Tadrij (arabcha)-klassik poeziyadagi badiy usullardan biri bo’lib, darajama



Download 175,5 Kb.
bet5/14
Sana20.07.2022
Hajmi175,5 Kb.
#828670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Badiiy tasvir vositalari va

Ifrot yoki ifroq – o`ta mubolag`a (q.) qo`llash san’ati. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonida Farhod Shirin tutgan may qadahni shunday berilib ichdiki, hatto qadahning naqshini yutib yubordi, deyiladi:
Ichib, jomi labolab tytti ul dam,
Ki: ”No`sh etgil mening ishqimda sen ham”.
Olib sipqardi ul ham bexudona,
Ki sog`ar naqshidin ketti nishona.


Litota (grekcha litotes – soddalik so`zidan) – majoziy iboralardan biri bo`lib, mubolag`a va uning o`ta formasi ifrotga qarama-qarshi tarzda biror narsa yoki hodisani atayin kichraytirib, zaiflashtirib tasvirlash.
Yozuvchi o`z estetik idealiga uyg`un narsa yoki hodisaning ahamiyatini ta’kidlab, bo`rttirib va tasdiqlab ko`rsatish maqsadida boshqa narsani uning ulug`vorligi va qudrati qarshisida kichraytirib chizadi. Masalan, Navoiy Farhod teshasining o`tkirligini ta’kidlash va bo`rttirish niyatida tog`-toshlarni kichraytirib, yumshatib ko`rsatadi:
Qo`lida tesha, yo`q teshakim, gurz,
Bo`lib tufroq aning zarbidan alburz.
Aning teshasi ollida qaro tog`,
Aningdek kim pichoq ollida sarig yog`.

Yoki shoir Uyg`un “Tinchlik kuylari” she’rida shunday misralarni yaratadi:


Bu so`zning ma’nosi shu qadar teran,
Dengizlar bir ho`plam uning qoshida.
.............................................................
Bu so`zning mazmuni shu qadar issiq,
Quyosh bir kichik sham uning yonida.

Majoz – ko`chimlarning bir turi bo`lib, ikki tushuncha o`rtasidagi yaqinlikka asoslangan ko`chma ifoda. Masalan, yozuvchining nomi uning asrini bildiradi: Navoiyni sevib o`qiymiz deganda shoirning nomidan uning asarlari anglashiladi.


Shoir Hamza “Yasha, Sho`ro” she’rida:
Bitsin endi eski turmush,
Ul kulohu, jandalar, -
Der ekan, kuloh – xurofotchi mulla-eshonlarni, jandalar esa darvish-qalandarlarni xayolga keltiradi.
Ba’zan joy oti unda turadigan kishilar ma’nosida keladi: ”Majlisga butun qishlaq keldi” (A.Qahhor, “Qo`shchinor chiroqlari”)



Download 175,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish