Tadqiqotlari


 Internetda mijozlar hatti – harakatini o‘rganish



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

11.4. Internetda mijozlar hatti – harakatini o‘rganish 
 
Internet paydo bo‘lgan kunidan boshlab axborot tarqatishning yaxlit bir 
muhitini 
yaratishi 
lozim 
bo‘lgan loyihadan kundan-kunga tijorat uni 
harakatlantiruvchi kuchga aylanib borayotgan markazlashmagan tarmoqqacha 
bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Foydalanuvchilarning o‘zi navigatsiya jarayonini 
boshqaruvchi Internet muhitida tijorat faoliyatining muvaffaqiyatga erishishi biznes 
va ularning manfaatlarini qanchalik hisobga olishi bilan belgilanishi mumkin, buning 
uchun esa ular kim, ularning ehtiyojlari, did-istaklari, xulq-atvor modellari qanday 
ekanligini bilish zarur. 
Internetda uning muloqot doirasi tavsifnomalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan 
tadqiqotlar bu savollarga javob topishi mo‘ljallangan. Uning asosiy tavsifnomalari 
qatoriga Tarmoq va uning ayrim saytlari muloqot doirasi hajmi, uning ijtimoiy-
demografik sur’ati, iste’mol ko‘rsatkichlari va hokazolarni ko‘rsatish mumkin. 
Internetda tadqiqotchilik agentliklari
Internetda eng ahamiyatli tadqiqotlar keng doirasini Nua Internet Surveys 
(www.nua.ie/surveys) serveridan topish mumkin. Bu yerda Internet muloqot 
doirasining nafaqat umumiy, balki ixtisoslashgan – mintaqaviy yoki tarmoq 
tadqiqotlari natijalari ham keltirilgan. Shu bilan birga Tarmoqning kelajakda 
rivojlanishiga doir bashoratlar ham ilgari surilmoqda. Yangi nashrlar haqida axborot 
olish uchun serverda jo‘natmalar ro‘yxati ishlab turibdi. Internet rivojlanishiga doir 
statistika axborotlari, yangiliklar va tahlillarning yaxshi manbalari sifatida Forrester 
Research (www.forrester.com), Cyber Atlas (cyberatlas.internet.com), AdKnowledge 
(www.adknowledge.com) 
va 
Internet 
Advertising 
Resource 
Guide 
(www.admedia.org)ni ko‘rsatish mumkin. 
Internet foydalanuvchilari umumjahon tavsifnomasi
Eng asosiy va o‘ziga jalb etuvchi masalalardan biri Internetning jamiyatga 
ta’sirini ko‘rsatuvchi Internetdan foydalanuvchilar umumiy soni hisoblanadi. Bu 
masalaga e’tiborni Internetdan tijorat yo‘lida foydalanish an’anaviy OAV kabi ko‘p 
jihatdan u mo‘ljallangan muhitda keng tarqalganlik darajasi bilan izohlanadi.


249 
O‘tkazilayotgan tadqiqotlar Internetdan foydalanuvchilarning taxminiy sonini 
baholashga imkon beradi va shu tariqa Internetning o‘sishi va rivojlanishi mezoni 
bo‘lib xizmat qiladi. Nua Internet Surveys (www.nua.ie/surveys/) tadqiqotlariga ko‘ra 
2014 yilning may oyida Internetga 980 mln. kishi ulanish imkoniga ega bo‘lgan. Bu 
o‘sha paytda yer shari aholisining 30 %dan kamini tashkil qilgan bo‘lib, Internet 
bugungi kunda rivojlanishning faqat dastlabki bosqichlaridan birida turganligidan 
dalolat beradi.
“Global Digital 2018” hisoboti bo‘yicha shu yilning yanvar oyiga Internetdan 
foydalanuvchilar soni 4.021 mlrd. yetdi. 
Bashoratlarga ko‘ra, 2019 yil yanvarga borib, Internetdan foydalanuvchilar 
soni sal kam 4.5 mlrd. kishidan ortib ketadi. 
Internetdan foydalanuvchilar sonining o‘sish dinamikasi turi tebranishlarga 
uchraydi. Bu ko‘rsatkichning maksimal o‘sishi yiliga qariyb 100 %ni tashkil etgan. 
Biroq AQSh va Kanada kabi rivojlangan mamlakatlarda aholining 80 %dan ortig‘i 
Internetga ulanish imkoniga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib 
boradi. Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni geografik ko‘rsatkichlari bir xilda 
emas.
11.2-jadvalda internetdan foydalanuvchilar soni dunyo mintaqalari bo‘yicha 
taqsimlangan holda keltirilgan. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish