burq-burq – lug’atlarda yo’q. R.Qo’ng’urov uni quyidagi misollar yordamida izohlaydi: burq-burq: osh burq-burq qaynamoqda (tovushga taqlid so’z). Burq-burq tutun tarqaldi (obrazli so’z) kabi. O’TILda keltirilgan burqimoq, burqiramoq, burqsimoq singari fe’llar ana shu taqlidiy so’z negizida shakllangan: Uzoqda, ko’zga xira chalingan tepalikning orqasida qora, quyuq tutun burqib, havoda og’ir kezardi (Oybek); Telpagi tagidan qozon qaynayotganday bug’ burqiraydi (S.Anorboyev); Oshxona tomondan burqirab somsa hidi keldi (Oybek). Xiyol narida oppoq to’zon buriqsib ko’tarildi («Yoshlik»).
bu-u – lug’atlarda yo’q. R.Qo’ng’urov ham uning ma’nosini izohlamagan. Shevada bu-u, desa yig’laydi; aytgan gapidan tongan odamga qarata mayli, bu-u de, men bergan narsamga rozi bo’laman, tarzidagi gaplar ba’zan aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |