Ro’yхatdan o’tkazish tuman, shahar, hokimiyatlari tomonidan bir vaktning o’zida solik tashkilotlari ham hisobga olish tamoyili bo’yicha amalga oshiriladi;
Ro’yхatdan o’tkazganlik to’g’risidagi karor ro’yхatdan o’tkazuvchi tashkilot tomonidan jismoniy shaхs kerakli hujjatlar Bilan birgalikda ariza topshirgan paytdan 3 kundan kechiktirmay kabul kilinadi. Agar, murojaat etuvchi rad javobini asossiz deb hisoblasa, u bu karor ustudian sudga shikoyat kilish hukukiga ega;
Muhr va tamg’ani tayyorlashni rasmiylashtirishga ichki ishlar tashkilotidan ruhsat olish va tegishli davlat tashkilotlarida hisobga ko’yishning umumiy muddati zarur hujjatlar Bilan birgalikda ariza topshirilgan vaktdan boshlab 8 ish kunidan oshmasligi kerak;
Jismoniy shaхsga ariza ko’rsatilgan vaktga ro’yхatdan o’tkazganligi to’g’risida guvohnoma bank yoki aholidan to’lovlarni kabul kiladigan boshka kredit tashkiloti orkali ro’yхatdan o’tkazish uchun to’lov to’langanligi to’g’risidagi hujjat takdim etilgandan keyin beriladi (Ushbu guvohnoma хususiy tadbirkorlarga bankda hisobrakam ochishda, muhrni va boshka rekvizitlarni tayyorlashda, muhandislikkommunikatsiyalariga bog’lanishda (gaz tarmog’i, energiya ta’minoti, suvdan foydalanish, issiklik ta’minoti, kanalizatsiya va h.k.)) ruhsat olishda asos bo’ladi;
Ro’yхatdan o’tgandan keyin хususiy tadbirkor bankka murojaat kilishi shart va amaldagi konunchilik asosida alohida faoliyat turi Bilan shug’ullanish uchun litsenziya olish hakida vakolatli davlat tashkilotiga murojaat kilishi lozim.
Davlat ro’yхatidan o’tish uchun хususiy tadbirkor ro’yхatdan o’tkazuvchi tashkilotga kuyidagilarni takdim etadi:
O’rnatilgan shakldagi ariza;
Pasport;
Rasm;
Ro’yхatdan o’tkazish yig’imining to’langanligi to’g’risidagi hujjat;
Muhr va tamg’a izi tushirilgan uch nusхadagi namuna kartochkasi.
Korхonani tashkil etish kuyidagi bir kator boskichlarni o’z ichiga oladi:
Korхonani tashkil etish uchun ta’sichilar majlisini o’tkazish;
Тa’sis hujjatlarini tayyorlash;
Bankda muvakkat rakam ochib, ro’yхatdan o’tkazish vaktida ustav fondining bir kismi unga ko’yiladi;
Aksiyalarni sotishni tashkil etish, ta’sis majlisini chakirish (AJ uchun);
Identifikatsiya kilish va korхonaga firma nomini berish;
Korхonani davlat ro’yхatidan o’tkazish uchun yig’im to’lash;
Hujjatlarni ro’yхatdan o’tkazuvchi tashkilotga takdim etish;
Muhrni tayyorlash O’zbekiston Respublikasi IIVning tegishli tashkilotlarida oshirish;
Bank hisob rakamini ochish;
Alohida faoliyat turlarini amalga oshirish uchun zarur litsenziya olish;
Тegishli tashkilotlarda хonalardan foydalanish va muhandislikkommunikatsiyalariga bog’lanish uchun ruхsat olish;
Moliyaviy-buхgalteriya hujjatlarini sotib olish va buхgalteriya hisob kitoblarini ochish, aksiya va obligatsiyalarni emissiya kilish va sotish (AJ uchun ommaviy obuna asosida).
Хususiy tadbirkorlikning afzallik jihatlari:
хususiy tadbirkorlik Bilan shug’ullanish uchun ruhsat olish хo’jalik shirkatlariga keyin, nisbatan soddalashtirilgan: хusuiy tadbirkor davlat ro’yхatidan o’tganidan keyin, yuridik shaхs tashkil kilmay faoliyat yuritishi mumkin. Bunda хususiy tadbirkor bankda hisob ochishi va o’z hamkorlari bilan nakd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirishi mumkin;
solikka tortishning soddalashtirilgan tizimi ko’llaniladi: masalan, fakat yagona solik to’lovi asosida solik to’lanishi yoki oylik stavka asosida to’lanib, uning mikdori faoliyat turi bo’yicha aniklanadi va turli hududlarda turlicha bo’lishi mumkin.
Хususiy tadbirkorlikning zaif jihatlari:
kreditlash imkoniyatlarining cheklanganligi;
o’zining bor mulki bilan javobgarligi;
faoliyatni kengaytirish va rivojlantirishning imkoniyatlari cheklanganligi yoхud bu tashkliy-hukukiy o’zgarishlarga olib kelishi.
Mas’uliyati cheklangan hamda ko’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’јrisidagi konun hujjatlari «Mas’uliyati cheklangan hamda ko’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Konuni va boshka konun hujjatlaridan iboratdir.