51
Marketing tadqiqotlari tijorat shartlarida buyurtmachi
korxonaning dasturi va
buyurtmasi bo‘yicha ham, marketing firmasi tomondan ayrim korxonalar toifasi
uchun mo‘ljallangan standart dastur bo‘yicha mustaqil ham bajarilishi mumkin.
Bunday tadqiqot natijalari barcha xohlovchilarga sotiladi. Ba’zida marketing firmasi
tadqiqot
metodologiyasini, algoritmlar va amaliy dasturlarni sotadi. Tadqiqot
yakunlari, unig metodologiyasi, tavsiyalari va foydalanuvchilarga sotiladigan boshqa
narsalar o‘ziga xos tovar – talab katta bo‘lgan intellektual mahsulotni ifodalaydi.
Bunday faoliyat sohasi axborot mahsulotlari bozorining
ixtisoslashgan segmentini
ifodalaydi.
Marketing tadqiqotining muvaffaqiyati ma’lum darajada marketing xizmatini
tashkil qilishga, mohiyatiga ko‘ra inson omiliga bog‘liq bo‘ladi. Xodimlar malakasi,
tajribasi, ularning bozorni bilishi ko‘p jihatdan tadqiqot sifatini belgilab beradi. Biroq
bu natijalar marketing
xizmatining jihozlanganligiga, uning kompyuterlashtirish
darajasiga, aloqa vositalari mavjudligiga ham bundan kam bog‘liq emas. Nihoyat,
marketing tadqiqoti natijalari va samaradorligiga guruh ichidagi munosabatlar: uning
iyerarxiyasi, kommunikativ aloqalar, bir-birini qo‘llash, hamkorlik (yoki buning aksi
– pand berish, ig‘vogarlik va h.k.) ta’sir etadi.
Tabiiyki, ishchi vaziyat va
mahsuldorlik jamoadagi mikromuhitga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Marketing
xizmati faoliyatining mahsuldorligini ta’minlashda kim uni boshqarishi, kim menejer
va muvofiqlashtiruvchi ekanligi muhim rol o‘ynaydi.
Axborot-tahliliy faoliyatni
tashkil qilishning uch xil varianti bo‘lishi mumkin:
➢
birinchi variant. Ixtisoslashgan marketing xizmati mavjud emas. Axborot
to‘plash va uni baholash bilan firmaning ular faoliyat sohasiga marketing aloqador
bo‘lgan barcha bo‘linmalari shug‘ullanadi;
➢
ikkinchi variant. Firmada matritsa tamoyili yoki funksional tamoyil bo‘yicha
tashkil qilingan marketing xizmati mavjud. Har bir bo‘linma o‘z vakolatlari doirasida
axborot
to‘playdi
va
tahlil
qiladi,
xulosa
va
tavsiyalarni
esa
rahbar/muvofiqlashtiruvchiga taqdim etadi;
➢
uchinchi variant. Tadqiqotchilik ishlarining katta
hajmi marketing xizmati
doirasida marketing tadqiqotlari mustaqil bo‘linmasi tashkil qilishni asoslab bergan,
52
bunda u mutaxassislar bilan ta’minlanib, kompyuter va boshqa idora texnikasi bilan
jihozlanadi va marketing tadqiqotining barcha bosqichlarini ta’minlaydigan
darajada
tuziladi.
Murakkab marketing faoliyati, marketing xizmati bajaradigan keng funksiyalar
doirasida, har tomonlama to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari aloqalar marketing xizmati
axborot-tahliliy bo‘linmalari boshqaruv apparatini tashkil qilishga jiddiy talablar
qo‘yadi, ya’ni marketing-menejment va axborot-tahliliy
funksiyalar tahlil qilingan,
bir-biriga bo‘ysunish va muvofiqlashtirish munosabatlarida bo‘lgan iyerarxik
strukturalar tashkil qilishni talab qiladi. Bu jihatdan marketing xizmati faoliyati
menejment tamoyillariga asoslanadi.
Bundan
kelib chiqqan holda, marketing tadqiqotlarini tashkil qilishda,
korxonalar miqyosida menejment, ya’ni boshqaruv tamoyillariga asoslanamiz (2.5 –
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: