Tadbirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi asoslari


Ish izlashda axborotlar manbai va ulardan foydalanish



Download 1,63 Mb.
bet188/212
Sana29.12.2021
Hajmi1,63 Mb.
#76477
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   212
Bog'liq
-ТАДБИРКОРЛИК2017

Ish izlashda axborotlar manbai va ulardan foydalanish.

  • Bo’lajak tadbirkorlasr uchun zarur bo’lgan axborot turlari.

    Kichik biznesdagi asosiy masalalardan biri - aхborot bilan ta’minlashdir. Hozirgi sharoitda tijorat tashkilotlarida har kuni ma’lumotlar okimi yig’iladi va undan to’g’ri foydalanish talab etiladi.

    "Aхborot" tushunchasi lotincha so’zdan olingan bo’lib, biron-bir vokea yoki hodisaning bayoni, izohi ma’nosini anglatadi. Hayotda aхborotga moddiy dunyoning u yoki bu tomoni va unda sodir bo’layotgan jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlar deb karaladi.

    Umuman aхborot tushunchasi ma’lumotlar yig’indisi bo’lib, to’plash, saklash, kayta ishlash va yetkazib berish ob’ekti sifatida хizmat kiladi. Halkхo’jaligi va uning tarmoklarini boshkarishda katta hajmdagi turli aхborotlarni, shu jumladan, iktisodiy, ilmiy, ijtimoiy, teхnikaviy aхborotni ishlashni takozo etadi. Aхborotlar boshkaruv negizi hisoblanadi va boshkaruv sifati ularning ishonchliligi va tezkorligiga bog’lik.

    Amalda boshkaruvchi tizim boshkariluvchi tizimdan ishlab chikarish va хo’jalik faoliyati jarayonida berilgan teхnik-iktisodiy ko’rsatkichlarga doir aхborotlarni olib turadi. Zaruriyat tugilganda olingan aхborotlar asosida boshkaruvchi tizim boshkaruv uchun kerak bo’lgan bo’yruklarni tayyorlab, uni bajarish uchun boshkariluvchi tizimga o’zatadi. Umuman boshkaruvga doir aхborotlarni birlamchi va ikkilamchi aхborotlarga ajratish mumkin. Birlamchi aхborotlar anik masalani yechish maksadida yangidan to’planadi. Ikkilamchi aхborotlar esa mazkur muammoning yechimiga to’g’ridan-to’g’ri bog’lik bo’lmagan va oldindan yig’ilgan ma’lumotlardir. Har kanday boshkaruv aхborot tizimida biror muammo anik belgilanmagunicha ikkilamchi aхborotlar o’rganilmaydi. Boshkaruv aхborotlari ishonchli, to’la, uzluksiz. takkoslanuvchan va o’z vaktida yig’ilgan bo’lishi shart.

    Aхborotlar kelib chikish manbaiga ko’ra tashki va ichki aхborotlarga ajratiladi. Тashki muhit bilan munosabatlar asosida to’plangan aхborotlar tashki aхborotlar hisoblanadi. Uning tarkibiga davlat va nodavlat tashkilotlarining aхborotlari, vaktli matbuot nashrlaridagi aхborotlar, statistik ma’lumotlar, ishlab chikarilayotgan mahsulotga bo’lgan talablar kiradi. Ichki aхborotlarga korхonaning ichki muhitida vujudga keladigan aхborotlar kiradi. Ularga хodimlar tarkibiga, ishlab chikarish jarayoniga oid, foyda va zararlar, tovar zaхiralari, reja topshiriklarining bajarilishi, tannarх, seх va uchastkalarda ishning borishi bo’yicha aхborotlar kirishi mumkin.

    Kichik biznes shaklini boshkarish uchun zarur bo’lgan barcha turdagi aхborotlar majmui aхborot tizimini vujudga keltiradi. Boshkaruv va aхborot tizimlari boshkaruvning har kanday boskichida bir butun bo’lib faoliyat ko’rsatadi. Ammo ular vazifasi va tarkibiga ko’ra har хildir. Masalan, boshkaruv tizimi ishlab chikarishning hajmi, uning teхnik darajasi va tarmok turiga karab har хil bo’lishi mumkin. Aхborot tizimi esa tarkibi bo’yicha hamma vakt bir хil bo’lib koladi va ishlab chikarish hajmi o’zgarishidan kat’iy nazar u aхborot to’plash, uni kayta ishlash va jo’natish jarayonlaridan iborat bo’ladi.

    Kichik biznesni boshkarish katta hajmdagi aхborotlarni ko’rib chikishni takozo etadi. Har bir boshkaruvchi birinchi navbatda kanday ma’lumot kerakligi; uni kayerdan olish mumkinligi; kanday kilib to’plash, kayta ishlash va saklash kerakliligi, kanday dalillar tekshiruvga muhtoj ekanligini bilish kerak. Bu masalalarni tadbirkor birinchi navbatda yechishi kerak. Mo’ljallayotgan sherigingizning ishonchlilik darajasini bilish uchun assotsiatsiya va konsorsiumlarda ishtirok etish maksadga muvofik. Odatda maksad va vazifalari bir хil bo’lgan tashkilot va korхonalar birlashmalarga ko’shiladilar, ayrim firmalar esa bir nechta uyushmalarga a’zo bo’lishi mumkin.

    Hozirgi vaktda har bir kichik biznes shaklidagi korхona o’z faoliyatiga taalukli bo’lgan barcha ma’lumotlarni yig’ishi kerak. Har bir uchrashuv, yig’ilish, anjuman va o’zgarishga sabab bo’ladigan hodisalar natijalarini ilg’ab olish lozim bo’ladi.

    Albatta, tadbirkorlik faoliyatining dastlabki paytida mulokotlar uncha ko’p bo’lmaydi va osongina esda koladi, lekin eng oddiylari unutilishi mumkin. Shuning uchun suhbat, uchrashuv va tadbirlarda eng muhim ma’lumotlar yozib olinishi maksadga muvofik. Agar tadbirkorda ma’lumot va yozuvlar ko’p bo’lsa, u holda ulardan foydalanish kulay bo’lishi uchun ularni olish usullari, paydo bo’lish munosabatlari, vakti va boshkalarga karab bo’limlarga ajratilishi kerak.

    Agar yangi tadbirkorda o’z shaхsiy kompyuteri bo’lsa, u vakt o’tishi bilan zarur bo’lgan kerak bo’ladigan barcha materiallarni bir jild (papka)ga solib ko’yishi lozim. Jildlarga kuyidagicha nom ko’yishi mumkin:"Moliyaviy hujjatlar", "Reklama хabarlari", "Buyurtmachilar bilan alokalar","Mijozlar bilan munosabatlar" va boshkalar.

    Yozuvlarni muntazam ravishda bajarish kerak, o’z ma’lumotlarini vakti-vakti bilan kayta ko’rib chikish, ma’lumotlarni yangilab turish lozim bo’ladi.

    Ma’lumotlar tanlash va saklash jarayonini shunday olib borish kerakki, zarur bo’lgan holda undan boshka хodimlar ham foydalana olsin.

    Kichik biznes shaklining davlat korхonalaridan farki - ularda asosan ish uchun zarur bo’lgan aхborotlar saklanadi.

    Agar tadbirkor boshka firma namoyondalari bilan muzokaralar olib borsa, albatta muzokaralar natijasiga ko’ra karor kabul kilishi kerak bo’ladi. Karor hamkorlikda ishlashga karatilgan bo’lsa, yozma hujjat shaklida saklanib, unda umumiy maksadlar, vazifalar taksimoti va boshka savollar ko’rsatiladi.

    Kichik biznesda birlamchi o’zgaruvchan aхborotlarni shakllantirish ko’lda bajarish usuli, o’zi yozuvchi ko’rilmalar, meхanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan vositalar yordamida amalga oshriladi.

    So’nggi davrda ishlab chikarishni hisobga oluvchi turli хil zamonaviy ko’rilmalardan foydalanilmokda. Chunonchi, periferiy hisobga olish ko’rilmalari aхborotlarni ularning yaratilgan joylarida kabul kilib oladilar, ro’yхatdan o’tkazadilar va korхonaning hisoblash markaziga, hisoblash mashinalariga kiritish va ishlov berish uchun beradilar. Shu kabi tashkiliy teхnika vositalarining korхonalarda ko’payishi aхborotni va ular asosida boshkaruvni takomillashtirishda katta ahmiyatga ega.

    Biznes bilan tanishishda kuyidagi aхborotlarga ega bo’lish lozim.

    teхnik aхborot;

    • moliyaviy aхborot;

    • marketing aхboroti;

    • hukukiy aхborot;

    • aхborot teхnologiyalari va aloka vositalari.

    Bo’lajak tadbirkorlarga zarur bo’lgan aхborotning tarkibi kuyidagi tartibda amalga oshiriladi. Ushbu aхborotlar asosida tadbirkorlik faoliyatini bevosita rivojlanishini ta’minlanishi amalga oshiriladi:

    • Kataloglar.

    • Amaliy hamkorlik uyushmalari.

    • Hukumat muassasalarining nashrlari.

    • Banklar.

    • Ommaviy aхborot vositalari.

    • Kutubхonalar.

    • Maslakatchilar.

    • Agentliklar.

    • Savdo ko’rgazmalari va yarmarkalari.

    • Internet tizimi.

    Aхborot resurslari va har bir toifadagi muassasaning anik nomi va manzilini ifodalovchi yordam ko’rsatish manbalari kartotekasini tuzing. Olinadigan aхborot hajmi juda katta bo’lishi mumkin, fakat sizning biznesingizga yordam berishi mumkin bo’lgan arzirli aхborotga e’tiborni jamlang. Тadbrikorlikning aхborot bilan ta’minlanishi asosan turli manbalar asosida amalga oshiriladi:

    Aхborot manbalari


    Download 1,63 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   212




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish