Tadqiqotlari


Axborot olish usullari va ularning ayrim tavsifnomalari quyidagi 6.5 -jadvalda  keltirilgan



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

 
Axborot olish usullari va ularning ayrim tavsifnomalari quyidagi 6.5 -jadvalda 
keltirilgan. 
 
6.5-jadval 
Marketingda axborot to‘plash usullari 
Usul 
Ta’riflanishi 
Shakli 
Misol 
Afzalligi va 
muammolari 
1.Birlamchi 
tadqiqot 
Ma’lumotlar 
paydo 
bo‘lishi bilan ularni 
to‘plash 
Kuzatuv 
Sezgi organlari orqali 
his 
qilinuvchi
holatlarni ularga ta’sir 
ko‘rsatmasdan qamrab 
olish
dala 
va 
kabinet, 
shaxsiy, kuza-
tuvchi 
ishtirokida 
yoki usiz 
Do‘konda yoki 
rasta 
oldida 
iste’molchilar 
xulq-atvorini 
kuzatish 
Ko‘pincha ob’ektiv 
va 
so‘rovga 
nisbatan aniq. Ko‘p 
faktlarni 
kuzatib 
bo‘lmaydi. Xarajat 
katta 
So‘rov 
-
Intervyu 
Bozor qatnashchilari va 
ekspertlar 
o‘rtasida 
so‘rov o‘tkazish yo‘li 
bilan. 
yozma, 
og‘zaki, 
telefon orqali 
Birlamchi 
iste’molchi 
haqida 
ma’lumot 
to‘plash, firma 
va marka imijini 
o‘rganish 
Kuzatib 
bo‘lmaydigan 
narsalarni 
tadqiq 
qilish, ishonchlilik 
Panel 
Bir xil vaqt oralig‘ida 
bitta guruhdan qayta 
ma’lumotlar to‘plash
Savdo, 
iste’mol 
Do‘konlar 
guruhida savdo 
zaxiralarini 
doimiy kuzatib 
borish 
Vaqt 
bo‘yicha 
rivojlanishni 
aniqlash 
Sinov 
Bir 
omilning 
boshqasiga ta’sirini bir 
vaqtining o‘zida boshqa 
omillarni nazorat qilgan 
holda tadqiq etish 
Dala, 
laboratoriya, 
tajriba 
Bozor 
sinovi, 
mahsulotni 
tadqiq 
etish, 
reklama 
tadqiqoti 
O‘zgaruvchilar 
ta’sirini 
alohida 
kuzatish 
imkoniyati. Vaziyat 
nazorati. Vaqt va 
pul sarfi 
2.Ikkilam 
chi tadqiqot 
Mavjud ma’lumotlarni 
qayta ishlash 
Kabinet 
tadqiqotlar 
Tashqi 
statis-
tika va hisobga 
olingan 
ma’lumotlar 
asosida 
bozor 
ulushini 
tahlil 
qilish 
Xarajatlar kamligi, 
tezkorlik. 
Ma’lumotlarning 
eski 
va 
to‘liq 
emasligi 


145 
Marketing tadqiqotlarida eng keng tarqalgan uslub bu so‘rovdir. So‘rov bu 
odamlarning nuqtai nazarini aniqlash yoki ulardan biron-bir savol bo‘yicha ma’lumot 
olishdir. So‘rov marketingda axborot to‘plashning eng tarqalgan va muhim shaklidir. 
Tadqiqotlarning qariyib 90%i aynan shu usulga asoslanadi. So‘rov og‘zaki yoki 
yozma ravishda o‘tkazilishi mumkin. Og‘zaki va telefon orqali so‘rovlar odatda 
intervyu deb ataladi. So‘rovlar quyidagi turlarga taqsimlanadi:

so‘ralayotgan doirasi bo‘yicha (xususiy shaxslar, ekspertlar, tadbirkorlar va 
hokazo); 

bir vaqtning o‘zida so‘raladiganlar bo‘yicha (yakka holdagi yoki guruhli 
intervyu); 

so‘rovga kiritilgan mavzular bo‘yicha (bitta yoki bir nechta ); 

standartlashtirish darajasi bo‘yicha (erkin sxema yoki strukturalangan, to‘liq 
standartlashtirilgan struktura);

so‘rov tezligi bo‘yicha (bir yoki ko‘p martalik so‘rov). 
Yozma so‘rovda qatnashuvchilarga so‘rov varaqalari berilib, ular to‘ldirilishi 
va ko‘rsatilgan manzilga jo‘natilishi talab qilinadi. 
Axborot olishning kuzatuv usuli bozor tadqiqotlarida so‘rovga nisbatan ancha 
kam uchraydi. Ilmiy kuzatuv bir jarayon sifatida qabul qilinib, u: 

ma’lum bir tadqiqot maqsadiga xizmat qiladi;

bir tekisda va tizimli (sistemali) o‘tadi;

umumlashtiruvchi mulohazalar uchun xizmat qiladi, faqat qiziqarli 
ma’lumotlarni to‘plash bilan cheklanib qolmaydi;

aniqlik va ishonchlilik nuqtai nazaridan doimiy nazorat qilinadi.
Ushbu usulning so‘rov usuliga nisbatan afzalliklari quyida keltirilgan: 

ob’ektning hamkorlikka tayyorligiga, tadqiq etiluvchilarning ishning 
mohiyatini so‘z bilan ifodalash qobiliyatiga bog‘liq emasligi;

ob’ektivlik darajasining yuqori bo‘lishini ta’minlash imkoniyati;

anglamagan holda amalga oshirilgan xulq-atvorni tushunish imkoniyati 
(do‘kon rastalarida tovarni tanlash);


146 

atrofdagi vaziyatni, ayniqsa, asbob-uskunalar yordamida kuzatishda hisobga 
olish imokniyati.
Shu bilan birga mazkur usul ayrim kamchiliklarga ham ega: 

namoyish etishni ta’minlash qiyin;

kuzatuvchining sub’ektivligi;

ochiq kuzatuv paytida ob’ektlar xulq-atvori tabiiy xulq-atvordan farq qilishi 
mumkin (kuzatuv samarasi).
Kuzatuvning quyidagi usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

atrofdagi vaziyatning xarakteri bo‘yicha dala kuzatuvi bo‘lishi mumkin – bu 
jarayonlar tabiiy muhitda (do‘konda) ro‘y berishini anglatadi, yoki laboratoriya 
kuzatuvi, ya’ni sun’iy yaratilgan vaziyatda amalga oshiriluvchi kuzatuvlar. Birinchi 
shaklning afzalligi kuzatilayotgan shaxslarning xulq-avtori tabiiy bo‘lishidadir. 
Ikkinchi shakl kuzatuv shart-sharoitlarining barqarorligini ta’minlaydi hamda bir 
qator texnik vositalarni qo‘llashga imkon beradi;

kuzatuv joyi bo‘yicha bevosita tadqiqotchining ishtirokidagi kuzatuv va 
chetdan kuzatuv farqlanadi;

ob’ektni qabul qilish shakli bo‘yicha personal kuzatuv va asbob-uskunalar 
yordamida yoki xulq-atvor natijalarini qayd etish yordamida kuzatuvni ajratish 
mumkin; 

standartlashuv darajasi bo‘yicha standartlashtirilgan va erkin kuzatuvga 
taqsimlanadi.
Standartlashtirish bu yerda xulq-atvor sxemasining ma’lum bir mezonlarini 
belgilashni nazarda tutadi. Masalan, vitrinadagi reklama ta’sirchanligini kuzatish 
uchun yo‘ldan o‘tib ketayotganlarning quyidagicha xulq-atvor vraiantlarini ajratib 
ko‘rsatish mumkin: shaxs reklamaga e’tibor qaratmasdan do‘konga kiradi; shaxs 
avval reklamaga qarab, keyin do‘konga kiradi; shaxs reklamaga qarab, do‘konga 
kirmaydi; vitrinaga qaramay o‘tib ketadi. 
Eksperiment(sinov) deb bitta yoki bir nechta mustaqil o‘zgaruvchilarning 
o‘zgarishi boshqa bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatishi 
aniqlanadigan tadqiqotga aytiladi. Ushbu usulning o‘ziga xos belgilari:


147 

izolyatsiya qilinuvchi o‘zgarishlar (ayrim kattaliklar tadqiqotchi tomonidan 
variatsiyalanadi, boshqalari iloji boricha doimiy bo‘lishi lozim); 

tadqiqotchi ma’lumotlarning paydo bo‘lish jarayoniga faol aralashadi; 

sabab-oqibat aloqalari tekshiriladi (masalan, mahsulot o‘rovi rangining sotuv 
hajmiga ta’siri). 
Amaliyotda panellar qatori paydo bo‘ldi. Panel tadqiqotlari deb, bir vaqt 
oralig‘ida bitta ob’ekt yoki guruhdan qayta – qayta ma’lumotlar to‘planadi.

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish