Oqimning uzviylik tenglamasi. Bu tenglama massaning saqlanish qonunini ifodalaydi: quvurga oqib kirayotgan suyuqlik miqdori chiqayotganiga teng. Masalan, 1-rasmda tasvirlangan oqim nauchasi yoki 3-rasmda tasvirlangan quvur uchun . Bunda ekanligidan . Bu yerdan suyuqlik oqimining quvur- dan chiqishdagi tezligini topamiz: . Bu yerdan ko‘rinadiki, chiqishdagi oqim tezligi shu yuzaga teskari proporsional, ya’ni suvning uzoqqa otilishini kuzatish mumkin. Masalan, o‘t o‘chirish, ko‘chalarni yuvish, daraxtlar va paxtazorlarni purkab dorilash moslamalarida va hokazo, shu qonuniyatdan foydalaniladi.
Gidrodinamik napor - bu harakatdagi suyuqlikning energetik xarakteristikasi va u quyidagi formuladan topiladi:
bunda
z (m)- geometrik napor;
(m) - pyezometrik napor;
(m) - tezkor napor bo‘lib, suyuqlik harakatining miqdoridir va u kinetik energiyani ifodalaydi;
- potensial energiyani ifodalaydi;
- ortiqcha bosim;
- solishtirma og‘irlik;
- zichlik;
erkin tushish tezligi;
- oqim tezligi.
Shunday qilib, gidro- dinamik napor o‘rganilayotgan suyuqlik oqimi nuqtasining to‘la energiyasini ifodalaydi. Hisob jarayonida hv oqimning v tezligi qiymatidan topiladi. Gidrodinamik napor nolinchi O-O gorizontal tekislikdan boshlab hisoblanadi (4-rasm). Laboratoriya sharoitida tezkor napornning miqdorini pyezometr va Pito trubkalaridagi suyuqlik sathlarining farqi bilan ham aniqlash mumkin. Pito trubkasining pyezometrdan farqi uning suyuqlikka botirilgan uchining suyuqlik oqimiga qarshi qayrilganligida va u pyezometr kabi nafaqat suyuqlik ustunining bosimiga, balki yana oqim harakatining tezlik ta’siriga qarab ham o‘zgaradi.
Oqimlarning harakat rejimi. Barcha naporli va naporsiz oqimlarning harakat rejimi ikki turga bo‘linadi (1.6-rasm):
laminar (sokin, parallel sharrachali, kichik tezlikli oqimlar), bunda
;
turbulent (po‘rtanali, uyurmali, katta tezlikli oqimlar) bunda . Soddaroq qilibda aytganda:
laminar oqim bir-biriga tegib oqayotganda aralashmaydigan qatlamli oqish;
turbulent oqim tezlik ortganda qatlamlarning tartibsiz ravishda aralashib oqishi.
Reynolds soni (Re) bu o‘lchamsiz son (kriteriya) bo‘lib u quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi (5-rasm):
o‘rtacha tezlik;
kinematik qovushoqlik koeffitsienti;
R naporsiz oqimning gidravlik radiusi (m).
naporli oqimlar uchun , bunda
o‘rtacha tezlik;
d naporli quvurning ichki diametri (m);
kinematik qovushoqlik koeffitsienti;
Reynoldsning kritik soni ( ) bu oqim rejimi o‘zgarishi yuz beradigan Reynolds soni: naporli oqimlar uchun ; naporsiz oqimlar uchun .