Tadbirkorlik


 3. TADBIRKORLIKDA INVESTITSIYALAR VA LIZING



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

15. 3. TADBIRKORLIKDA INVESTITSIYALAR VA LIZING
Investitsiya lotincha 
investure
(kiyintirish, yasantirish) so‘ziga asos- 
langan nemischa 
investition
so‘zidan kelib chiqqan b o iib , biror ishga 
yoki korxonaga uzoq muddatga mablag‘ qo‘yishni bildiradi. Investitsiya 
- b u sarmoyaga (kapitalga) mablag‘ qo‘yish jarayoni hisoblanadi.
Tadbirkorlikda investitsiyalar ham muhim rol o ‘ynaydi. Inves­
titsiyalar - bu tadbirkorlik faoliyati obyektlariga kiritiladigan moddiy 
va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqdir. Investitsiyalar 
quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- korxonalar tuzish;
- korxonalaming ustav jam g‘armasiga ulushli ishtirok etish, shu 
jumladan, mol-mulkni, aksiyalarni olish;
- qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilingan qarz m ajburiyatlarini 
olish;
- mulk huquqini, yer va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va 
ulardan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida) huquqini olish va 
boshqalar.
Investitsiya resurslariga quyidagilar kiradi:
- pul va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan, kreditlar, pay- 
lar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar;
312


- ko‘char va ko‘chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar, 
transport vositalari va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir 
huquqlar;
- intellektual mulk obyektlari, shu jumladan, texnikaviy hujjatlar 
tarzida tuzilgan texnika, texnologiya, tijoratga oid va boshqa bilimlar 
majmuyi, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur 
bo‘lgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi;
- yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga 
egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulk huquqi- 
dan kelib chiquvchi ashyoviy huquqlar;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar.
Tadbirkorlikda mahalliy investitsiyalar bilan birgalikda xorijiy in-
vestitsiyalar ham jalb etish kengayib bormoqda. Lekin bunga bir qator 
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
- tadbirkorlarda investitsion strategiyaning yo‘qligi;
- ular investitsion siyosatni olib bora olmasliklari;
- axborotning yetishmasligi;
-b iz n e s, tadbirkorlikko‘nikmalarining jahon standartlari darajasida 
emasligi;
- hamkor topishda tajribasizlik;
- investitsion jozibadorlikni shakllantirishdagi sustkashlik va 
boshqalar.
Tadbirkorlikda investitsiyalami yanada kengayishida 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2005- yil 11- apreldagi “To‘g‘ridan-to4g ‘ri 
xususiy xorijiy investitsiyalami jalb qilishni rag‘batlantirish borasidagi 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni muhim ahamiyat 
kasb etadi. 2008 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 6,4 mlrd AQSH 
dollari miqdorida investitsiya jalb qilingan. Uning 1,7 mlrd dollari xori­
jiy investitsiyalardir. Xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to‘g‘ridan- 
to ‘g ‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Bu investitsiyalardan tadbir­
korlik subyektlari ham foydalanganlar. Bugungi kunda muhim ustuvor 
loyihalasi amalga oshirish bo‘yicha qiymati 24 mlrd. AQSH dollaridan 
ziyod bo‘lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihalasi ustida ish olib borilm- 
oqda. Uning 77 foizini yangi qurilish, qolgan qismini modemizasiya va 
rekonstruktsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalari 
tashkil etadi. Ularning 54 foizini korxonalaming o‘z mablag‘lari, 10,4
313


foizi Tiklanish va taraqqiyot jam g‘armasi kreditlari, 36 foiziga yaqinini 
xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan moliyalash ko‘zda tutilgan1.
Tadbirkorlikda ijara munosabatlari ham keng o‘rin egallaydi. 
Binolar, inshootlar, uskunalar, transport va boshqa ishlab chiqarish 
vositalari hamda mulk, yemi ijaraga olib, ular yordamida tadbirkorlik 
faoliyatini yuritish keng qo‘llaniladi. Bunday masalalami tartibga so- 
lish maqsadida respublikada ‘Tjara to‘g‘risida” degan maxsus qonun 
qabul qilingan. Xususan, qishloq xo‘jaligida yer uchastkalarini uzoq 
muddatga ijaraga berish-olish, qishloq xo‘jalik texnikasini ijaraga olib 
foydalanish keng o ‘rin egallaydi. Transport, qurilish va boshqa sohalar- 
da ham ijara ancha keng qo‘llaniladi. Tadbirkorlikda ijara munosabat­
lari ijara shartnomalari orqali rasmiylashtiriladi va amalga oshiriladi. 
Demak, ijara sohasida xo‘jalik shartnomalarining bir ko‘rinishi bo‘lgan 
ijara shartnomalari katta rol o ‘ynaydi.
Keyingi yillarda moliyaviy ijara hisoblangan lizing ham rivojlanib 
bormoqda. Lizing inglizcha “to lease” so‘zidan olingan bo‘lib, ijaraga 
berish, foydalanishga topshirish degan m a’noni anglatadi. U 1877- yil 
“Bell” telefon kompaniyasi o ‘zining apparatlarini sotmay ijaraga be- 
rishdan boshlangan. Birinchi lizing kompaniyasi “Yunayted steyds li­
zing korporeyshn” 1852- yili San-Fransiskoda tashkil etilgan. Lizing 
oddiy ijaraga berish emas, balki u moliyalash shaklidir. Hozirgi paytda 
lizing barcha mamlakatlarda kapital qo‘yilmalami (investitsiyalami) 
moliyalash bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqaishda kapital qo‘yilmalami 
moliyalashning anchagina qismi lizingga to ‘g‘ri keladi: Avstraliyada 
30 - 33 foizi, AQShda 25 - 30, Buyuk Britaniyada 20, Germaniyada
15, Fransiyada 1 6 - 1 7 foizni tashkil etadi. 0 ‘zbekistonda ham lizing 
kompaniyalari ko‘payib, ularning soni hozirgi kunda 27 taga yetgan. 
Lizing - bu lizing oluvchi tadbirkorlik subyekti lizing beruvchi (lizing 
kompaniyasi, bank va boshqalar) ning mablag‘lari hisobidan xarid qi­
lingan mol-mulkni egalik qilish va foydalanish uchun uzoq muddatga 
ijaraga oladi hamda shu mulkdan foydalanish orqali foyda ola borib, 
sekin-asta undan qarzini uzadi. Lizing muddati tugaganidan so‘ng u 
mulk lizing olganning o‘z mulkiga aylanishi mumkin. 0 ‘zbekistonda 
“Lizing to‘g ‘risida” ham qonun qabul qilingan va lizing operatsiyalari 
uning yordamida tartibga solinadi. Mazkur qonunga ko ‘ra lizing ijara 
munosabatlarining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi)
1 Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf 
etichning yo‘llari va choralari. 18, 19, 37- b.
314


ikkinchi taraf (lizing oluvchi)ning topshirig‘iga binoan uchinchi taraf 
(sotuvchi)dan haq to ‘lash evaziga egalik qilish va foydalanish uchun 
lizing shartnomasida belgilangan shartlarda berib qo‘yish maqsadida 
mol-mulk (lizing obyekti) ni oladi. Lizing uch taraflama (sotuvchi -
beruvchi - oluvchi) yoki ikki taraflama (beruvchi - oluvchi) lizing 
shartnomasi bo4yicha amalga oshiriladi. Uchinchi taraf lizing kompani- 
yasi bo‘ladi.
Lizing shartnomasi bo‘yicha kelgusida lizing oluvchiga topshirish 
maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi 
hisoblanadi. Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi 
bo‘yicha lizing obyektini olayotgan shaxs lizing oluvchidir. Lizing 
beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs sotuvchi 
hisoblanadi.
Moliyaviy va operativ lizing turlari mavjud. Moliyaviy lizingda li­
zing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
1) lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing obyekti oluvchining 
mulkiga o‘tadi;
2) lizing shartnomasi muddati obyektning xizmat muddatidan 80 
foizdan ortiq bo‘ladi, yoki lizing shartnomasi tugagach, lizing obyek- 
tining qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 20 foizidan kam- 
ni tashkil etadi;
3) lizing oluvchi lizing obyektini qat’iy belgilangan narxda yoki li­
zing shartnomasi muddati tugaganda aniqlanadigan narxda sotib olish 
huquqiga ega;
4) lizing shartnomasi davridagi to‘lovlaming umumiy summasi li­
zing obyekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘ladi.
Bu shartlardan birortasi lizing shartnomasida nazarda tutilmagan 
bo‘lsa, bunday lizing operativ lizing (ijara) hisoblanadi.
Lizing shartnomasining muhim shartlari quyidagilar:
- lizing obyektining tavsiflanishi (obyektning miqdori, sifati, 
ro‘yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko‘rsatkichlari) va shartnoma 
summasi;
- taraflaming lizing obyektini olish va berish bilan bog‘liq majburi- 
yatlari;
- lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obyektini yet- 
kazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
- lizing to‘lovlarini toMash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tar­
tibi;
315


- lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va 
ta’mirlash bo‘yicha taraflarning majburiyatlari;
- shartnomaning amal qilish muddati.
Bulardan tashqari taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnoma- 
siga quyidagi shartlar ham kiritilishi mumkin:
- lizing obyektini (moliyaviy lizingda) sotib olish tartibi va mud- 
datlari;
- lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish;
- lizing obyektini sug'urta qilish;
- fors-major holatlar;
- lizing beruvchining qo'shimcha xizmatlar ko‘rsatishi (bunday xiz- 
matlarsiz obyektdan foydalanib bo‘lmasa);
- lizing subyektlari tomonidan lizing shartlarini bajarilishini nazorat 
qilish tartibi.
Lizingning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
1) xo‘jalik yurituvchi subyektning mablag‘lari tanqisligi sharoitida 
moliyaviy masalasini qisman hal qiladi;
2) uskunalaming tez m a’naviy eskirishi va yangilanishi sharoitida 
lizing beruvchi uskunalarni modernizatsiya qilib borishni ham o ‘z zim- 
masiga oladi;
3) lizing to‘lovlari uning obyektini ishlatish yordamida olingan foy- 
dadan amalga oshiriladi;
4) lizing bo‘yicha olingan uskunalar rentabelligi korxonalarda 
soliqqa tortish bazasini kamaytirishga yordam beradi;
5) lizing investitsion siyosatni jadallashtiradi.
Tadbirkorlikda sug'urta kompaniyalarining roli ham ortib bormoq-
da. Sug‘urtaning asosiy maqsadi muayyan xavf paydo bo‘lib, tadbir­
korlik subyektlariga tahdid yuzaga kelganda salbiy iqtisodiy holat- 
lami yumshatish yoki ularning oldini olish hisoblanadi. Sug‘urta tad­
birkorlik subyektlarining iqtisodiy jihatdan mavjud bo ‘lib turishini 
ta’minlabgina qolmay, balki ko‘riladigan talofotlarini imkoni boricha 
kamaytirib, xalq xo‘jaligi muomalasini barqarorlashtiradi. Sug‘urta 
tufayli shaxsiy sug‘urta hollariga nisbatan xalq xo ‘jaligining tavak- 
kalchilikdan sug‘urta ehtiyojiga ajratilgan sarmoya ancha kamayadi. 
Mavhumlikning kamayishi sababli iqtisodiy o ‘sish ham qo‘shimcha 
turtki oladi. Butun dunyoda sug‘urta investitsiya va investorlami jalb 
etishning keng sohasi bo‘lib qoldi. Shuning uchun 0 ‘zbekistonda
316


“0 ‘zbekinvest”, “0 ‘zagrosug4urta”, “Madad”, “Kafolat” kabi ko‘plab 
sug‘urta kompaniyalari tuzilib, tadbirkorlik subyektlariga xizmat 
ko‘rsatib kelmoqda va ulaming safi kengayib bormoqda.
Sug‘urtalash asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
1) mulkning haqiqiy qiymati bo‘yicha sug‘urtalash. Bunday holatda 
sug‘urta tovoni ko‘rilgan zarar hajmiga teng bo‘ladi;
2) mulkning tiklanish qiymati bo‘yicha sug‘urtalash. Bunda sug‘urta 
tovoni tegishli ko‘rinishdagi yangi mulk qiymatiga teng bo‘ladi;
3) sug‘urtalashning franchayzing tizimi. Bunda sug‘urta tovoni 
sug‘urta polisida belgilab qo‘yilgan franchiza summasiga teng bo'ladi. 
Ko‘rilgan zarar franchiza summasidan katta bo‘lsa, zaraming ortiqcha 
qismi sug‘urta qildirgan tomonning zimmasiga tushadi.
Masalan, “0 ‘zagrosug‘urta” Davlat-aksiyadorlik sug‘urta kom- 
paniyasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha agrotexnik 
tadbirlami o ‘tkazish uchun avans tariqasida qaytarilishini sug'urta 
qilish orqali fermer xo'jaliklariga, birinchidan, transh orqali moli- 
yalashga kafil bo‘lsa, ikkinchidan, tabiat injiqliklari va ishlab chiqarish 
texnologiyasiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra tayyorlov tashki- 
lotlari oldidagi qarzlarini qoplash borasidagi tadbirlami amalga oshirib 
kelmoqda.
Fermer xo‘jaliklariga taklif etiladigan sug‘urta turlari va ulaming 
tariflari 15. 1-jadvalda keltirilgan.

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish