-
jamoat
ishlarini
moliyalashtirish xarajatlari.
doir
maqsadli
tadbirlar
xarajatlari;
-
kam ta’minlangan oilalarga
to‘lanadigan
ijtimoiy
nafaqalar, moddiy yordam
hamda
tabiiy
ofatlardan
jabrlangan oilalarga moddiy
yordam xarajatlari.
nafaqalar,
moddiy
yordam, shuningdek tabiiy
ofatlardan
jabrlangan
oilalarga moddiy yordam
to‘lash xarajatlari.
O‘tgan yillar davomida mamlakatimiz byudjeti hisobidan moliyalashtirilib
kelinayotgan ijtimoiy soha, jumladan, maorif, kadrlar tayyorlash ya’ni o‘rta-
maxsus o‘quv xarajatlarini mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish amalga
oshirilmoqda.
Shuningdek,
mahalliy
byudjetlarda
markazlashgan
investitsiyalarnng hajmini yildan yilga oshib borishi, hududlar o‘z-o‘zini
boshqaruv organlari, xususan, mahallalar tomonidan aholini ijtimoiy himoya
muhtoj qatlamiga moddiy yordam mablag’lari va ijtimoiy nafaqalarga
sarflanadigan xarajatlarning keskin oshib borishini o‘zidayoq mahalliy byudjet
xarajatlarini davlat byudjetidagi salmog’i oshishiga olib kelmoqda.
3. IQTISODIY ISLOHOTLAR SHAROITIDA AHOLINI IJTIMOIY
HIMOYA QILISH XARAJATLARINI BYUDJETDAN
MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260-son
farmonini ijrosini ta’minlash maqsadid 2021 yil 12 oktyabrda O‘o‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 637-son qaror bilan “Temir
daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar
daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi
xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi
to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Yuqorida keltirilgan Prezident qarorga asosan
“
Temir daftar” va “Ayollar
daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan
yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy
qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish belgilangan bo‘lib,
qabul qilingan nizom bilan quyidagilar tartibga solinadi:
-
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kirgan oilalarning farzandlari
hamda “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlarning yangi turmush qurayotganda
ajratiladigan kredit manbalarini shakllantirish tartibi;
-
kreditni yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratish tartibi;
-
yoshlarning alohida toifasiga nisbatan belgilanadigan, jumladan, 18
yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, yangi (ikkala tomon uchun birinchi
marotaba) turmush qurgan, ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida
imtiyozli ipoteka krediti olmagan bo‘lishi va boshqa muvofiqlik mezonlari;
-
yoshlarning alohida toifasiga ajratilgan kreditlar monitoringini olib
borish va ularni qaytarish tartibi.
Qarz oluvchilar quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim:
-
kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 30
yoshdan oshmagan yoshlarning alohida toifalariga mansub O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi;
-
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari
hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari
(nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo‘lishi lozim);
-
daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan
yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek,
kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq
har oyda to‘lash uchun etarli bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va
hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi;
-
qarz yuki ko‘rsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va
mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarining ushbu qarz oluvchi va
birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadlarining 70
foizdan yuqori bo‘lmasligi;
-
yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joy qurish ishlari
qiymatining kamida 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badalni shakllantirish
imkoniyatiga ega bo‘lishi;
-
kredit ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida qarz oluvchining kredit
tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi
mavjud bo‘lmasligi;
-
ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka
kreditlaridan va ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalardan foydalangan holda
kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha
boshqa yordam olmagan bo‘lishi;
-
yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joy qurish uchun er
uchastkasiga umrbod egalik qilishi yoki mulk huquqi va belgilangan tartibda
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega bo‘lishi.
Bugungi kunda mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari aholini ijtimoiy
himoya qilish masalalarida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish orqali ishtirok
etadilar:
- ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj shaxslar va oilalarni, shu
jumladan, kam ta’minlangan oilalarni aniqlash;
- qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda, voyaga
yetmagan bolalari bor muhtoj oilalarga, bola 2 yoshga yetgunga qadar uni
parvarishlash bilan band bo‘lgan ishlamaydigan onalarga nafaqalarni hamda
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlash va to‘lash;
- tegishli hudduda yashovchi ijtimoiy zaif aholi toifasiga kiruvchi
fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga xayriya yordami va
homiylik mablag’larini jalb etish;
- yolg’iz keksa fuqarolar, nogironlar, yetim bolalar va ota-onasining
qaramog’idan mahrum bo‘lgan bolalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish va amalga oshirish;
- yolg’iz keksa fuqarolar, pensionerlar va nogironlarning
muloqotda bo‘lishlarini ta’minlash uchun mahallalar hududida jamoat
markazlarini tashkil etish;
- yosh oilalarga ijtimoiy yordam choralarini
ko‘rsatish;
- tarbiyasi og’ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga jamoatchilik yordami
choralarini jalb qilish;
- jazoni o‘tash joylaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy ko‘niktirish
bo‘yicha choralarni amalga oshirish.
O‘zini-o‘zi boshqarish organlari (qishloq, ovul, qo‘rg’on va mahalla
fuqarolar yig’inlari) kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam va ehtiyojmand
oilalarga nafaqalarni tayinlash va to‘lashdagi o‘rnatilgan tartibga rioya
qilinishiga ma’suldir
19
.
Bizga ma’lumki, belgilangan qonun ustuvorligi
prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha
islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolati hisoblanadi. O‘tgan
davrda qabul qilingan 400 ga yaqin yaxlit qonunlar hayotimizning barcha
sohalarini huquqiy tartibga solish bilan birga, fuqarolarning huquq va
manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Avvallari
ijtimoiy
nafaqalar fuqarolar yig'inlari tomonidan ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy
nafaqalar va moddiy yordam tayinlash vakolatini amalga oshirish jarayonida
oilaning o‘rtacha jami daromadi miqdorini aniqlashda oshkoralik va ijtimoiy
adolat tamoyillariga amal qilgan holda davlat mablag'lari hisobidan
19
O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi O’RQ-350 sonli
Qonuni, 22.04.2013 y. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son.
ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamni manzilli va maqsadli bo‘lishini ta'minlashga
ahamiyat qaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda nafaqa tayinlash tartibi
avtomatlashtirilidi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni qisqartirish vazirligining kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy
himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”
axborot tizimi orqali 2021 yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha
bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish
qilish nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni avtomatik
tarzda, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishning yangi
tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan
qo‘shimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam ta’minlangan oilalarga
bolalar nafaqasiga o‘tkazish belgilandi.
Bunda, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 22 yoshga
to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga
moddiy yordam miqdorlari oiladagi 18 yyoshgacha bo‘lgan bolalar sonini
inobatga olgan va amaldagi to‘lov muddatlaridan kelib chiqqan holda qayta
hisoblanadi.
Yana bir muhim masalalardan biri bu – jamoatchilik nazoratini samarali
yo‘lga qo‘yish bilan bevosita bog'liq. Ya’ni, kam ta'minlangan oilalar va
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz fuqarolarni aniqlash va hisobga olish,
aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashda, qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda bolali oilalarga va bola parvarishi bo‘yicha nafaqalarni
hamda kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlash va to‘lash kabi
ishlarni adolat tamoyillari asosida yuritishni fuqarolar yig'inlari qoshida tuzilgan
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyasi ishini samarali tashkil orqali
erishish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 fevralda “2021-2030
yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5634-sonli farmoyishi bilan
2021-2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi
konsepsiyasi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, ijtimoiy nafaqa olish jarayonini
soddalashtirish rejalashtirilgan. 2030 yilda davlat byudjetining ijtimoiy
himoyaga yo‘naltirilgan xarajatlari YaIMga nisbatan 1,5%ga etkaziladi. Ijtimoiy
himoya sohasida yagona mas’ul organ tuziladi.
Shuningdek, ushbu hujjat bilan 2021−2030 yillarda aholini ijtimoiy
himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi va strategiyani ishlab chiqish
bo‘yicha “Yo‘l xaritasi’ tasdiqlandi. Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy
strategiyasida ijtimoiy himoya sohasida ijtimoiy yordam va xizmatlarning
bazaviy kafolatlari belgilanadi.
Bunga quyidagi chora-tadbirlar kiritildi:
-
asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, ta’lim, parvarish va boshqa
zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar olishga imkoniyati bo‘lmagan bolalarga
ko‘maklashish;
-
kasallik, ishsizlik, onalik va nogironlik kabi holatlar tufayli o‘zini o‘zi
ta’minlash masalalarini to‘liq hal qila olmaydigan mehnatga layoqatli
fuqarolarni kafolatlangan daromadlar bilan ta’minlash;
-
keksa yoshdagi fuqarolarni kafolatlangan daromad bilan ta’minlash.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy
strategiyasi konsepsiyasi amaldagi ijtimoiy homoya tizimining samarali
ishlashiga to’sqinlik qiladigan asosiy kamchiliklar ko’rsatib o’tildi. Jumladan:
-
ijtimoiy himoya sohasida kompleks yondashuvning mavjud emasligi,
ya’ni ijtimoiy himoya sohasidagi munosabatlarni davlat tomonidan yagona
muvofiqlashtiruvchi organning mavjud emasliigi;
-
kambag’al va aholining ijtimoiy himoyalanganlik jihatidan zaif
qatlamlarning yetarli darajada qamrab olinmaganligi;
-
hayoti davomida barcha fuqarolar uchun hech bo’lmaganda asosiy
ijtimoiy muhofazaning, shu jumladan, asosiy tibbiy yordamdan foydalanish,
onalikni muhofaza qilish va bazaviy daromadlarni ta’minlaydigan kafolatlarning
yo’qligi;
-
shaffoflikni yetishmasligi, ya’ni ijtimoiy nafaqalarni olish jarayonini
kuzatish uchun sharoitning yo’qligi;
Bunday
tizimning
saqlanib
qolinishi
mavjud
muammolarni
chuqurlashihsiga
olib
keladi
va
aholini
turmush
farovonligini
yaxshilanmasligiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |