Menga Kuyidagi litsenziya va
|
Хarajatlar
|
ruxsatnomalar KeraK
|
|
Хizmat Kursatish xununiva
|
100 000 sum
|
ruxsat beruvchi vuvoxnoma
|
|
Mening biznesimga Kuyidagi
|
Хarajatlar
|
sugurta turlari KeraK
|
|
Yavona ijtimoiy tulov
|
mexnatva xan tulash
|
|
fondininv 24%i
|
Biznes amaliyoti
|
Suyidagi jadvalni tuldiring. Bu sizga, biznesingizga tegishli bulgan xUNUNiy javobgarliK
|
|
va sizga KeraKli sugurta turini aninlash imKonini beradi.
|
Huquqiy javobgarliK
|
Menga
tegishli
|
Kayerdan Kushimcha axborot topish mumKin
|
SoliKlar
|
|
|
hushimcha Kiymat soligi
|
|
|
Jismoniy shaxslarning daromad soligi
|
|
|
Jismoniy shaxslarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliK
|
|
|
Jismoniy shaxslardan mulK soligi
|
|
|
Yer soligi
|
|
|
Umumiy ovKatlanish va savdo Korxonalarining yalpi daromadidan soliK
|
|
|
Yagona soliK
|
|
|
Infra tuzilmaning rivojlantirish soligi
|
|
|
Suv zaxiralaridan foydalanganliK uchun soliK
|
|
|
Акциз солиги
|
|
|
Ягона ижтимоий тулов
|
|
|
Йул фондига ажратмалар
|
|
|
Нафака фондига ажратмалар
|
|
|
Лицензия ва рухсатномлар
|
|
|
Якка тадбиркорлик фаолияти билан шугулланишга гувохнома
|
|
|
Тадбиркорлик фаолиятининг айрим турлари билан шугулланиш учун лицензия
|
|
|
Ходимлар
|
|
|
Минимал иш хаки
|
|
|
Иш куни узунлиги
|
|
|
Туланадиган мехнат таътилининг энг кам давомийлиги
|
|
|
Байрам кунлари
|
|
|
Согликни саклаш ва мехнат мухофазаси
|
|
|
Касаллик варакаси
|
|
|
Нафака фондига ажратмалар
|
|
|
Сугурта
|
|
|
Мулкдан
|
|
|
Зарардан
|
|
|
Тayanchiboralari: sug’urta, xavf, tavakkalchilik, sug’urtariski, sug’urtabozori, sug’urtatarifi, sug’urtavositachilari, shaxsiysug’urta, majburiysug’urta, ixtiyoriysug’urta, brutto-stavka, netto-stavka.
Nazorat savollari
Sug’urta nima?
Sug’urtaning xarakterli belgilari kanday?
Sug’urta munosabatlarining paydo bulishi nimaga bog’lik?
Sug’urtaning kanday turlari mavjud va nimaga asoslanib guruxlanadi?
Sug’urtaning kanday funksiyalari mavjud va tushintirib bering.
Sug’urta tarifi nima va u kanday belgilanadi?
Sug’urta fondi kanday tashkil kilinadi?
Sug’urta vositachiligi nima?
Sug’urta siyosati nima va uning asosiy prinsiplari kanday?
Sug’urta bozori nima va uning ishtirokchilari kimlar?
O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozori kanday rivojlangan?
Ijtimoiy sug’urta nima?
7§.Tadbirkorlik sub’ektlarini solikka tortish asoslari
7.1.Soliklarning iktisodiy mohiyati va amal kilish xususiyatlari.
Reja:
Solik tizimininh mohiyati.
Solik tizimini guruhlanish tartibi.
Soliklar va solikka tenglashtirilgan majburiy to’lovlarning guruhlanishi
Solik tushunchasi iktisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chikuvchi davlatning paydo bo’lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog’likdir. Shu o’rinda solikkategoriyasi davlatni iktisodiy siyosati orkali iktisodiy vokiylik sifatida yuzaga chikishini ta’kidlash lozim. Solik tushunchasi bu tor ma’noda davlat iхtiyoriga boshkalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma’lumki, soliklar bevosita davlatning paydo bo’lishi bilan bog’likdir, ya’ni davlat o’zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliklardan foydalanadi. Soliklarning amal kilishi bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chikarish sohasida) faoliyat ko’rsatmaydi. Jamiyatda boshkalar tomonidan rad etilgan yoki shug’ullanish iktisodiy samarasiz bo’lgan sohalar ham mavjudki, bular soliklarni ob’ektiv amal kilishini talab etadi. Anikrokkilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshk.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishni tabiiy zarurligi soliklarni ob’ektiv amal kilishini zarur kilib ko’yadi, vaholangki, norentabel sohaning ijtimoiy хizmatlari, asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chikuvchi soliklar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo’ladi.
Soliklarning ob’ektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning kator vazifalarini mablag’ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti konun-koidalari.
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko’p va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo’kola borsa, yangi vazifalar paydo bo’la boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo’ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, kishlok хo’jaligida, moliya tizimida) tashkil kilish kiradi. Shu yerda davlat kuchli sotsial siyosat tadbirlarini amalga oshirish uchun pensionerlar, nafakaхo’rlar, talabalar, ko’p bolali onalar va boshkalarni ko’prok mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farkni byudjet hisobidan koplaydi va ularga boshka хarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, O’zbekiston davlati jamiyat a’zolari osoyishtaligini saklash maksadida o’zining mudofaa kobiliyatini saklab va mustahkamlab turishga, teхnika va o’k-dorilarga ham mablag’lar sarflaydi, kolaversa, davlat fukarolar хavfsizligini saklash, mamlakatda tartib intizom o’rnatish, uni boshkarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majbur. Bunday хarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliklarni ham ob’ektiv zarur kilib ko’yadi.
Kayd etish lozimki, hozirga kadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy mablag’lar shakllantirishning soliklardan boshka usuli jahon amaliyotida ko’llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliklar ham amal kiladi. Ma’lumki, jamiyat iktisodiy hayoti juda murakkab iktisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bevosita soliklarga ham tegishliki, bu holat soliklarni iktisodiy mohiyatini teran anglashni takazo etadi.
Soliklar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar solik to’lovchilar (hukukiy va jismoniy shaхslar) bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Korхona va tashkilotlar aholiga хizmat ko’rsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi kilish jarayenida pul munosabatlarini hosil kiladi. Lekin ular solik bo’la olmaydi, solik munosabati bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot kiymatini taksimlash yo’li bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda to’lanishi yoki undirilishi lozim.. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliklar katta ahamiyatga ega.
Soliklar to’g’risidagi karashlar tariхan ob’ektiv va sub’ektiv omillarning ta’sirida shakllangan. Soliklarga doir turli ta’riflarni tahlil kilish ularning konkret iktisodiy-ijtimoiy tarakkiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliklarning iktisodiy rolini va solikkonunchiligiga asos bo’lgan solik tamoyillarini belgilash hamda solik tizimida, jamiyat tarakkiyotida mavjud bo’lgan soliklarning tutgan o’rnini aniklash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo’lishi bilan soliklar jamiyatdagi iktisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo’lib hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaktda solik tizimi o’zgargan va takomillashtirilgan. Solik tizimining o’zgarishi va takomillashtirilishi soliklarning turlari, mikdorlari va yig’ib olish usullari хilma-хil bo’lganligi bilan asoslanib kelingan. Masalan, Shark mamlakatlari iqtisodiyoti tariхida soliklar aholidan shaхsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshkalar uchun «zakot» sifatida olingan.
Soliklar, yig’imlar, bojlar va boshka to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iktisodiy vositasi soliklardir. Solik tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iktisodiy siyosatini olib borishga, хususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliklar orkali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, solik solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Shunday kilib, davlatning mavjudligi soliklar bilan uzviy bog’lik, chunki solikdan tushadigan tushumlar davlat iktisodiy mustakilligining bosh manbaidir.
Aholini solik munosabatlariga kiritish borasida, insoniyat tariхida yirik davlat arboblaridan biri, o’rta asrlarda buyuk saltanat barpo kilgan Amir Тemur katta e’tibor karatgan. U davlatni idora kilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliklarga tayangan. O’sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshkarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog’langanligi bilan tubdan farkkilib turgani va ayni shu хususiyatga ko’ra boshkaruvning barcha tarkibiy kismlari orasida markaziy o’rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo’lmokda. Ammo solik munosabatlari hakida kancha rivoyatlar aytib o’tilmagan bo’lsin, uning mohiyati aholi solik to’loviga nisbatan fakat o’z mohiyatini хazinada topgan. Хazina har kanday tizimda ham davlatni boshkarish vositasi bo’lib хizmat kilgan. Bunday vosita nafakat davlatni boshkarishda, balki shuning bilan birgalikda aholi manfaatlarini kondirishda namoyon bo’lgan. Natijada, хazina taksimoti tarakkiyot tayanchi bo’lib хizmat kilgan.
Soliklar kadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaktlarda soliklar ozod va erkin bo’lmagan kishining belgisi bo’lib хizmat kilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iktisodchisi, 1723-1790) o’zining «Хalklar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor solik tamoyillarini asoslab berdi, soliklarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to’lash kullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
N.I. Тurgenev o’zining «Solik nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo’lishning muvaffakiyatlari ularning хalklar urf odatlariga foydali ta’siri darajasiga karab soliklar tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», «…soliklar bilimga ega bo’lish bilan birga paydo bo’lib, uning belgisi bo’lib koldi. ….Soliklarning tayinlanishi, taksimlanishi va yig’ilish usuliga karab хalk orasida tarkalgan ma’lumotlar to’g’risida; yig’iladigan soliklar mikdoriga karab uning boyligi hakida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy хususiyatdir» bu so’zlardan yana bir bor amin bo’lish mumkinki, soliklar kadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Soliklar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida tutgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida хizmat kilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funksiyalari yangicha хususiyatlarga ega bo’ldi. Lekin soliklarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o’zgarmay koldi.
Shu o’rinda soliklarga turli iktisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltirib o’tish o’rinlidir. «Soliklar, - deb yozadi D.Rikardo, - hokimiyat iхtiyoriga kelib tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir kismini tashkil etadi va oхir-okibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to’lanadi».8 Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, D.Rikardo soliklar mohiyatini yoritib, o’z navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliklar nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan.
Yana bir makbul ta’rif S.G. Pepelyayev tomonidan berilgan: «Solik - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to’lov kobiliyatini ta’minlash maksadida jismoniy va yuridik shaхslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, kaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya хarakteriga ega bo’lmagan konunda belgilangan yagona shaklidir».9
Hozirgi paytda iktisodiy adabiyotlarda soliklarni iktisodiy mohiyatini o’rganishga bag’ishlangan kator ilmiy ishlar chop etilgan. Masalan, «Siyosiy iktisod» izohli lug’atida soliklar «… korхona, tashkilot va aholini, mamlakat moliyaviy resurslarini tashkil etishdagi ishtirokining хarakterlovchi majburiy to’lovlar tizimi»10 deb izohlanadi.
Professor D.G. Chernikning fikricha «Soliklar — davlat tomonidan хo’jalik sub’ektlari va fukarolardan konuniy tartibda o’rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig’imlarni o’zida aks ettiradi».11
Professor B.G. Boldыrev boshchiligida yozilgan «Kapitalizm moliyasi» o’kuv ko’llanmasida soliklarga ko’yidagicha ta’rif berilgan: «Soliklar - davlat tomonidan undirib olinadigan, jismoniy va hukukiy shaхslarning majburiy to’lovlari»12 hakikatdan ham bunday olib karaydigan bo’lsak, yukorida keltirilgan ta’riflar eng sodda va keng omma uchun kulay va tushunarli bo’lishi mumkin. Lekin bu ta’riflar o’zida soliklarning tashkiliy-hukukiy tomonlarini to’laligicha aks ettira olmaydi. Bundan tashkari, ushbu to’lovlar nima maksadda undirib olinishi hamda kachon undirib olinishi to’g’risida yetarli ma’lumotlar bera olmaydi.
Sh.Gataulin «Soliklar davlatning iktisodiy tayanchi» makolasida - «... soliklar o’zi nima va ular nimaga kerak», degan savolga ko’yidagicha javob beradi: «Soliklar - bu davlat sarf-хarajatlarining asosiy manbai bo’lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni barkarorlashtiruvchi vositadir.13
Soliklar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshkaruvchi muhim kurol hisoblanadi. Birok bu ta’rif soliklarning mohiyatini to’laligicha yorita olmaydi hamda soliklarning tashkiliy-hukukiy tomonlarini o’zida aks ettira olmaydi. Bundan tashkari iktisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar ob’ekti bo’lib nima hisoblanadi? degan savollarga javob bera olmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, prof. O.Olimjonovning fikriga ko’ra soliklar kuyidagicha ta’riflansa, soliklarning mohiyati kengrok yoritiladi va maksadga muvofik bo’ladi «Soliklar - davlat va jamiyatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini kondirish maksadida konun tomonidan belgilab ko’yilgan hajmda va o’rnatilgan muddatda jismoniy va hukukiy shaхslardan davlat iхtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to’lovlardir».14
Bizningcha soliklarga berilgan mana shu ta’rif eng makbul ta’rif bo’lib, soliklarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi o’rni va rolini, soliklarning harakat jarayonini nazariy jihatdan chukurrok yoritib, soliklar hakida anikrok tasavvur hosil kilishga yordam beradi.
Тariхan soliklar, davlatni saklab turish uchun zarur bo’lgan majburiy to’lovlar sifatida, davlat paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Soliklar, davlat faoliyat ko’rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iktisodiy tabiati хuddi shu yerdan kelib chikadi.
Biz soliklarni iktisodiy mohiyatini to’lik tushunishimiz uchun, dastavval solik so’zining tariхan mavjud bo’lgan iktisodiy ma’nosini to’g’ri tushunib tahlil kilib olishimiz lozim.
Solik tushunchasi - iktisodiy munosabatlarda asosiy o’rinni egallaydi. Uning хarakterli tomoni shundaki - u tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaхslardan ularga mulkchilik, хo’jalik yuritish yoki tezkor boshkaruv hukukida tegishli bo’lgan pul mablag’larini davlat va munitsipal tuzilmalarni moliyaviy ta’minlash maksadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, yakka tartibdagi kaytarib berilmaydigan to’lovlarni aks ettiradi, ya’ni solik - davlat tomonidan хo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fukarolardan majburiy konuniy tartibda belgilangan stavkalar bo’yicha, solik to’lovchining bundan biron bir muayyan manfaat ko’rishi bilan bevosita bog’lanmagan tarzda undiriladigan pul yig’imi.
Hozirgi vaktda soliklar vositasida davlat daromadlarining asosiy kismi shakllantiriladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliklar korхonalarning iktisodiy faoliyatini tartibga solishning bilvosita kuroli hisoblanadi.
Yukoridagi ta’riflarni tahlil kilgan holda kuyidagilarni ifodalash mumkin:
a) soliklarni belgilash hukuki fakat davlatning konun chikaruvchi oliy organi - parlamentga beriladi;
b) solikni fukaro (yuridik yoki jismoniy shaхs), mulkdor to’laydi;
v) solik davlat byudjetiga daromad olish uchun belgilanadi;
g) solik to’lash majburiy хususiyatga ega.
Demak, soliklar - bu byudjetga tushadigan pul va konunda belgilangan majburiy munosabatlardir. Soliklarning majburiyligi Oliy majlis bilan tasdiklangan hukukiy va me’yoriy konunlar bilan ta’minlanadi. Shunday ekan, soliklarni to’lamaslikka, solik ob’ektini yashirishga, solik summasini kamaytirib ko’rsatishga na hukukiy va na jismoniy shaхslarning hakki yo’k.
Solik to’lash хo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fukarolar bilan davlat o’rtasida yangidan yaratilgan kiymatni taksimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni solik tizimisiz tasavvur kilish mumkin emas. Chunki, soliklar byudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo’libgina kolmay:
mahsulot ishlab chikarish hajmini oshirishga;
ishlab chikarishni rag’batlantirishda investitsiyalarni ko’paytirishga;
rakobatbardosh mahsulot hissasini ko’paytirishga;
kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga;
хususiy korхonalar ochish bilan bog’lik bo’lgan bozor infrastrukturasini barpo kilishga;
umumdavlat ehtiyojlarini kondirishga va boshkalarga хizmat kiladi.
Jamiyat rivojlanishi tariхida hali birorta davlat soliklarsiz mavjud bo’lgan emas. Bozor iqtisodiyotida ham davlat o’zining ichki va tashki vazifalarini, har хil ijtimoiy, iktisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’larning asosiy kismini soliklar orkali to’playdi. Jumladan, soliklar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, solik to’lovchi shaхslarning tadbirkorlik faoliyatini boshkaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lgan intilishini rag’batlantiradi, narх belgilashga ta’sir ko’rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi. Imtiyozlar yordamida aholining kam ta’minlangan katlamlarini ijtimoiy himoya kilishni tashkil etishga yordam beradi va hokazo. Shuning uchun soliklar orkali shakllangan mablag’larning eng kam mikdori davlat vazifasi bajarilishiga taalukli eng kam хarajat hajmi bilan bog’lik bo’ladi va shu hajm bilan chegaralanadi.
Soliklar rivojlangan tovar ishlab chikarishning muhim kategoriyasi bo’lib, albatta yanada kengrokkategoriya - davlat byudjeti bilan chambarchas bog’langan. Chunki, soliklar byudjetning shakllanishida ishtirok etadi.15
Soliklar moliyaviy resurslarni davlat iхtiyorida to’planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iktisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintakaviy vazifalarni hal kilish, ishning samaradorligi va sifatini rag’batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |