Mavzuning dolzarbligi: Dunyoda ro’y bergan siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar tufayli, mamlakatimiz va dunyoning boshqa mamlakatlari o’rtasidagi ishbilarmonlik va madaniy aloqalar sezilarli darajada o’sdi. Turizm sohasi rivojlangan bir paytda mehmonlarni tegishli xizmat ko’rsatish darajasiga ega qulay mehmonxonalarga joylashtirish zaruratini yuzaga keltirdi, bu esa mehmonxona biznesiga sarmoya kirishiga turtki bo’ldi. Bundan kelib chiqib, mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, yangi mehmonxonalarni qurish va mehmonxonani korxonalari boshqaruviga o’zgartirish bo’yicha loyihalar ishlab chiqildi. Hozirgi vaqtda mehmonxona sanoatida innovatsion texnologiyalar jadal rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |