Tadbirkorlik


XV BOB. TADBIRKORLIKDA MOLIYAVIY



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

304


XV BOB. TADBIRKORLIKDA MOLIYAVIY
MUNOSABATL AR ASOSLARI
15. 1. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI MOLIYALASHNING
AHAMIYATI VA MANBALARI
Moliya keng m a’noda iqtisodiyot subyektlarining daromad va xara- 
jatlari bilan bog‘liq munosabatlaridir. Moliya obyekti pul mablag‘lari, 
ya’ni moliyaviy resurslar hisoblanadi. Tadbirkorlik moliyasi - bu 
tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini shakllan­
tirish, taqsimlash, ishlatish munosabatlari va jarayonlari majmuyidir. 
Uning asosiy vazifasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, yuritish va 
rivojlantirishni pul mablag‘lari bilan ta’minlash, pul oqimlarini sama- 
rali boshqarish hisoblanadi. Moliya xo ‘jalik jarayonlariga kuchli ta’sir 
ko‘rsatadigan vosita b o iib , bir tomondan, tadbirkorlik subyektlari va, 
ikkinchi tomondan, davlat organlari, idoralari va muassasalari, boshqa 
korxona va tashkilotlar, jismoniy shaxslaming iqtisodiy manfaatlarini 
m uvofiqlashtirish va ular o ‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni amalga 
oshirishda katta rol o‘ynaydi.
Tadbirkorlikning moliyaviy resurslari uning pul mablag'laridir. 
Tadbirkorlik faoliyatida xilma-xil va murakkab o ‘zaro iqtisodiy aloqa- 
lar pul mablag‘lari yordamida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari vosi- 
tasida takror ishlab chiqarishning bir fazasidan boshqa fazasiga o ‘tiladi 
hamda maqsadli jam g'arm alar shakllantiriladi. Bular ishlab chiqarish 
va, umuman, tadbirkorlik faoliyatini uzluksiz yuritish va kengaytirish 
garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbirkorlik moliya munosabatlarining muhim yo‘nalishi yara- 
tilgan tovarlar, ishlar, xizmatlami ayirboshlashdan tushadigan pul 
mablag‘larini ularning ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qoplash 
va foydani shakllantirish hisoblanadi. Bu munosabatlar tadbirkorlik 
subyektlarining o‘z ishchi-xodimlari, sheriklari va hamkorlari, budjet, 
soliq va boshqa tashkilotlar hamda jam g‘armalar bilan hisob-kitob- 
lami amalga oshirish, aylanma mablag‘lar, amortizatsiya va boshqa
305


jam g‘armalami shakllantirish hamda pul mablag‘lari harakati bilan 
bog‘liq boshqa jarayonlami qamrab oladi. Bundan tashqari, tadbirkor­
lik moliyasining vazifalaridan biri barcha o‘zaro to‘lovlami to'liq va 
o‘z vaqtida amalga oshirish ustidan moliyaviy nazorat olib borish hi- 
soblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash deganda uni pul mablag‘lari bi­
lan ta’minlash tushiniladi. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash ikki xil 
manbadan - ichki va tashqi manbalardan amalga oshiriladi. (15.1- chiz- 
maga qarang).

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish