Tadqiqotlari


Muammoga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  muhit  omillari  (environmental  context  of



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

Muammoga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  muhit  omillari  (environmental  context  of 
the  problem)–
Marketing  tadqiqotlari  muammosini  aniqlashga  ta’sir  ko‘rsatuvchi 
omillar  (oldingi  va  kelajak  axborotlari,  firmaning  resurslari  va  chegaralari,  qaror 
qabul  qiluvchining  maqsadi,  xaridorlar  hatti  –  harakati,  huquq  va  iqtisodiy  muhit, 
firma personalining marketing va texnologik ko‘nikmalari) haqida gap ketadi. 
Qarorlar  qabul  qilinishi  ma’lum  maqsadga  erishish  uchun  xizmat  qiladi. 
Boshqaruv  muammosini  ifodalash  ikki turdagi  maqsadlarni aniq tasavvur etish  bilan 
bog‘liq:  tashkilot  maqsadi  va  qaror  qabul  qilayotgan  rahbarning  shaxsiy  manfaati. 
Ushbu  ikkita  maqsadni birlashtirish  muhim, ammo juda og‘ir kechadi. Uning sababi 
jamoa va shaxs manfaatlari o‘rtasidagi mavjud ziddiyatlardir. 
1
• Oldingi maʼlumotlar va prognozlar
2
• korxonaning resurslari va cheklanishi
3
• Maqsadlar
4
• xaridorlar xatti – xarakati; 
5
• iqtisodiy va qonuniy muhit;
6
• iqtisodiy va qonuniy muhit
7
• Firma personalining marketing va texnologik koʻnikmalari


 
101 
 
Maqsadlar  (objectives)  -    qaror  qabul  qilayotgan  tashkilot  yoki  shaxsning 
qarorlaridan  samarali  marketing  tadqiqotlarini  o‘tkazishda  foydalanish  ko‘zda 
tutiladi. 
Marketing  tadqiqotlarining  maqsadi  ham  samarali  boshqaruv  qarorini  qabul 
qilishga kerakli axborot bazasini yaratishdan iborat. Ammo, bu jarayonda korxona va 
menejerlarning  maqsadlarini  muvofiqlashtirishda  marketologning  ham  mahorati  va 
tajribasi muhim rol o‘ynaydi. 
Marketing  muammosining  asosida  iste’molchilarning  xatti-  xarakati,  ularning 
iqtisodiy salohiyati, ehtiyoji va talablari tashqi muhit omillaridagi o‘rni beqiyosdir. 
Xaridorlar    hatti  –  harakati  (buyer  behavior)–  tashqi  muhitning  asosiy  omili 
hisoblanib, iste’molchilarning individual xislatlarini ifodalaydi. 
Marketing  muammolarini  manbasini  aniqlashtirishda  korxonaning  u  yoki  bu 
xarakatiga iste’molchining munosabatini o‘rganish muhim o‘rin egallaydi. Xaridorlar 
hatti – harakatini o‘rganish marketing muammosining mohiyatini ochishga olib kelish 
mumkin. 
Iste’molchilarning  hatti  –  harakatiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillarni  shuni 
ko‘rsatmoqdaki, ular tarkibiga asosan quyidagilar kiritilishi mumkin: 

 
Xaridorlar miqdori va geografik joylashuvi; 

 
Demografik va psixologik tavsiflar; 

 
Iste’mol qilinayotgan mahsulotlar tavsiflari; 

 
Reklama va sotuvga xaridorlar munosabati; 

 
Narxga bo‘lgan munosabat; 

 
Magazinlarga o‘rganish holati; 

 
Iste’molchilarning tanlash erkinligi. 
Har bir davlatda o‘zining qonunlari, me’yoriy xujjatlari, davlat siyosati barcha 
tashkilot  va  aholi  hayotiga  ta’sir  ko‘rsatadi  va  muvofiqlashtirib  turadi.  Qonunlar 
ichida savdo markalari royalti, savdo kelishuvi, soliq va tariflar bilan munosabatlarni 
muvofiqlashtiruvchi huquq normalari muhim o‘rin egallaydi. Davlatda qabul qilingan 
qonunlar    marketing  tadqiqotlarini  o‘tkazishga  bevosita  va  bilvosita  ta’sir  ko‘rstaadi 
hamda marketing tadqiqotlari muammolarini ifodalashda asosiy omil hisoblanadi. 


