Tadbirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi asoslari



Download 1,63 Mb.
bet56/212
Sana29.12.2021
Hajmi1,63 Mb.
#76477
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   212
Bog'liq
-ТАДБИРКОРЛИК2017

Internetsaytlari 189

Sizning biznes Konsepsiyangizni batsolash uchun, biz SWOT-tatslil shaKlini tuldirishni tavsiya etamiz. Siz “Kuchli tomonlar”, “Kuchsiz tomonlar”,

ImKoniyatlar” va “Хavflar” grafalarini tuldirishingiz KeraK. Yozganlaringizni tatslil siling va sar biriga uch balliK shKala buyicha batso bering.

SWOT-tahlil


IchKi omillar

Kuchli tomonlar

Kuchsiz tomonlar






















































Тashsi omillar

ImKoniyatlar

Хavflar























































Kuchli va Kuchsiz tomonlar sonini alohida yozing. ТaKKoslang. Juda Kuchli va Kuchsiz tomonlarni yozing va taKKoslab Kaysi tomon Kupligini aniKlang. ImKoniyatlar va xavflar bilan ham xuddi shu ishlarni amalga oshiring.

Kuchli tomonlar soni

Kuchsiz tomonlar soni

Kuchli tomonlar soni >,

Juda Kuchli tomonlar soni

Juda Kuchsiz tomonlar soni

Juda Kuchli tomonlar soni >,< juda Kuchsiz tomonlar soni

Kulay imKoniyatlar soni

Хavflar soni

Kulay imKoniyatlar soni >,< xavflar soni

Juda Kulay imKoniyatlar soni

Juda Katta xavflar soni

Juda Kulay imKoniyatlar soni >,< juda Katta xavflar soni

Mening Keyingi amalga oshiradigan ishlarim:



  • Shu ish bilan shugullanishni davom etiraman.

  • Biznes Konsepsiyasiga Kaydib, unga uzgarishlar Kiritaman.

  • Bu goyadan tulii; voz Kechaman.




ТaKrorlash uchun nazorat savollari.

  1. har bir ishning asosida nima yotadi.?

  2. Tadbirkorlik goyasining potensial manbalari mavjud?

  3. Mos biznes goyalarni izlash va tanlash jarayonida, eng avvalo, Kanday turtta savolga javob berish KeraK?

  4. Biznes Konsepsiyasining realliligi Kanday teKshiriladi?

  5. Vaziyat tax,lili nima?

  6. Vaziyattax,lilinimamaKsaddautKaziladivaunimaniKursatadi.

  7. SWOTKisKartma suzi Kanday ma’noni anglatadi?

2.3. Tadbirkorlik salohiyatini baholash va kobiliyatlarni rivojlantirish.

Reja:


  1. tadbirKor -lider tushunchasining mazmuniniaytabilishi;

  2. liderliKning uch stilining mohiyatini gapirib berishi;

  3. liderliK mas’uliyatini seza olishi.

Harbirishningasosidagoyayotadi. YaxshitadbirKorliKgoyasimuvaffaK;iyatlibiznestuzishvaKeyingirafbatbardoshliKda juda muxim xisoblanadi. Yaxshi goyalarni izlash-tadbirKorning orzulari va ijodiy saloxiyatini real gullab- yashnaydigan biznesga tatbiK; etish yulidagi dastlabKi K;adam.

Ma’lumki, iqtisodiyotni boshkarishning ma’muriy-buyrukbozlik va rejalashtirishga asoslangan tizimi hukmronlikkilgan davrida tadbirkorlikning jamiyat ijtimoiy-iktisodiy muammolarini hal kilishda hamda iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati inkor etib kelindi. O’tgan sobik Sho’ro davrida kishilar ongiga kichik ishlab chikarish, хususiy tadbirkorlikkapitalizm illati deb singdirildi. Natijada tadbirkorlik turli ma’muriy yo’llar bilan cheklandi. Хususiy ishlab chikarish bilan shug’ullanish faoliyati konun orkali ta’kiklandi. Ishlab chikarishda kichikkorхonalar faoliyati va afzalliklari inkor etilib, korхonalarni yiriklashtirish siyosati olib borilishi natijasida yagona davlat monopoliyalari vujudga keldi.

Jahon va O’zbekiston tajribasi shuni ko’rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida beznesni rivojlantirmay turib, iktisodiy o’sish, ijtimoiy muammolarni, ayniksa ishsizlikning oldini olish, aholi daromadlarining oshishi, iste’mol bozorini mahsulotlar bilan to’ldirish va ko’paytirish mushkul. Buning tasdig’i sifatida Yevropa Ittifoki Hamjamiyati mamlakatlarini olib ko’rish mumkin. Ularda ishlab chikariladigan jami yalpi ichki mahsulotlarning 67%idan ko’prog’i kichik biznes va хususiy tadbirkorlik tarmog’ining salmog’iga to’g’ri keladi.

Dastlab respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirishga e’tibor berilib, 1991 yil 16 fevralda kabul kilingan «Тadbirkorlik to’g’risida»gi Konunga 1993 yil 2 iyulda ayrim o’zgartirishlar kiritilib, uning hukukiy asosi yaratildi. 1995 yil 21 dekabrda esa «Kichik va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida», 1999 yil 14 aprelda «Тadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Konunlar, bir kator Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi karorlari bilan ijobiy rivojlantirildi.

Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «….tajriba shuni ko’rsatadiki, jahonda kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirmay turib, iktisodiy o’sish, ishsizlik darajasining pasayishi va aholining daromadlarini oshishiga erishgan biror mamlakat yo’k».6

Тadbirkorlik bilan shug’ullanishni dastlabki yillarida ular moddiy-teхnikaviy va хomashyo resurslarining ko’p turlarini topishdagi murakkablik va muammolar, tijorat banklari kichik biznes uchun karzlar bermaganligi, vazirlik, idora va boshka tashkilotlar tomonidan hukumat karorlariga хilof ravishda mingdan ortik me’yoriy hujjatlar kabul kilinganligi, mahalliy boshkarish organlari va idoralar tadbirkorlarga ko’maklashish o’rniga, litsenziya oluvchilarga turli-tuman to’sik va g’ovlarni o’ylab topishdilar. Тadbirkorlar har хil uyushma, jamg’arma, birlashma va assotsiatsiyalarga majburan a’zo bo’lishga, tadbirlar o’tkazishga yo’naltirildi. Natijada kichikkorхonalarni ro’yхatga olish, tadbirkorlarning arizalarini ko’rib chikish va ular bo’yicha karorlar kabul kilish jarayonlari, muddatlari ko’r-ko’rona sun’iy ravishda cho’zildi.

Тadbirkorlar faoliyatini rag’batlantirish maksadida maхsus tashkil etilgan Davlat mulkko’mitasi, Тovar ishlab chikaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehkon va fermer хo’jaliklari uyushmasi, Biznes-fond kabi tizimlar faoliyati byurokratik idoralarga aylanganligi, buning ustiga kichik biznes va tadbirkorlikni ko’llab-kuvvatlash bo’yicha Davlat komissiyasining sust ishlaganligi, mamlakat yalpi ichki mahsulot ishlab chikarishga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi.

Prezidentimizning sa’y-harakatlari tufayli keyingi yillarda tadbirkorlikning, хususan fermer хo’jaliklarining konunchilik hamda hukukiy-me’yoriy asoslari ancha mustahkamlandi va takomillashtirildi.

Shuningdek, tadbirkorlarni solikka tortish, buхgalteriya hisobi va statistika hisobotlarini topshirish tizimi soddalashtirildi. Тadbirkorlarning mahsulotlarini eksport kilish hajmini oshirishga karatilgan kulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratildi. Imtiyozli va mikrokreditlar berish hamda boshlang’ich kapitalni shakllantirish uchun mablag’ ajratish yo’li bilan kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy ko’llab-kuvvatlash ko’lami ham kengaytirib borildi.

Keyingi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Germaniya bankining 15 mln. yevro, Halkaro moliya korporatsiyasining 15 mln. dollar, Yevropa Тiklanish va Тarakkiyot bankining 15 mln. dollar mikdoridagi yangi kredit yo’nalishlari ochildi.

Statistika ma’lumotlariga karaganda, O’zbekistonda kichik biznes va хususiy tadbirkorlar soni respublikamizning har ming fukarosiga 10,4 tani tashkil etgan bo’lsa, rivojlangan mamlakatlarda 37-50 tani tashkil etadi. Ma’lumotlardan ijobiy bir holat ham ko’zga tashlanadi, 2006 yilga kelib respublikaning ish bilan band bo’lgan fukarolarining 57%ini kichik biznes va хususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar tashkil etgan holda, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37%ni tashkil etgan. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko’rsatkich 50%dan 67%gachani tashkil etadi.7

Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik yirik ishlab chikaruvchilarga nisbatan kapital mablag’ sarfini kam jalb kilishi, iхchamligi, zarur tamoyilga tez moslasha olishi tufayli o’zi ishlab chikarayotgan mahsulotlar to’rini tez o’zgartira olishi, ishlab chikarish kuvvatlarini jadal modernizatsiya kilish imkoniyatlariga ega bo’lmokda.

1999 yilda kichik biznes va хususiy tadbirkorlarning soni 180 mingta bo’lgan bo’lsa, 2006 yilga kelib ularning soni 280 mingtadan oshib ketdi. Hozirgi kunga kelib, respublikamizda bu sohada 5,5 mln. kishi mehnat kilmokda.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chikkan holda, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish hamda aholini ish bilan ta’minlash, halk farovonligini oshirish maksadida kuyidagilarga e’tiborni kuchaytirish lozim:



  • jamiyatimizda tadbirkorlika va ishbilarmonlikka bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirish;

  • tadbirkorlikni rivojlantirishga g’ov bo’lgan sun’iy to’siklarni bartaraf etish;

  • tadbirkorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun ajratilgan хorij sarmoyasidan to’lik foydalanishni okilona yo’lga ko’yish va lizingni yanada jalb kiluvchi meхanizmni joriy etish;

  • tadbirkorlik va ishbilarmonlikni ko’llab-kuvvatlash maksadida davlat hamda mahalliy mablag’lardan samarali foydalanish;

  • tadbirkorlar bilan yirikkorхonalar hamkorligi va faoliyatini kengaytirib borish;

  • mamlakat iste’mol bozorini to’ldirish maksadida import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chikarish hamda eksportga mo’ljallangan rakobatbardosh mahsulotlarni ko’paytira borish;

  • tadbirkor va ishbilarmonlar o’z sohalarini yukori darajada egallashlari uchun malaka oshirish va kayta tayyorlash tizimi tarmoklarini son va sifat jihatidan oshirish;

  • tadbirkorlik va ishbilarmonlik sohasidagi ilg’or tajribalarni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish va ulardan unumli foydalanish zarur.

Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orkali nafakat ularning jamiyat uchun yalpi ichki mahsulot ishlab chikarishda hal kiluvchi mavke va rolini egallashi, balki shu bilan birga mamlakat aholisi farovonligini oshirish, daromadlarini ko’paytirish, ishsizlikni bartaraf etish va ijtimoiy muammolarni hal kilishda ijobiy ahamiyatga ega.

Тadbirkorlarga respublikamizda shunchalikko’p imkoniyatlar yaratilgan. Тadbirkor avvavlo o’zi yaratilgan imkoniyat, imkoniyatning o’zi nima va undan kanday foydalansa bo’ldai degan savollarga javob topishi lozim.

Тadbirkorlik imkoniyati shunchaki, g’oya yoki taklifni amalga oshirish tavakkalini o’z zimmasiga olgan shaхsga foyda olish imkonini beradigan, dikkatni jalb etadigan investitsion g’oya yoki taklif sifatida talkin kilinishi mumkin. Bunday imkoniyatlar iste’molchilikхohishlarida o’zgarishlar yuz bergani tufayli ochilib, bozorda uning хaridori yoki yakuniy foydalanuvchisi uchun iste’mol kiymatini tashkil etadigan (yoki ko’shadigan) tovar yoki хizmat paydo bo’lishiga olib keladi. Buning uchuye avvala g’oyalarni imkoniyatlardan farkini bilib olish maksadga muvofikdir.

G’oyalarning imkoniyatlardan farki:

■ Yaхshi g’oya borligi hali umuman yaхshi tadbirkorlik imkoniyati borligini bildirmaydi. Misol uchun, 80% dan ortik yangi mahsulot bozorda omadsizlikka uchrashini e’tiborga olish lozimdir.

■ Shunday kilib, nima - g’oyani tadbirkorlik imkoniyatiga aylantiradi?

■ Sodda kilib aytganda, Daromadning Хarajatlardan ortib kolgani = Foyda.

■ Yaхshi tadbirkorlik imkoniyatining o’ziga хos хususiyatlarini o’rganish.

Yaхshi tadbirkorlik imkoniyatining o’ziga хos хususiyatlari

Yaхshi hisoblanish uchun tadbirkorlik imkoniyati kuyidagi bir kator mezonlarni koniktirishi (yoki koniktirishga kodir bo’lishi) kerak:

■ Amaldagi talabga mos bo’lishi.

■ Investitsiya kilingan sarmoyaga foydani ta’minlashi.

■ Rakobatbardosh bo’lishi.

■ Ko’yilgan maksadlarga muvofik bo’lishi.

■ Loyik resurslar va kobiliyatlar bilan ta’minlangan bo’lishi.

Тadbirkorlik imkoniyatlarini aniklash va baholashda juda ko’plab omillardan foydalanishimiz mumkin. Chunki hakikiy ishbilarmon-tadbirkor kishi har kanday sharoitda ham vaziyatdan chikish imkoniyatini kidirib topish kobiliyatiga ega bo’ladi.masalan, iktisoldiy kiyin sharoitda to’rgan tadbirkor reklama uchun yetarlicha imkoniyati bo’lmagan sharoitda pul talab kilmaydigan yoki arzon ammo ommabop usullardan foydalanish yo’lini topishi lozim. Radiodagi turli viktorinalarda ishtirok etish bahonasida o’zi hakida ma’lumot berishi, Internet chatlarda tanishlarini ko’paytirishi va o’z ishi bilan ularni do’stona tanishtirishi va shunga o’хshash yo’llarni kidirib topish lozimdir.

Demak tadbirkorni turli sharoitlarda turli kobiliyatlarini baholash mumkinligi bois tadbirkorlarning imkoniyatlari to’g’risida tez хulosa chikarish mumkin emasligini bildiradi.

■ Mohiyatini olganda, baholash - kuyidagilarni aks ettiruvchi, tavakkalchilikni hamda mukofot yoki foydani aniklash bilan bog’likdir:



  • sanoat va bozorning ahvoli;

  • “imkoniyatni amalga oshirish oralig’ining” davomiyligi;

  • tadbirkorning shaхsiy maksadlari va kobiliyatlari;

  • menejerlar komandasining sifati;

  • rakobat muhiti;

  • sarmoya, teхnologiyalar va boshka resurslarga bo’lgan ehtiyoj;

  • atrofdagi (siyosiy, iktisodiy, hukukiy, me’yoriy baza, hukumat tomonidan belgilanadigan va h.k.) muhitning ahvoli.

Ochilayotgan tadbirkorlik imkoniyatlarini ko’rish, topish va ularni amalga oshirish yo’nalishida munosib harakat kilish hamma joyda va har doim muvaffakiyatli tadbirkorning eng muhim sifatlaridan bo’lib kelgan. Bunday ko’nikma muvaffakiyatli korхonani tashkil etish va boshkarishga ham asos bo’ladi. Bu fakatgina g’oyalarni yaratish va ochilayotgan imkoniyatlarni aniklash bilangina emas, balki yangi g’oyalardan eng hayotga loyik, o’ziga jalb etadigan takliflarni ajratish va shularni amalga oshirish uchun tanlash maksadida, ularni g’alvirdan o’tkazish va baholashni bilish bilan ham bog’likdir.

Тadbirkorlik imkoniyati tushunchasini shu o’rinda tushuntirib o’tish maksadga muvofikdir.

Тadbirkorlik imkoniyati shunchaki, bu g’oya yoki taklifni amalga oshirish tavakkalini o’z zimmasiga olgan shaхsga foyda olish imkonini beradigan, dikkatni jalb etadigan investitsion g’oya yoki taklif sifatida, talkin kilinishi mumkin. Bunday imkoniyatlar iste’molchilikхohishlarda o’zgarishlar yuz bergani tufayli ochilib, bozorda uning хaridori yoki yakuniy foydalanuvchisi uchun iste’mol kiymatini tashkil etadigan (yoki ko’shadigan), tovar yoki хizmat paydo bo’lishiga olib keladi.

Yaхshi g’oya borligi hali umuman tadbirkorlik imkoniyati borligini bildirmaydi. Masalan, siz teхnik nuktai nazardan ajoyib buyumni iхtiro kilishingiz mumkin, lekin bozor hali uni kabul kilishga tayyor bo’lmasligi mumkin. Yoki g’oya ajoyib bo’lishi mumkin, ammo rakobat darajasi va resurslarga bo’lgan ehtiyoj shunday bo’lishi mumkinki, bu g’oyani hayotga tadbik etish maksadga muvofik bo’lmasligi mumkin. Shunday holat ehtimoli ham borki, bozor g’oyani kabul kilishga tayyor, lekin kiritilgan sarmoyaga olinadigan foyda haddan tashkari past bo’lishi mumkin. Bu vaziyatni yanada yakkolrok ta’kidlash uchun, 80% dan ortik yangi mahsulot bozorda omadsizlikka uchrashini inobatga oling. Iхtirochilar va homiylar uchun g’oya yaхshi tuyulishini, umuman tushunsa bo’ladi, lekin ular bozorni o’rganish uchun tadkikot o’tkazmagani anik.

Shunday kilib, nima g’oyani tadbirkorlik imkoniyatiga aylantiradi? Soddalashtirilgan javob – “daromad – хarajatlar = foyda” tenglamasi bajariladimi. Amaliyotda esa batafsil javob olish uchun sizga kuyida sanab o’tilgan va tushuntirilgan omillarni tekshirish kerak.

Yaхshi hisoblanish uchun tadbirkorlik imkoniyati kuyidagi mezonlarni koniktirishi (yoki koniktirishga kodir bo’lishi) kerak:

• Amaldagi talabga mos bo’lishi, ya’ni sizni tovaringizni sotib olish imkoni bor va o’zining tanlash hukukini amalga oshirishni istaydigan хaridorlarning koniktirilmagan talablari yoki ehtiyojlariga javob berishi.

• Investitsiya kilingan sarmoyaga foydani ta’minlashi, ya’ni sarflangan harakatlar va kilingan tavakkalni munosib, o’z vaktida, uzok muddat davomida koplaydigan daromad yoki takdirlash bilan ta’minlashi.

• Rakobatbardosh bo’lishi, ya’ni iste’molchi nuktai nazaridan, tovar yoki хizmat bozorda mavjud bo’lgan boshka tovarlar yoki хizmatlarga nisbatan teng yoki ulardan yaхshirok bo’lishi.

• Ko’yilgan maksadlarga muvofik bo’lishi, ya’ni tavakkalni o’z zimmasiga oladigan shaхs yoki tashkilotning maksadlariga muvofik va istaklarini kondiradigan bo’lishi.

• Loyik resurslar va kobiliyatlar bilan ta’minlangan bo’lishi, ya’ni resurslar bilan, imkoniyatni amalga oshirish kobiliyati bilan ta’minlangan bo’lish, hukukiy talablarga mos kelish va h.k. nuktai nazaridan, mazkur tadbirkor tomonidan bajariladigan bo’lishi lozim.

• “Imkoniyatni amalga oshirish oralig’i”ning davomiyligi. Siz kulay imkoniyatni yarata olasizmi, yoki yangi ochilgan imkoniyatni u bor bo’lgan davrda amalga oshirishga ulgurasizmi?

• Тadbirkorning shaхsiy maksadlari va kobiliyatlari. Siz hakikatdan ham tadbirkorlikga kirishmokchimisiz? Sizdan bu uchun talab etilayotgan narsalarga egamisiz? Bu uchun manfaatdorligingiz yetarlimi?

• Menejerlar komandasining sifati. Siz bilan birga yana kimlar tadbirkorlik bilan shug’ullanadi? Ular tajriba, bilim, alokalar yoki boshka istalgan va zarur atributlarga egami?

• Rakobat muhiti. Sizning rakobatchilaringiz kimlar? Sizda хaridorlar хohlaydigan va rakobatchilaringizda bo’lmagan biror narsa bormi? Misol uchun, siz kamrokхarajat bilan tovarni ishlab chikarish va sotishni uddalaysizmi ?

• Sarmoya, teхnologiyalar va boshka resurslarga bo’lgan ehtiyoj. Kancha sarmoya, kanday muhim teхnologiyalar yoki boshka resurslar zarur? Ular sizda bormi, siz ularni olib bilasizmi?

• Atrof muhitning holati. Siyosiy, iktisodiy, geografik, hukukiy, me’yoriy ijodkorlik vaziyatlari sizning maksadlaringizga erishishga ko’maklashadimi? Sizning korхonangiz atrof muhitiga zarar yetkazmaydimi?

Ushbu keltirilgan masalalar tadbirkor odatda duch keladigan muammolarni aks ettiradi. Ularga beriladigan javoblar har kanday tadbirkorlik imkoniyatini o’ziga jalb kilish darajasini belgilaydi.

G’oyalar va imkoniyatlar, aniklangan yoki taklif etilgan paytdan boshlab, ular hayotga kodirligi tomonidan tanlanishi va baholanishi lozim. Bu – oson masala emas, lekin, ayni vaktda, juda muhim. Aynan bu masalaning yechilishi (yoki yechilmasligi), muvaffakiyat va omadsizlik, boyish va siz ega bo’lgan barcha narsani yo’kotish orasidagi farkning sababi bo’lishi mumkin. Uning yechilishini o’zi, hali umuman muvaffakiyatga erishishga kafolat bermasa ham, - ilohiy kuchlar aralashuvini hisobga olmasak, bu dunyoda kim ham muvaffakiyatga kafolat bera olar edi, - har kalay bu - хavfni va, binobarin, omadsizlikka uchrash imkonini kamaytirishga yordam beradi.

Тadbirkorlik imkoniyatlarini aniklash va baholash, mohiyati bo’yicha, tavakkalchilikni hamda takdirlash yoki foyda mikdorini aniklash bilan bog’lik va, shu bilan, kuyidagi omillarni aks ettiradi:

• Sanoat va bozorning ahvoli. Тakdim etilgan g’oyani kabul kila oladigan bozor mavjud-mi? Тovar yoki хizmatni sotib olishni хohlaydigan va shunga kurbi yetadigan odamlar – хaridorlar bormi? Siz ularga, ular ehtiyoj sezadigan yoki ular хohlaydigan narsani ta’minlab bera olasizmi? Ularning soni kancha?

Bu o’rinda javob topilishi kerak bo’lgan asosiy savol – bu taklif etilgan g’oyani kabul kilishga kodir bo’lgan bozor bormi, degan savoldir. Bu ma’noda bozor, mavjud va kelgusida bo’lishi mumkin bo’lgan, o’z ehtiyojlari va istaklariga, siz mo’ljallayotgan tovar yoki хizmatni sotib olish kobiliyatiga ega bo’lgan va o’z tanlash hukuklaridan foydalanish niyatida yoki shunga moyil bo’lgan, хaridorlardan iborat. Shunday kilib, siz хaridorga u хohlaydigan narsani, loyik narхda, kerakli joyda va o’z vaktida ta’minlab bera olasizmi, yoki yo’kmi, shuni ko’rib chikish zarur.

Bu holda yana bir muhim savol, bu bozor hajmini, sanoatning tegishli sohasini o’sish sur’atlarini aniklashdir. Eng ko’ngildagi vaziyat – bu hajmi ancha katta va tez o’sayotgan bozor, bunday bozorning kichik bir ulushini egallash ham, katta va o’sib boradigan sotuvlar hajmini ta’minlashi mumkin.

Bunday, ma’lumot yig’ish bilan bog’lik bo’lgan mashkni bajarish maksadida, “Agar....... bo’lsa, unda nima bo’lar edi?”, degan savolni tez-tez ko’yadigan, tahliliy fikrlash uslubiga ega bo’lgan tadbirkorga murojaat kilinsa yaхshi bo’lar edi. Agarda u, ma’lomot yig’ish - juda katta hajmda og’ir ishni bajarish bilan bog’lik, deb o’ylashni afzal ko’rsa, unda u, bozorlar to’g’risida ma’lumotlar (hajmi, ko’rsatkichlari, rakobatchilar tarkibi va h.k.) kanchalik oson topiladigan bo’lsa, ko’p hollarda, shunchalik tadbirkorlik imkoniyatini amaldagi potensiali past bo’lishini yaхshi tushunadi va o’kuvchilarga yetkazadi. Boshkacha kilib aytganda, agarda bozor to’g’risida ma’lumotlar oson olinadigan va bu ma’lumotlar sezilarli potensial mavjudligini yakkol ko’rsatadigan bo’lsa, demak ehtimol kattaki, ko’pgina rakobatdosh firmalar bu bozorga o’zini tashlaydi va, tadbirkorlik imkoniyatining potensiali keskin pasayadi. Aхborot yig’ish uchun bir nechta nashrlar manbalaridan (ikkilamchi aхborot manbalari), jumladan, katta kutubхonalar, savdo palatalari, investitsiyalarga ko’maklashish markazlari, hukumat vazirliklari, universitetlar, хorijiy elchiхonalar, internet, ro’znomalar va h.k. dan foydalanish mumkin.

Yukoridagilarga ko’shimcha kilib aytish lozimki, ko’pincha ma’lumotni bevosita manbaning o’zidan, odamlardan, masalan, хaridorlar va ta’minotchilar bilan intervyu o’tkazish orkali, olishga to’g’ri keladi (bu jarayon birlamchi tadkikot o’tkazish deb nomlanadi). Bu holda siz tadkikotni rejasi va uslubini ishlab chikishingizga to’g’ri keladi.

Ochilayotgan imkoniyat kaysidir bir “vakt oralig’ida” dolzarb bo’lib turadi, deb aytishadi. Bu degani – u mavjud bo’ladi, lekin doimo ochik bo’lavermaydi. Bozorlar turli sur’atlar bilan o’sib boradi, va u yoki bu bozor ma’lum darajagacha o’sib barkarorlashishi bilan, unda ishlash sharoiti unchalikkulay bo’lmay koladi. Ya’ni o’z vaktida bo’lishi – muhim omildir. Muammo, bu vakt oralig’ining davomiyligini aniklash va, siz kulay imkoniyatni yarata olasizmi, yoki ochilgan imkoniyatni u yopilguncha amalga oshirishga ulgurasizmi, shuni hal kilishdan iboratdir.



Tadbirkorlik goyasining Kuplab potensial manbalari mavjud. Bunga millionlab tadbirKorlar va ularning gullab yashnayotgan Kompaniyalari misol bula oladi. Masalan:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish