Menikidir maktab, ijod, fan.
Menikidir sog` aql, badan,
Ko`nglim to`lin oy kabi ravshan. ( Hasan Po`lat.)
Antiteza ( grekcha antithesis – qarama-qarshi qo`yish so`zidan) – bir-biriga
zid tushuncha, fikr va hissiyotlarning yaqqol ifodalashda hamda ularga qiyosiy
xarakteristika berishda qo`llaniladigan adabiy usul.
Menga nomehribon yor o`zgalarga mehribon ermish,
Mening jonim olib, ag`yorga oromijon ermish. (Navoiy.)
Antitezaning Sharq klassik adabiyotida qo`llangan turlaridan biri tazod deb
atalgan.
Apostrofa (grekcha apokryphos – yashirin, qalbaki so`zidan) – jonsiz narsa
yoki hodisaga jonli narsa va hodisadek yohud hozir bo`lmagan kishiga shu yerda
hozir turgandek murojaat etishdan iborat poetik nutq usullaridan biri. Masalan:
Aleksandr Sergeevich,
ruxsat bering,
Tanishaylik -
Mayakovskiy.
Qo`lni bering! (V. Mayakovskiy. “To`yona”
she`ridan.)
Do'stlaringiz bilan baham: |