 
102 
 
Qonun  muhiti  (legal  environment)  –  tashkilotning  faoliyatini  tashkil  etishni 
muvofiqlashtiruvchi siyosat va me’yorlar. 
Qonun  muhitidan  tashqari  tashqi  muhitning  tarkibiga  kiruvchi  asosiy 
komponent tariqasida iqtisodiy muhitning ahamiyati katta. 
Iqtisodiy  muhit  (economic  environment)  –  daromad,  narx,  to‘plangan  zahira, 
kredit shartlari, umumiy iqtisodiy holat bilan ifodalanadi. 
Iqtisodiy  muhit  omillari  xaridorlarning  sotib  olish  salohiyati,  umumiy  (yalpi) 
daromad,  tovarlar  assortimenti,  narxlar  va  boshqa  iqtisodiy  tomonlarni  inobatga 
oladi.  Masalan,  iste’molchi  va  korxonaning  kredit  olish  imkoniyati  iqtisodiyotning 
umumiy  holatiga  uzviy  ravishda  bog‘liqdir.  Davlat  iqtisodiy  barqarorligini  o‘sishi, 
aholiga kredit berish imkoniyati oshishiga zamin yaratadi. 
Marketing  tadqiqotlarini  samarali  o‘tkazish  uchun  muammoni  aniq  va  to‘g‘ri 
belgilanishi  lozim.  Marketing  tadqiqotlarining  muammosini  aniqlanishi  barcha 
faoliyatni  to‘g‘ri  yuritilishiga,  loyihani  amalga  oshirilishiga  asos  bo‘lib  hisoblanadi. 
Tibbiyot sohasida kasalni olish yoki uni davolashda tashxis qo‘yish qanchalik muhim 
o‘rin  tutsa,  marketing  tadqiqotlarida  uning  muammosini  aniqlanishi  shunday  ro‘l 
o‘ynaydi.  Agar  muammo  noto‘g‘ri  tushunilsa  yoki  aniqlansa  unda  vaqt  va  mablag‘ 
samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin. 
Marketing  tadqiqotlari  muammosini  aniqlash  (problem  definition)  marketing 
tadqiqotlari  muammosining  umumiy  va uning alohida qismlari bo‘yicha aniqlashdan 
iborat. Muammoni aniqlash vazifasini bajarish uchun qaror qabul qilayotgan shaxslar, 
tarmoq  va  boshqa  ekspertlar  bilan  suhbat  o‘tkazish,  ikkilamchi  ma’lumotlarni  tahlil 
etish,  ma’lum  sifatli  tadqiqotlar  o‘tkazish  marketing  tadqiqotlarida  muhim 
ahamiyatga  ega.  Bu  vazifani  bajarish  uchun,  marketolog  tomonidan  tashqi  muhit 
omillarini    tahlil  qilgan  holda,  muammoni  paydo  bo‘lish  holatlari  yoritiladi. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  marketolog  tomonidan  har  bir  omilning  ta’sirini  ko‘ra 
bilishi  orqali  boshqaruv  qarorini  qanday  qabul  qilinishi  yondashuvi  ishlab  chiqiladi. 
Buning  uchun  qaror  qabul  qiluvchi  boshqa  shaxslar  bilan  vazifalarni  muhokama 
qilinishi,  tarmoq  ekspertlaridan  interv’yu  olinishi  hamda  ikkilamchi  ma’lumotlarni 
taxlil qilishi zarurdir. 


 
103 
 
Oldin  eslatib  o‘tkanimizdek,  marketolog  boshqaruv  qarorini  qabul  qilish  va 
qanday  maqsad  ko‘zlayotganini  aniq  bilishi  kerak  bo‘lsa,  menejerlar  tomonidan 
marketing  tadqiqotlarini  o‘tkazishning  to‘g‘ri  yo‘nalishlarini  belgilab  berilishini 
tasavvur qilishi lozim. Marketing tadqiqotlarining natijalari va ularning samaradorligi 
yeorxonalarda  menejer,  marketolog  va  boshqa  mutaxassislarning  hamkorlikdagi 
faoliyatiga bog‘liqdir. 
 
Marketing  tadqiqoti  muammosi  va  maqsadlarini  aniqlash  yalpi  tadqiqotda  eng 
muhim  va  ma’suliyatli  bosqich  hisoblanadi.  Qo‘pgina  hollarda  tadqiqot  maqsadi  uni 
vujudga keltirgan muammo bilan bir xil deb qaraladi. Aslida esa, mavjud muammoni 
hal etish maqsadga erishish imkonini beradi, deb qaralishi lozim. 
 
Muammoni  aniq  belgilash,  bu  tadqiqotni  to‘g‘ri  tashkil  etish  uchun  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Muammoning  mantiqan  to‘g‘ri,  sodda  va  maqsad  sari 
yo‘naltirilganligiga alohida e’tibor bermoq lozim.  
Aks holda, noto‘g‘ri ifodalangan muammo tadqiqotni maqsad sari yыnaltirilmaslikka, 
vazifalarni aniq belgilay olmaslikka, yuqori ortiqcha harajatga olib keladi.  
 
Ushbu  muammolar  turkumi  aniq  belgilangan,  lekin  ularni  hal  etish  tayinli 
ketma-ketlikni  va  kelgusi  intilishlar  uchun  zaruriy  ma’lumotlarni  to‘plash  zaruratini 
yaratadi. Jumladan, ilk tashkil etilgan sayoxat yo‘nalishlari davridayoq sayoщatchilar 
to‘g‘risida  imkoni  boricha  ko‘proq  ma’lumot  olish,  ularni  tilak  va  istaklarini 
o‘rganish zarur bo‘ladi. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish