgilanadi: bir tarzda turib muskullarga zoʻr keladigan ish bajarilganda kishi ancha tez, bir maromdagi ish bajarilganda birmuncha kam toliqadi. Charchashning yuzaga kelishida odamning bajarilayotgan ishga nisbatan munosabati ham muhim rol oʻynaydi. Koʻpchilik odamlarda emotsional qoʻzgʻalish davrida uzoq vaqtgacha charchash belgilari paydo boʻlmaydi.
Yetarli dam olmaslik yoki uzoq, vaqt haddan tashqari zoʻriqib ishlash charchashga yoki mador qurishiga olib keladi. Aqliy va ruhiy toliqish farq qilinadi. Yosh va nerv sistemasi maʼlum bir tuzilishga ega boʻlgan kishilarda jadal aqliy mehnat nevrozlargya olib keladi. Ruhiy toliqish "yurak hissiyotiga" toʻlibtoshgan va turli majburiyatlari boʻlgan shaxslarda kuzatiladi.
Miriqib uxlash va faol dam olish ish qobiliyatini tez tiklaydi.
Ogʻir kasalliklarni boshdan kechirgan kishilarda charchash tez yuz beradi. Arzimagan va uncha uzoq davom etmaydigan zoʻriqish ham ularda bosh ogʻrigʻi, harsillash, tez yurak urishi, terlash va quvvatsizlikka sabab boʻladi. Bunday kishilar mehnat rejimiga va iloji boricha uzoqroq dam olishga qatʼiy amal qilishlari zarur.
Bolalar organizmining anatomofiziologik xususiyatlariga koʻra hatto unchalik urinmaganida ham (mac, goʻdak uyqudan qolganida, maktabda partada uzoq oʻtirganida) tez charchab qolishi mumkin. Kun tartibining notoʻgʻriligi, bir turdagi mashgʻulot, ortiqcha oʻyin - kulgi ham tez charchashga olib keladi.
Bolalarda charchash belgilari koʻpincha xattiharakatning buzilishida koʻrinadi: ular toqatsiz, eʼtiborsiz, dars vaqtida gaplashadigan, yaʼni intizomsiz boʻlib qoladilar. Baʼzi hollarda, ayniqsa, kasalliklarni boshidan kechirgan bolalar boʻshang, sustkash, xorgʻin, kuchsiz boʻlib, fikrlaganda bosh ogʻrigʻi sezadi.
Charchash baʼzan boshdan kechirilgan kasallikning oqibati emas, balki uning boshlangʻich belgisi boʻlishi ham mumkin. Bolada boshdan kechirilgan kasallikka yoki aqliy va jismoniy zoʻriqishga bogʻliq boʻlmagan tez charchab qolish hollari yuz berganida, albatta, vrachga murojaat etish lozim.
Ish qobiliyatini uzoq vaqtgacha saqlab qolishning taʼsirli vositalaridan biri — mehnat faoliyatining aniq maromda boʻlishidir. Tez charchashni oldini olishda mehnat va dam olishni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ish kuni davomida qisqa muddatli tanaffuslar tashkil qilish, shuningdek, ish joyini tartibga solish, va oʻzini sal horigan his qilganda, charchogʻini yozadigan mashqlar bajarishga muhim eʼtibor berish zarur.
Bolalarda tez charchab qolishning oldini olish uchun ularning kun tartibi maromining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik (toʻyib uxlashiga, ish ogʻirlik qilmasligiga, ish bilan mashgʻulotni toʻgʻri navbatlashtirishga, ularning ochiq havoda uzoqroq boʻlishiga imkoniyat tugʻdirish kerak.
Yuklama moslashuvini rivoj topishini rag'batlantiradi, ish qobifiyalni, уа'ш uni yuqoriroq darajaga ko'tarilishiga ko'maklashadi. Shuning bilan birga, toliqishning sezgisini vujudga kelishi muhofaza ahamiyatiga ega, chunki bu paytda tanani o'ta darajada zo'riqishi, haddan tashqari mashq amallariga berilganligini oldini olish maqsadida, tanani ma'lum darajada zo'riqqaniigi haqida ogohlantiradi. Mohiyat jihatidan toliqishsiz chiniqishning o'zi ham yo'q. Muhimi shuki, toliqqanlik darajasi bajarilgan ishga mos tushishi va standartdan oshib ketmasligi lozim.
Ish tugagach, toliqish hodisasi asta-sekinlik bilan qaytadi, asl holatga qaytish jarayoni amalga oshadi.
Qayta tiklanish - asl holatga qaytish - bu tananing ish qobiliyati va faoliyatini, ish boshlangunicha bo'lgan darajaga yoki unga yaqinroq holatga qaytishidir.
Toliqish chuqurligi, uning davomiyligi va namoyon bo'lishi, xuddi qayta tiklanish tezligidek, quyidagi asosiy guruh omillari bilan bog'liq bo'ladi:
1) bajarilgan ish (uning ifodasi, yo'nalishi, hajmi, jadalligi, davomiyligi, uning ta'siri, kelib chiqadigan zo'riqish va boshqalar);
2) mashq qiluvchining holati (yoshi, jinsi, kayfiyati, xohishi, sihat - salomatligi, chiniqqanlik darajasi, shaxsiy jihatlari va boshqalar);
3) tashqi muhit sharoitlari va yuklamagacha bo'lgan davr tartibining jihatlari.
Murabbiyning toliqish holatini va qayta tiklanish jarayonlarini boshqarish mahorati, mashq o'tkazishning madaniyatini va samaradorligini beigilaydi. Charchashning yig'ilib qolishi (mos kelmagan qayta tiklanish), o’ta darajada toliqish va haddan tashqari mashq qilish, ish qobiliyatini pasayishmi, sport yutuqlarini o'sishini barham topishini beigilaydi.
Qayta tiklanishni ikki xili taqozo qilinadi:

  • erta;

  • kechki.

Ish jarayonida qayta tiklanishni erta tiklanish (bevosita yuklamadan so'ng kislorod qarzim to'lash) va quvvat zaxiralarini anabolizm tomonga ortiqcha siljishining tugallanishi asosiy faoliyatlar va ish qobiiiyatni qayta tiklash va oshirishni kechki qayta tiklanish deyiladi.
Qayta tiklanish vositalarini tanlash va me'yorlash jarayonida hisobga olinishi kerak bo'lgan qayta tiklanishning boshqa muhim fiziologik ifodasi tarzida uning kechishining bir xil emasligini -geterexroniligini aytib otish lozim.
Geterexronik - bu faoliyatning turli xili va o'lchamlarining qayta tiklanishini bir vaqtda amalga oshmasligini anglatadi.
Getexronizm - birorta hodisani o'z vaqtida bo’lmasligi (nerv va mushak xronaksiyasini tayyorlanishning turli bosqichlari va sharoitlarda).

Download 73,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish